Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə75/92
tarix16.04.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#105855
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   92
Diyot instituti o’zbekistonning eng yangi tarixi теxnik yo’nalis

MAMURIY ISLOHOTLAR – davlat boshqaruvini optimallashtirish, davlat apparatini ixcham va kam xarajat qilish, davlat xizmati, ma’muriy sudlov va ma’muriy-protsessual qonunchilikni takomillashtirish. Davlat boshqaruvi organlarining faoliyati samaradorligini oshirish va tuzilmasini takomillashtirish, davlat boshqaruvini markazlashtiruvdan xoli qilish, takrorlanuvchi funksiyalarni bajaradigan davlat organlarining turli komissiyalarini bekor qilish yoki bir-biriga qo’shish orqali davlat boshqaruvi va xizmatini tubdan isloh qilish nazarda tutiladi.
MANFAAT – individ va ijtimoiy guruhlar faoliyatinting asosiy sababi. Manfaatlar - lot. interest ahamiyat kasb etish; ob’ektiv ravishda ahamiyat kasb etgan, inson, jamoa, millat, jamiyat kabilar uchun zarur bo’lgan zaruriy ehtiyojlar; kimgadir farovonlik bag’ishlaydigan, kimgadir foyda keltiradigan narsalar. Manfaatlar guruhlari - unga a’zo bo’lgan kishilarning manfaatlarini boshqa guruhlar va siyosiy institutlarning o’zaro munosabatlarida, shuningdek, o’z guruhi ichida ifoda qilish uchun tuzilgan ixtiyoriy tashkilotlar.
MILLAT — til, ma’naviyat, milliy o’zlikni angash ruhiyati, urf-odatlar, an’analar va qadriyatlar yagonaligi asosida muayyan hududda yashovchi iqtisodiy aloqalar bilan bog’langan mustaqil sub’ekt sifatida o’ziga xos moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratuvchi kishilarning etnik birligidir. Millatlararo munosabatlar — birga yoki ayri tarzda yashaydigan har xil millatlar o’rtasida amalga oshadigan turli-tuman shakllardagi aloqalarni anglatuvchi tushunchadir. Millatlararo totuvlik g’oyasi - milliy istiqlol mafkurasining asosiy g’oyalaridan biri bo’lib, mamlakatimizda istiqomat qilib kelayotgan barcha etnik vakillari bilan, avvalambor, o’zbek millati va shu bilan birga o’zlarining o’rtasida ko’p yillarga mo’ljallangan ezgulik, ishonchlilik, do’stonalik, yakdillik, qarindoshlik, ma’naviy-axloqiy va mafkuraviy yaqinlik va birdamlik, murosalilik va boshqa insoniylik munosabatlari mavjudligini va kelajakda ham u yanada kamol topishini ifodalaydi. Millatchilik bu - millat ayirish, bir millatni har tomonlama ulug’lab, boshqalarining huquq, ehtiyoj va manfaatlarini nazar-pisand qilmaslik, ularni yerga urishdan iborat bo’lgan nodemokratik mafkura.

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə