Qatnashdilar: fakulteti tyutori A. Norjigitov va tft-122- guruhning 19 ta talabalari. Kun tartibi



Yüklə 18,83 Kb.
səhifə1/2
tarix27.12.2023
ölçüsü18,83 Kb.
#162317
  1   2
Bayon Noma Karrupsiyaga qarshi kurashish


Samarqand iqtisodiyot va servis instituti “Servis” fakulteti guruhlar o‘rtasida “Karrupsiya taraqqiyot kushandasi!”, mavzusida o‘tkazilgan ma’rifiy uchrashuv


BAYONNOMASI

Samarqand shahri 10.11.2023


Qatnashdilar: fakulteti tyutori A.Norjigitov va
TFT-122- guruhning 19 ta talabalari.
KUN TARTIBI:

  1. Institut talaba-yoshlar o‘rtasida “Karrupsiya taraqqiyot kushandasi!” mavzusi.

  2. “Vijdon saratoni” filimini tomosha qilish.



ESHITILDI: 9-dekabrь “Xalqaro korruptsiyaga qarshi kurash kuni”
2003 yil 9 dekabrь kuni Merida (Meksika) shahrida Birlashgan Millatlar tashkiloti tashabbusi bilan Korruptsiyaga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro konventsiya imzolangan edi. Ayni paytga qadar ushbu konventsiyaga 172 davlat qo‘shilgan. 2003 yil BMT Bosh Assambleyasining 53-sessiyasida qabul qilingan rezolyutsiyaga muvofiq, ushbu kun Xalqaro korruptsiyaga qarshi kurash kuni deb e'lon qilindi.
- Korruptsiya –– bu jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illatdir. Mazkur illat demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi, inson huquqlari buzilishiga olib keladi, bozorlar faoliyatiga to‘sqinlik qiladi, hayot sifatini yomonlashtiradi va odamlar xavfsizligiga tahdid soladigan uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa hodisalar ildiz otib, gullashi uchun sharoit yaratib beradi.Ta'kidlab o‘tish o‘rinliki, ushbu zararli hodisa katta va kichik, badavlat va kambag‘al bo‘lishidan qat'iy nazar, barcha mamlakatlarda uchraydi.
Korruptsiya (lot. Corrumpere — buzmoq) termini odatda mansabdor shaxslar tomonidan unga berilgan mansab vakolatlari va huquqlardan o‘zlarining shaxsiy manfaatlarini ko‘zlab qonunchilik va ahloq qoidalariga zid ravishda foydalanishini anglatadi.
Korruptsiyaning tarixiy o‘zaklari juda juda qadimga borib taqalib, bu hol qabilada ma'lum mavqega ega bo‘lish uchun qabila sardorlariga sovg‘alar berish odatidan kelib chiqqan deb taxmin qilinadi. O‘sha davrlarda bu normal holat sifatida qabul qilingan. Biroq davlat apparatining murakkablashuvi va markaziylashuvi korruptsiyaning davlat rivojlanishiga katta to‘siq ekanligini ko‘rsatdi. Korruptsiyaga qarshi kurashgan birinchi davlat sifatida qadimgi Shumer davlati tan olinadi. Qadimgi davlatlarni ayniqsa huquqni muhofaza qiluvchi organlarning poraxo‘rligi qattiq tashvishga solganligi bizgacha saqlanib qolgan manbalardan ma'lum. Chunki bu holat davlatning obro‘siga juda qattiq putur yetkazardi. Dunyoning yetakchi dinlarida ham birinchi navbatda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning poraxo‘rligi qattiq qoralanadi. Jumaladan, Injilda “Sovg‘alarni qabul qilma, chunki sovg‘a ko‘rni ko‘radigan qiladi va haqiqatni o‘zgartiradi” deyilgan bo‘lsa, Qu'roni Karimda “Boshqalarning mulkini nohaq yo‘l bilan olmangiz va boshqalarga tegishli bo‘lgan narsalarni olish uchun o‘z mulkingizdan hokimlaringizga pora qilib uzatmangizlar” deyilgan.
Ushbu illatni tadqiq qilgan bir qator yirik mutaxassislar quyidagi faktorlarni korruptsiyani yuzaga keltiruvchi omillar sifatida ko‘rsatadi.
Ikki xil ma'noni anglatuvchi qonunlar — ushbu vaziyat huquqni qo‘llovchi mansabdor shaxs tomonidan qonunlarni turlicha qo‘llash imkonini yaratadi. Shuningdek, ayrim mutaxassislar jinoyat, ma'muriy qonunchilikdagi “vilka” sanktsiyalarni ham korruptsiyaga qulay sharoit yaratishi mumkinligi haqida fikr yuritishgan. Ya'ni, sanktsiyaning aniq miqdori yo‘qligi sudьyada uni o‘z hohishiga qarab qo‘llashga sharoit yaratib beradi.
Aholi huquqiy savodxonligining pastligi — aholi tomonidan qonunlarni bilmaslik yoki tushunmaslik mansabdor shaxsga o‘zining shaxsiy manfaati yo‘lida qonunlardan foydanishga qulay sharoit yaratadi.
Mamlakatdagi siyosiy vaziyatning notinchligi — mamlakatdagi notinchlik birinchi navbatda aholi ongida hayotda yuksak turmush darajasiga erishishning asosiy usuli qonunga xilof faoliyat bilan bog‘liq, degan mutlaqo axloqqa zid nuqtai nazar shakllanishiga olib keladi. Bu esa o‘z navbatida korruptsiyaga qulay sharoit yaratadi.
Ijro hokimiyatining birligi tamoyilinining buzilishi — aynan bitta faoliyatning turli instantsiyalar tomonidan tartibga solinishi:

  • aholining davlatni nazorat qilishdagi sust ishtiroki;

  • davlat sektoridagi xizmat qilayotgan xizmatchilar daromadlarining xususiy sektorda topish mumkin bo‘lgan daromadlardan kamligi;

  • iqtisodiyotning davlat tomonidan tartibga solinishi;

  • inflyatsiyaning yuqori darajasi;

  • mamlakat yuqori boshqaruv organlarining aholidan uzilib qolganligi;

  • mamlakatdagi diniy va axloq qoidalari.

Jahon mamlakatlarida korruptsiyaga qarshi kurashning quyidagi usullari mavjud.
Ichki nazorat —bu usul boshqaruv apparatining o‘zida nazoratni kuchaytiruvchi tuzilmalar (har xil ichki inspektsiyalar va boshqa nazorat organlari tuzish orqali) yaratishni taqazo etadi. Bu tuzilmaning asosiy vazifasi xodimlarning ichki etiket qoidalariga rioya qilishini nazorat qilishdir. Hozirgi kunda bizning yurtimizda ham bir qator huquqni muhofaza qilish organlarida aynan shu vazifani bajaruvchi ichki tuzilmalar yaratilgan.
Tashqi nazorat — bu usulda ijro apparatidan mustaqil tuzilmalarning mustaqilligini oshirish nazarda tutilib, aynan ushbu tuzilmalar orqali korruptsiyaga qarshi samarali kurash olib boriladi. Ya'ni, sud hokimiyatining maksimal darajada mustaqilligiga erishish ommaviy axborot vositalariga ko‘proq erkinlik berish va h.k.
O‘zbekiston Respublikasi Birlashgan Millatlar tashkilotining Korruptsiyaga qarshi konventsiyasiga 2008 yil 7 iyuldagi O‘RQ-158-sonli Qonuni bilan qo‘shilgan bo‘lib, ushbu Qonunga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Adliya vazirligi korruptsiyaning oldini olish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish va ularni amalga oshirishda boshqa Ishtirokchi-davlatlarga yordam ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan organlar sifatida belgilab qo‘yilgan.
Ushbu Konventsiyada nazarda tutilgan va korruptsiya sifatida e'tirof etilishi mumkin bo‘lgan qilmishlar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining bir qator moddalari bilan jinoiy qilmish sifatida ta'qib qilinadi.
Korruptsiyaga qarshi kurashda jahon mamlakatlari tajribasini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki faqatgina jinoiy qonunchilikni og‘irlashtirish yo‘li bilan bu salbiy illatga qarshi kurashib bo‘lmaydi (XXR da juda ko‘p miqdorda pora olganlik uchun o‘lim jazosi mavjud). Bu illatni yengish uchun birinchi navbatda aholining huquqiy savodxonligini oshirish, fuqarolik institutlari faoliyatini kuchaytirish lozim bo‘ladi.





  1. Yüklə 18,83 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə