Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə82/92
tarix16.04.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#105855
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   92
Diyot instituti o’zbekistonning eng yangi tarixi теxnik yo’nalis

SIYOSIY TASHKILOTLAR – siyosiy partiyalar, turli ijtimoiy qatlam va guruhlarning manfaatlari, maqsadlarini ifoda etadi.
SO’FIYLIK - (arabcha «suf» — jun) islom dini paydo bo’lgandan so’ng uning doirasida, Qur’on va Hadisga mos ravishda VIII asrning o’rtalarida shakllangan ta’limot.
SO’Z ERKINLIGINI TA’MINLASH – insonning fundamental va tabiiy huquqlaridan biri – o’z fikrini (hayolini) oshkora (og’zaki, yozma ravishda va yoki ommaviy axborot vositalardan foydalangan holda) ifoda etish huquqini amalga oshirish uchun kompleksli shart-sharoitlarni yaratish. Tabaqa (qatlam) - o’xshash kasb-hunar, mashg’ulot holati va ahvoli bilan manfatlar umumiyligi asosida birlashgan shaxslarning yirik guruhi.
SOHIBQIRON – Quyosh tizimidagi katta sayyoralardan ikkitasining bir-birini to’sishi paytida tug’ilgan odam. Rivoyatlarga qaraganda, Amir Temur ikki sharofatli yulduz – Zuhro va Mushtariy sayyoralari bir-biriga yaqinlashgan paytda tug’ilgan ekan. Sohibqiron so’zining asl ma’nosi “baxtiyor podshoh”, “qudratli podshoh” demakdir.
SUVEREN – fran. souveraim-oliy so’zidan olingan bo’lib, oliy, suverenitetga ega bo’lish, mustaqil,qaram bo’lmagan ma’nolarini beradi.
SUVERENITET – (fran. “souveranitat”) davlatning ichki ishlar va tashqi munosabatlarda xorijiy aralashuvlarga yo’l qo’ymagan holdagi mustaqilligi va muxtoriyati.
TADBIRKORLIK FAOLIYATI (TADBIRKORLIK) - tadbirkorlik faoliyati subyektlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan, tavakkal qilib va o’z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskor faoliyat.
TAFTISH KOMISSIYASI - jamiyatning moliya-xo’jalik faoliyatini nazorat qilish uchun jamiyat ustaviga muvofiq aktsiyadorlarning umumiy yig’ilishi tomonidan saylanadigan organ. Jamiyat taftish komissiyasining vakolatlari qonun hujjatlari va jamiyat ustavi bilan belgilanadi.
TARIQAT – so’fiylikka xos atama bo’lib, uch ma’noda ishlatilgan: 1) umuman so’fiylik yo’li; 2) so’fiylikni muayyan tarmog’i, yo’nalishi; 3) so’fiylik bosqichlaridan biri. Tariqatni so’fiylik yo’nalishlari, tarmoqlari ma’nosida qo’llash kengroq tarqalgan. Tariqatga qadam qo’yish – tirikchilikning barcha tashvishlaridan voz kechish hamda ixtiyorni pirga topshirishdan boshlanadi. O’rta Osiyoda naqshbandiylik, kubraviylik, yassaviylik tariqatlari tarqalgan.
TASHABBUS - lot. initsiativa initiative-tashabbus; qandaydir ishni boshlashga undash, ishbilarmonlik; muhokama qilish uchun takliflar berish.

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə