Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə72/92
tarix16.04.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#105855
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   92
Diyot instituti o’zbekistonning eng yangi tarixi теxnik yo’nalis

KATTA XORAZM DAVLATI – mamlakatimiz hududida miloddan avvalgi VII asrning oxiri VI asrlarda Amudaryoning quyi oqimida tashkil topgan dastlabki davlat.
KO’PPARTIYAVIYLIK – hozirgi demokratik davlatlarda siyosiy hayotni tashkil etishning asosiy konstitutsiyaviy prinsiplaridan biri, siyosiy va mafkuraviy plyuralizmni ancha umumiyroq bo’lgan prinsipining ifodasi hisoblanadi. K. P. prinsipi yuridik jihatdan davlat fuqarolarning o’z dunyoqarashlariga muvofiq tarzda siyosiy partiyalarga birlashish huquqini, barcha siyosiy partiyalarning qonun oldida tengligini, ular faoliyati erkinligini tan olishi va kafolatlashini anglatadi.
KOLLEJ (ing. college) — 1) Buyuk Britaniya, AQSH va ayrim boshqa mamlakatlarda oliy, oʻrta, yuqori oʻrta oʻquv yurti (ayrim hollarda universitet tarkibida). Dastlab 13-asr boshlarida Buyuk Britaniyada vujudga kelgan; 2) Fransiya, Shveytsariya, Belgiya, shuningdek, Afrika va Osiyoning ilgari fransuz mustamlaka imperiyasi tarkibiga kirgan bir qancha mamlakatlaridagi oʻrta va toʻliqsiz oʻrta oʻquv yurti. Fransiyada dastlabki kollej oʻrta asrda universitetlarda paydo boʻldi; 3) Oʻzbekistonda oʻrta maxsus, kasb-hunar oʻquv yurti. Oʻzbekiston Respublikasining 1997 yil avgustda qabul qilingan "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" va "Taʼlim toʻgʻrisida"gi qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil fevral dagi qaroriga muvofiq, kasb-hunar kolleji sifatida tashkil etilgan
KORRUPSIYA – «Korrupsiya» so’zi lotincha «corruptio» so’zidan olingan bo’lib, ma’nosi «buzish, sotib olish» degan ma’noni bildiradi. Yuridik ensiklopediyada «Korrupsiya» so’zi amaldor shaxslar o’zlariga berilgan lavozimlardan foydalanib, o’zining shaxsiy manfaatini o’ylab boylik orttirish maqsadida mamlakat qonunlariga qarshi keladigan har xil pora olish, pora berish jinoyatlari bilan shug’ullanish deb ta’riflangan. 
KREDIT UYUSHMALARI - kreditlar berish hamda boshqa moliyaviy xizmatlar ko’rsatish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ixtiyoriy teng huquqli a’zolik asosida tuziladigan kredit tashkilotidir.

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə