Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə79/92
tarix16.04.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#105855
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   92
Diyot instituti o’zbekistonning eng yangi tarixi теxnik yo’nalis

PARLAMENTARIZM- boshqaruvning alohida tizimdagi shakli. Bunda qonunchilik va ijro etuvchi hokimiyat funksiyalari aniqroq chegaralanadi va rasmiy jihatdan Parlamentning boshqa organlarga ta’siri ustuvor darajada bo’ladi. Hukumat parlament tomonidan tuziladi va uning oldida javobgardir.
PREZIDENT – respublika boshqaruvidagi mamlakatlarda davlat boshlig’i. Prezident birinchi marta davlat boshlig’i sifatida 1787 yilda AQShda joriy qilingan. Ayrim mamlakatlarda u faqat davlat boshlig’i (Germaniyada), ayrim mamlakatlarda ham davlat boshlig’i, ham ijro etuvchi hokimiyat boshlig’idir (Rossiyada, O’zbekistonda). Ayrim mamlakatlarda bevosita xalq tomonidan, to’g’ridan-to’g’ri saylanadi (Fransiyada), ayrim mamlakatlarda saylovchilar vakillari tomonidan saylanadi (AQShda), ayrim mamlakatlarda esa parlament tomonidan saylanadi (Chexiyada), ayrim mamlakatlarda maxsus kengash tomonidan saylanadi (Germaniyada). Vakolat muddati har xil – 4 yildan 7 yilgacha. O’zbekistan Respublikasi Prezidenti ham davlat boshlig’i, ham hukumat boshlig’i hisoblanadi. U Qurolli kuchlar Oliy Bosh qo’mondoni, fuqarolarning huquq va erkinliklariga, Konstitutsiya va qonunlarga rioya etilishining kafilidir. O’zbekiston Prezidenti 35 yoshga to’lgan, O’zbekistonda oxirgi 10 yil davomida doimiy yashagan, davlat tilini yaxshi biladigan O’zbekiston fuqarolari orasidan, umumiy, teng, to’g’ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo’li bilan besh yid muddatga saylanadi. Bir shaxs ketma-ket ikki muddatdan ortiq Prezident bo’lib saylanishi mumkin emas. Prezident saylash tartibi, vakolatlari Konstitutsiya va qonunlarda belgilab qo’yiladi.
PREZIDENTLIK BOSHQARUVI – favqulodda holatlar joriy etilganda davlat boshqaruvida qo’llaniladigan vaqtinchalik boshqaruv shakli bo’lib, u asosan, federativ tuzilishdagi davlat boshqaruvida qo’llaniladi. U sub’ektlar Konstitutsiya yoki qonunlarni, hukumatning qonuniy talablarini buzganda, inson huquqlari poymol etilganda, jiddiy tartibsizliklar ro’y berganda yoki federativ davlatning yagonaligiga xavf solinganda amalga oshiriladi. Prezidentlik boshqaruvi davlat boshlig’ining maxsus farmoni (dekreti) bilan e’lon qilinadi. Unda konstitutsiya va qonunlarni buzuvchilar aybdor sifatida javobgarlikka tortiladi, noqonuniy harakat qilgan davlat organlari rahbarlari lavozimidan olinib, o’rniga markaziy davlat apparatidan vakillar tayinlanadi, parlament vakillik organi vaqtinchalik tarqatib yuboriladi.

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə