Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə73/92
tarix16.04.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#105855
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   92
Diyot instituti o’zbekistonning eng yangi tarixi теxnik yo’nalis

KREDIT UYUSHMALARI - kreditlar berish hamda boshqa moliyaviy xizmatlar ko’rsatish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ixtiyoriy teng huquqli a’zolik asosida tuziladigan kredit tashkilotidir.
KUBRAVIYLIK – o’rta asrlardagi so’fizm oqimlaridan biri. Najmiddin Kubro so’fiylikdagi Kubroviya oqimining asoschisidir. Kubroviya tariqati Yassaviya tariqatidan farq qilib, tarki dunyochilik rad etiladi. Unda kamolot yo’lida olib boriladigan mashaqqatli mehnat jarayonida bu dunyo noz-ne’matlarimdan bahramand bo’lish kerakligi ilgari suriladi. Bu ta’limotdaVatanga, xalqqa bo’lgan muhabbat g’oyasi nihoyatda kuchli bo’lib, har qanday og’ir sharoitda ham xalq bilan birga bo’lish, Vatan himoyasi uchun kurashish, uning mustaqilligini saqlash zarurligi da’vat qilinadi.
KUZATUVCHI – O’zbekiston Respublikasida saylov jarayonida deputatlikka nomzodlar ko’rsatgan siyosiy partiyalar va fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari, ommaviy axborot vositalari, boshqa davlatlar, xalqaro tashkilotlar va harakatlar tomonidan tayinlanadigan hamda qonunda belgilangan tartibda kuzatuvchi sifatida ro’yxatga olinadigan shaxs. Kuzatuvchilar mahalliy va xalqaro kuzatuvchilarga bo’linadi. Ularning vakolatlari tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan bo’lishi kerak.
LIBERALLASHTIRISH – ijtimoiy hayotning barcha sohalarida erkinlik ustuvor bo’lishini, jamiyatning evolyutsion rivojlanish yo’lini e’tirof etuvchi va asoslovchi nazariya, amaliyot.
LIZING - moliyaviy ijaraning alohida turi bo’lib, unda bir taraf (lizing beruvchi) ikkinchi tarafning (lizing oluvchining) topshirig’iga binoan uchinchi tarafdan (sotuvchidan) lizing shartnomasida shartlashilgan mol-mulkni (lizing obyektini) mulk qilib oladi va uni lizing oluvchiga shu shartnomada belgilangan shartlarda haq evaziga egalik qilish va foydalanish uchun o’n ikki oydan ortiq muddatga beradi.
MA’NAVIY BARKAMOL INSON - komil inson tushinchasi bilan hamohangdir. Ayni vaqtda ma’naviy barkamol inson tushunchasi sog’lom avlod tushunchasi bilan ham bog’lanib ketadi.

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə