Qatnov qismi to‘sinlarining hisobi



Yüklə 316,67 Kb.
səhifə1/2
tarix28.11.2023
ölçüsü316,67 Kb.
#137584
  1   2
6-mavzu


Qatnov qismi to‘sinlarining hisobi

Po‘lat oraliq qurilmalari qatnov qismining bo‘ylama va ko‘ndalang to‘sinlari o‘zaro kesishgan gorizontal tekis tizimdan iborat va ular yukni ko‘prik polotnosidan qabul qiladi.


Qatnov qismining to‘sinlari doimiy va vaqtinchalik vertikal va gorizontal (ko‘ndalang va bo‘ylama) yuklar ta’siri ostida vertikal va gorizontal tekisliklarda egilishga, cho‘zilishga yoki siqilishga va buralishga ishlaydi (rasm 5.8, a,b).

Rasm 5.8. Qatnov qismi to‘sinlarining deformatsiyalari sxemalari: a-bo‘ylama to‘sinlarning vertikal yuklardan deformatsiyalari; b-ko‘ndalang to‘sinlarning vertikal yuklardan deformatsiyalari; v-bosh fermalar belbog‘larining deformatsiyalaridan hosil bo‘ladigan deformatsiyalar; g- bo‘ylama to‘sinlarning uzilishi bo‘lgan hollarda bosh fermalar belbog‘larining deformatsiyalaridan hosil bo‘ladigan deformatsiyalar; d- bikir diafragmalar bo‘lgan hollarda bosh fermalar belbog‘larining deformatsiyalaridan hosil bo‘ladigan deformatsiyalar; e- bo‘ylama to‘sinlar bosh fermalar orasidagi bo‘ylama bog‘lamalar diagonallari bilan ulangan hollarda bosh fermalar belbog‘larining deformatsiyalaridan hosil bo‘ladigan deformatsiyalar; 1- bo‘ylama to‘sin; 2-ko‘ndalang to‘sin; 3-bosh ferma belbog‘i; 4-qo‘zg‘aluvchan tayanch qismlar; 5-qo‘zg‘almas tayanch qismlar; 6-bo‘ylama to‘sinlarning uzilishlari; 7-bikir sterjenli diafragma; 8-bo‘ylama bog‘lamalarning raskosi; 9-bo‘ylama to‘sinning bog‘lamalar raskosi va rasporka bilan birlashish tuguni; 10-rasporka
Bo‘ylama va ko‘ndalang to‘sinlarni bosh fermalarning belbog‘lari bilan birgalikda ishlashi uchun konstruktiv tadbirlar ko‘rilmagan taqdirda (rasm 5.8,vg), ularni ayrim-ayrim oddiy qirqilgan to‘sinlar kabi va faqat doimiy va vaqtinchalik harakatchan vertikal yuklarga hisoblashga ruxsat beriladi. Bu hisoblarda hosil bo‘lgan birmuncha kattaroq eguvchi momentlar gorizontal yuklar va bosh fermalar belbog‘lari ta’sirini inobatga olmaslikka imkon yaratadi.
Maxsus gorizontal diafragmalar o‘rnatilgan taqdirda (rasm 5.8, d,e) qatnov qismi to‘sinlari bosh fermalar belbog‘lari bilan birgalikda hisoblanadi. Bu hisob maxsus kompyuter dasturlari yordamida yuklarning eng qulay bo‘lmagan kombinatsiyalari uchun, hisob-kitoblarning to‘g‘riligini va aniqligini pasaytirishga olib keladigan jiddiy soddalashtirishga yo‘l qo‘yilmasdan, amalga oshiriladi.
Bo‘ylama to‘sinning hisobi. Qatnov qismining bosh fermalar belbog‘lari bilan birgalikda ishlamaydigan bo‘ylama to‘sinlari oraliq uzunligi ko‘ndalang to‘sinlar o‘qlari orasidagi masofaga teng oddiy to‘sinlar kabi hisoblanadi.
Oraliq o‘rtasidagi kesimda hosil bo‘lgan, mustahkamlikka va chidamlilikka hisoblash uchun kerak bo‘lgan eguvchi momentlar, shuningdek tayanch kesimidagi hisobiy ko‘ndalang kuch (5.2) formulalar yordamida aniqlanadi.
To‘sin kesimini tanlash, kesimning geometrik xarakteristikalarini hisoblash, mustahkamlikka va chidamlilikka, umumiy va mahalliy turg‘unlikka hisoblar, shuningdek belbog‘ni to‘sin devoriga mahkamlanishini tekshirish hisoblari “Yaxlit bosh to‘sinlarni hisoblash” bandida keltirilgan ko‘rsatmalar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Ko‘ndalang to‘sinning hisobi. Qatnov qismining bosh fermalar belbog‘lari bilan birgalikda ishlamaydigan ko‘ndalang to‘sinlari oraliq uzunligi bosh fermalar o‘qlari orasidagi l masofaga teng oddiy to‘sinlar kabi hisoblanadi (rasm 5.9, a,b).

Rasm 5.9. Ko‘ndalang to‘sinning hisobiy sxemalari: a-ko‘ndalang to‘sin konstruksiyasi eskizi; b-ko‘ndalang to‘sinning hisobiy sxemasi va eguvchi momentlarning va ko‘ndalang kuchlarning epyuralari; v-bo‘ylama to‘sinlarning bosimini aniqlash uchun sxemalar va ta’sir chizig‘i; g-ko‘ndalang to‘sinning kesimi va normal va urinma kuchlanishlarning epyuralari; 1-ko‘prik polotnosi; 2-bo‘ylama to‘sin; 3-ko‘ndalang to‘sin; 4-bosh ferma
Bo‘ylama to‘sinlarning ko‘ndalang to‘sinlarga tushayotgan bosimi “bo‘ylama to‘sinlar ko‘ndalang to‘sinlarga sharnir orqali mahkamlanadi” (rasm 5.9, v) degan farazga asoslanib quyidagi formulalar bo‘yicha aniqlanadi:
a) doimiy yuklardan tushayotgan bosim ;
b) vaqtinchalik vertikal yukdan tushayotgan bosim .
Bu erda: g – bo‘ylama to‘sinlar hisobi uchun ko‘prik polotnosidan va bo‘ylama to‘sinlardan (bog‘lamalari bilan birgalikda) tushayotgan meyoriy doimiy yuk; - va uchun ShNQ 2.05.03-12 dan qabul qilinadigan meyoriy ekvivalent vaqtinchalik vertikal temir yo‘l yukining intensivligi, kN/m larda; - bo‘ylama to‘sin oraliq uzunligi.
Ko‘ndalang to‘sin oraliq uzunligining o‘rtasidagi I kesimdagi hisobiy eguvchi momentlar quyidagi formulalar bo‘yicha hisoblanadi:
a) mustahkamlikka hisoblash uchun
;
b) chidamlilikka hisoblash uchun
;
Mustahkamlikka hisoblash uchun tayanch ustidagi II kesimdagi hisobiy ko‘ndalang kuch
.
Bo‘ylama to‘sinlarni ko‘ndalang to‘sinlarga mahkamlash joyidagi III kesimdagi hisobiy zo‘riqishlar quyidagi formulalar orqali hisoblanadi:

a) eguvchi moment ;


b) kesuvchi kuch .


Bu formulalarda vaqtinchalik yuk bo‘yicha ishonchlilik koeffitsienti , dinamik koeffitsientlar va vaqtinchalik yuk koeffitsienti yuklanish uzunligi uchun hisoblab chiqariladi; bu erda - bosh ferma va bo‘ylama to‘sin o‘qlari orasidagi masofa; - po‘lat ko‘ndalang to‘sinning o‘z og‘irligidan tushayotgan meyoriy doimiy yuk.
To‘sin kesimini tanlash, normal, urinma va keltirilgan kuchlanishlar bo‘yicha mustahkamlikka va chidamlilikka, umumiy va mahalliy turg‘unlikka hisoblash, shuningdek belbog‘ni to‘sin devoriga mahkamlanishini tekshirish hisoblari “Yaxlit bosh to‘sinlarni hisoblash” bandida keltirilgan ko‘rsatmalar va formulalar bo‘yicha amalga oshiriladi.

Yüklə 316,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə