Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə71/92
tarix16.04.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#105855
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   92
Diyot instituti o’zbekistonning eng yangi tarixi теxnik yo’nalis

JAMOATCHILIK NAZORATI – fuqarolik jamiyatining muhim belgilaridan biri bo’lib, u fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonida davlatning iqtisodiy sohaga, xo’jalik yurituvchi tuzilmalar, ayniqsa, xususiy sektor faoliyatiga aralashuvini cheklash hamda qonunlar ijrosi bo’yicha davlat hokimiyati organlari faoliyati ustidan olib boriladigan ijtimoiy nazorat shakllaridan biridir. Jamoatchilik nazorati – davlat organlari faoliyatining qonuniyligini ta’minlash va ularning mansabdor shaxslari tomonidan O’zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlovchi qonun hujjatlariga rioya etmaslik holatlarini aniqlashga qaratilgan faoliyat
JAMOATCHILIK NAZORATINING MAQSADI – fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini, davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari faoliyatida qonunchilikka rioya etilishini ta’minlash hamda jamiyat manfaatlarini himoya qilish.
JAMOATCHILIK NAZORATINING OB’EKTI – davlat organlari va ularning mansabdor shaxslarining o’zlariga qonunchilik bilan yuklatilgan majburiyatlarni ijro etishi bilan bog’liq faoliyati. Davlat organi mansabdor shaxsining shaxsiy hayoti, ichki yozuvlari, shuningdek davlat siri yoki qonun bilan qo’riqlanadigan boshqa sirdan iborat axborot, shuningdek, surishtiruv, dastlabki tergov organlari va sud ish yurituvidagi muayyan ishlar va materiallar jamoatchilik nazoratining ob’ekti hisoblanmaydi.
JAMOATCHILIK NAZORATINING SUB’EKTLARI – O’zbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro’yxatga olingan nodavlat-notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari jamoatchilik nazorati sub’ektlaridir. Jamoatchilik nazorati jamoatchilik kengashlari, komissiyalari va boshqa jamoatchilik tashkiliy tuzilmalari tomonidan ham qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirilishi mumkin.
KASABA UYUSHMALARI – kasaba uyushmasi ko’ngilli jamoat tashkiloti bo’lib, ham ishlab chiqarish, ham noishlab chiqarish sohalaridagi faoliyat turiga qarab, o’z a’zolarining mehnat va ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini hamda manfaatlarini himoya qilish uchun mushtarak manfaatlar bilan bog’langan mehnatkashlarni birlashtiradi.

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə