Qatnov qismi to‘sinlarining hisobi



Yüklə 316,67 Kb.
səhifə2/2
tarix28.11.2023
ölçüsü316,67 Kb.
#137584
1   2
6-mavzu

Bo‘ylama to‘sinlarni ko‘ndalang to‘sinlarga mahkamlanishining hisobi. Qatnov qismining bosh fermalar belbog‘lari bilan birgalikda ishlamaydigan to‘sinlari devorlari birikmasi, shartli ravishda, bo‘ylama to‘sinning tayanch kesimidagi hisobiy ko‘ndalang kuch Q ta’siriga hisoblanadi (rasm 5.10, a).

Rasm 5.10. Qatnov qismi to‘sinlari mahkamlanishining hisobiy sxemalari:
a-bo‘ylama to‘sinlarni ko‘ndalang to‘sinlarga mahkamlanishi; b-ko‘ndalang to‘sinni bosh fermaga mahkamlanishi; 1-bo‘ylama to‘sin; 2-ko‘ndalang to‘sin; 3-gorizontal nakladka; 4-vertikal burchak; 5-konsol taxta
Vertikal burchaklarni bo‘ylama va ko‘ndalang to‘sinlar devorlariga mahkamlash uchun talab etilgan boltlar soni n1 va n2 quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
;
bu formulada: =0,9 – to‘sinlarni mahkamlash ish sharoiti koeffitsienti; - bir boltokontaktdagi hisobiy zo‘riqish; - bir dona mustahkamligi yuqori bo‘lgan boltning kontaktlari soni (burchaklarni bo‘ylama to‘sin devoriga mahkamlaydigan boltlar uchun 2 ga, ko‘ndalang to‘sin devoriga mahkamlaydigan boltlar uchun 1 ga teng).
Bo‘ylama to‘sinlar belbog‘larining birikmalari bo‘ylama to‘sin oralig‘i o‘rtasidagi eguvchi moment qiymatining 0,6 siga teng bo‘lgan tayanch momentiga hisoblanadi.
Gorizontal nakladkadagi hisobiy zo‘riqish ;
Bu erda M – bo‘ylama to‘sin oralig‘ining o‘rtasidagi hisobiy eguvchi moment; h – bo‘ylama to‘sin balandligi; t – nakladkaning qalinligi (oldindan 2-3 sm ga teng qabul qilinadi);
Nakladkaning talab etilgan qalinligi
;
bu erda: m=0,9; mb – nakladkalarning ish sharoiti koeffitsienti (0,9 ga teng); bn – nakladkaning kengligi (to‘sin belbog‘i kengligidan 10 mm ga ortiq qabul qilinadi); d0 – bolt uchun teshikning diametri.
Bir dona yarim nakladkadagi mustahkamligi yuqori bo‘lgan boltlarning talab etilgan soni ; Bu erda m =0,9.
Ko‘ndalang to‘sinlarni bosh fermalarga mahkamlash hisobi. Ko‘ndalang to‘sinlar bosh fermalar tugunlariga kesimi 100 + 100 x 12 mm dan kichik bo‘lmagan vertikal burchaklar yordamida mahkamlanadi (rasm 5.10, b).
Vertikal burchaklarni ko‘ndalang to‘sinlar devoriga va bosh fermaga mahkamlash uchun talab etilgan mustahkamligi yuqori boltlarning soni n4 va n5 quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
;
Bu erda: - ko‘ndalang to‘sinning tayanch kesimidagi hisobiy kesuvchi kuch; - boltlarning ish sharoiti koeffitsienti (burchaklarni ko‘ndalang to‘singa mahkamlaydigan boltlar uchun =0,9; burchaklarni fermaga mahkamlaydigan, lekin tayanch momentlarini qabul qila olmaydigan konstruksiyadagi boltlar uchun =0,85; tayanch momentlarini qabul qila oladigan konstruksiyadagi boltlar uchun =0,9); - bir boltokontaktdagi hisobiy zo‘riqish; - bir dona mustahkamligi yuqori bo‘lgan boltning kontaktlari soni (burchaklarni ko‘ndalang to‘singa mahkamlaydigan boltlar uchun 2 ga, fermaga mahkamlaydigan boltlar uchun 1 ga teng).
Agar talab etilgan boltlar soni burchaklar polkalariga sig‘masa, unda kengroq polkali burchaklar qabul qilinib boltlar ikki qator joylashtiriladi yoki burchaklarning uzunligi konsol taxtalar qo‘shilib orttiriladi (rasm 5.10, b ga qarang).
Yüklə 316,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə