Qarshi shahar "turon "nodavlat



Yüklə 65,69 Kb.
səhifə5/5
tarix07.11.2023
ölçüsü65,69 Kb.
#132628
1   2   3   4   5
Zamonaviy dasturlash tillarining tahlili 6 soat

Elektron to‘lov texnologiyasi
Elektron to‘lov texnologiyasi Sotib oluvchi sotuvchi bilan pul o‘tkazish yo‘li bilan xisoblashishi jarayonida naqd pul ishtirok etmaydi, faqatgina sotib oluvchi hisob raqamidan sotuvchining xisob raqamiga pul ko‘chiriladi. Pul o‘tkazish yordamida hisob-kitob qilishni bir necha usuli mavjud (bankdan pul o‘tkazish, bank kartasi yordamida hisob-kitob qilish, cheklar va shunga o‘xshash usullar). Istalgan maqsadda bankdan pul o‘tkazish operatsiyasi tranzaktsiya deb nom olgan (lotinchadan transaction- kelishuv, shartnoma ma’nosini anglatadi).
Tranzaktsiya – bu bank kartaning egasi tomonidan ruxsat berilganda, bank kartaning egasiga xizmat ko‘rsatish uchun tizim qatnashchisidan qatnashchiga uzatiladigan, tizim qatnashchilari tomonidan yaratiladigan ma’lumotlar ketma-ketligidir.
Tranzaktsiya quyidagi asosiy xossalarga ega:
-Bo‘linmaslik;
-Izolyatsiyalangan;
-Ishonchlilik;
-Karta egasi va xizmat ko‘rsatuvchilar orasidagi aloqa.
Elektron savdo-sotiqning barqarorligi ko‘p xollarda axborot oqimining doimiyligi bilan aniqlanadi. Firma Internet orqali elektron savdo-sotiq bilan shug‘ullansa, unda bu firma o‘zining raqobatbardoshligini oshiradi. Shu bilan bir qatorda firmaning xizmat ko‘rsata olish chegaralari ancha kengayadi. Interaktiv biznesni qullab-quvvatlanishini asosiy faktori sifatida kelishuvlarni va moliyaviy operatsiyalarni bajarish uchun juda kam vaqt ketadi.

Internet – Logistika qo‘yidagi oqimlar bilan ishlaydi.
-Tovar ko‘rinishida mahsulotlar oqimi yoki material oqim
-Xizmatlar oqimi
-Axborot oqimi
-Turistlar oqimi
-Ishchi kuchi oqimi
-Bank mahsulotlari oqimini


Yurtimizda elektron tijorat
Jadal o‘zgarayotgan zamonaviy bozor sharoitida kompaniyalar raqobatdoshligi, ko‘p jihatdan, axborot tizimlarining qulayligi, aloqa va ma’lumot uzatish imkoniyatlariga asoslanayotgani hech kimga sir emas. Binobarin, mamlakatimizda elektron tijoratni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqdaki, bu masofani qisqartirish, vaqtni tejash hamda ish samaradorligini oshirishda ayni muddaodir. Xususan, bugungi kunda bank xizmatlari, elektron to‘lovlarning yangi turlari hayotga tatbiq etilayapti, to‘lov amaliyoti soddalashtirilayotir. Bularning barchasi, jumladan, axborot texnologiyalari taraqqiyotining hozirgi bosqichi sohaga oid huquqiy poydevorni yanada takomillashtirishni taqozo qilmoqda.
Ayni paytda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi qonun loyihasi yangi tahrirda ko‘rib chiqilayotganining boisi ham shunda.
- Yurtimizda elektron tijorat jabhasidagi munosabatlarni tartibga solish maqsadida mustahkam normativ-huquqiy baza shakllantirilgan. Jumladan, “Axborotlashtirish to‘g‘risida”, “Elektron to‘lovlar to‘g‘risida”, “Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish to‘g‘risida”, “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida”, “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi va boshqa qonunlar qabul qilingan. Shu asosda elektron bank hujjat aylanishi, elektron plastik kartochkalar kabi tizimlar amaliyotga izchil joriy etilayapti. Ularning afzalliklari esa hamyurtlarimiz tomonidan munosib baholanmoqda. Mazkur qulayliklar ko‘magida xo‘jalik sub’yektlari bilan fuqarolar o‘rtasida tijorat amaliyotlari tezkor va samarali bajarilayotir, buyurtmachilar bilan tovar yetkazib -beruvchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarilmoqda.
Yüklə 65,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə