Cho'kish parametrlari. Deformatsiyani kuzatish vaqtlari. Deformatsiyalar yuzaga kelish sabablari



Yüklə 32,14 Kb.
səhifə1/3
tarix23.12.2023
ölçüsü32,14 Kb.
#154647
  1   2   3
Cho\'kish parametrlari. Deformatsiyani kuzatish vaqtlari.Deformatsiyalar yuzaga kelish sabablari.


Cho'kish parametrlari. Deformatsiyani kuzatish vaqtlari.Deformatsiyalar yuzaga kelish sabablari.
Yumshoq tuproqlarda quriladigan inshootlar uchun,cho‘kish tezligiga bog‘liq ravishda, qo‘shimcha kuzatish bosqichlari bajariladi. Inshootning to‘liq og‘irligiga erishilgandan keyin, cho‘kish turg‘unlashgunga qadar, yiliga 2—3 marta o’lchash davom ettiriladi. C ho‘kish qiym ati 1—2 mmni tashkil etgandan keyin kuzatish to ‘xtatiladi.Cho‘kishni bashorat qilish. Hozirgi kunda amalda cho‘kishni o ‘lchash natijalari bilan mos keladigan natijalar beradigan hisoblash usullari qo‘llanilmoqda. Ammo ayrim hollarda sezilarli farqlar ham kuzatiladi. Hisoblar natijalarining ishonchliligini tekshirish uchun turli xil formulalar yordamida maxsus kuzatishlar o ‘tkazilgan. Bu kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, barcha qo‘llaniladigan formulalar qariyib bir xil natijalar beradi. Kuzatilgan farq qilish holatlarining asosiy sababi, nazariy form ulalarning noto‘g‘ri tuzilganligida emas, balki hisoblarda foydalaniladigan tog‘ jinslarining barcha xossalarini yetarlicha aniq bilib olish qiyinligidadir. Gidrogeologik sharoitlar, inshoot turi va uni qurish usullarini hisobga olish katta ahamiyatga ega. Shu sababli inshootlar ch o ‘kishini basharot qilishda empirik formulalarni joydagi kuzatish natijalari bilan qo'shish usullari maqsadga muvofiq bo‘lishi mumkin.Poydevor cho‘kishini kuzatish natijalariga asosan analitik ravishda qayrilma tanlanadi. Bu qayrilma cho‘kish jarayonini tavsiflaydi, ya’ni cho‘kishning matematik modeli tuziladi.Poydevorlar cho‘kishini kuzatish gidrostatik nivelirlash usulida am alga oshirilishi mumkin, bunda nivelirlash ikki xil tartibda: birinchisi - cho'kish markalarining otmetkalarini ko‘chiriladigan gidrostatik asbob yordam ida; ikkinchisi, poydevor perimetri bo‘ylab qo‘zqalmas gidrostatik tizimlarni o’rnatish. Tajribalar ko‘rsatadiki, gidrostatik nivelirlash, asosan, tor yerto‘la sharoitida, o ‘matish noqulay bo‘lgan yoki kuzatuvchi ishlashi qiyin yoki xavfli sharoitda joylashgan poydevor va qurilish konstruksiyalarining cho‘kishini kuzatishda qo‘llaniladi. Gidrostatik nivelirlashda asosiy xatoliklar tashqi muhit ta’sirida yuzaga keladi. Bunday ta’sirlarni kamaytirish maqsadida o ‘lchashlar kechki yoki ertalabki vaqtlarda bajarilishiga harakat qilinadi. Atmosfera bosimining o ‘zgarishi ham idishlarga suyuqlikning teng tarqalishiga ta ’sir etadi. Buning oldini olish uchun idishlarga quyiladigan suyuqlikka 0,1% form alin qorishmasi qo‘shiladi.Poydevor cho‘kishini kuzatishning trigonometrik nivelirlash usuli. Bino va inshootlar cho‘kishini aniqlashda geometrik va gidrostatik nivelirlash usullarini qo‘llash qiyin bo‘lgan sharoitlarda trigonometrik nivelirlash qo‘llaniladi. Bunday holatlar asosan tog‘ sharoitlarida sodir bo‘ladi.Trigonometrik nivelirlash qisqa vizirlash nurida (100 m gacha) reyka qo‘llash orqali bajariladi. Qo‘zg‘almas deb qabul qilingan, asos punktga nisbatan aniqlangan siljish absolut gorizontal siljish deb qabul qilinadi. Inshootning qandaydir nuqtasiga nisbatan siljishi nisbiy siljish deyiladi.Qurilish me’yori va qoidalari (QMQ) ga asosan bino va inshootlar qismlarining gorizontal siljishini kuzatish quyidagi aniqliklarda bajarilishi talab etiladi: 1 mm — toshloq va yarim toshloq joylarda qurilgan bino va inshootlar uchun; 3 mm — qumloq tuproq va boshqa siqiluvchan tuproqda qurilgan binolar uchun; 5 mm — toshlardan ko‘tarilgan yuqori bosimli plotinalar uchun; 10 mm — ko‘mma, cho‘kuvchan va kuchli siqiluvchan tuproqlarga qurilgan bino va inshootlar uchun. Noyob inshootlar uchun kuzatish aniqligi texnikaviy hisoblarga asosan belgilanadi. Gorizontal siljishni o ‘lchash muddatlari tuproq xususiyatiga, inshoot turiga hamda qurilish va montaj ishlariga bog‘liq holda belgilanadi. Kuzatishning b irin ch i bosqichi o ‘rnatilgan kuzatish (asos) belgilari holati barqarorlashgandan keyin va inshootga hali gorizontal kuch ta’sir etmasdan bajaraladi. 0 ‘lchash 2—3 marta amalga oshiriladi. Ikkinchi bosqich kuzatish ishlari inshootga kuch ta’sir etish boshlanishi bilan birdan bajariladi. Keyingi o ‘lchashlar inshootga ta’sir etuvchi kuchlar ortib borishiga bog‘liq holda o ‘tkaziladi. Inshoot foydalanishga Kuzatish asosan bahorda yoki kuzda, tem peratura va yer osti suvlari sathi o ‘zgarishi davrida bajariladi. Gorizontal siljishni kuzatish ishlari uning qiymati 1 -2 mm ni tashkil etgunga qadar amalga oshiriladi. Reperlar otmetkasini fasllardagi temperatura o ‘zgarishi sezilarli darajada o o’zgartiradi. Shuning uchun fundamental reperlarning kuzatilayotgan poydevor bilan bir xil tem peraturada boMishiga harakat qilinadi. Ko‘pgina sanoat inshootlarini kuzatishda nivelirlashning II sinf usulubi qo‘llaniladi. U H -l, H-2 va N i 007 turdagi nivelirlar yordamida bajariladi. Nivelirdan reykalargacha bo‘lgan masofalar farqi 1 m dan katta bo‘lmasligi, yopiq yo‘l uchun ularning yig‘indisi 3—4 m dan katta bo‘lmasligi kerak. Vizir chizig‘i uzunligi 30 m dan oshmasligi kerak. Yer inshootlari ham da kuchli siqiladigan tuproqlarda barpo qilinadigan inshootlar cho‘kishini kuzatish III sinf nivelirlash usulida bajarilishi mumkin. Bunda H3 va Ni 007 turdagi nivelirlar va ikki tomonlama santimetr bo'lakli reyka qo‘llaniladi. Nivelirlash ikkita asbob gorizontida, bitta yo‘nalishda bajariladi. Vizirlash nuri uzunligi 40 m dan oshmasligi kerak. Vizir chizig‘i balandligi 0,3 m dan kichik bo‘lmasligi, nivelirdan reykalargacha bo‘lgan masofalar farqi 2 m dan oshmasligi, ularning nivelirlash yo‘lidagi yig‘indisi esa 5 m dan oshmasligi kerak. Ko‘pgina bir xil andazali inshootlar poydevorlari cho‘kishini kuzatish aniqligi I yoki II sinf nivelirlash usuli yordamida ta’minlanadi. Faqatgina ayrim hollardagina cho‘kishni aniqlashda yuqori aniqlikda nivelirlashning maxsus usullari qo‘llaniladi. Nivelirlashning I sinf uslubida poydevor cho’kishini aniqlash asbobning ikki gorizontida, to ‘g‘ri va teskari yo‘nalishda, yuqori aniqlikdagi nivelirlar H-05 va Ni 002 yordamida bajariladi. Nivelirlashda invarli reyka qo‘llaniladi. Nivelirlash yo‘li boshlangich (asos) reperdan boshlanib, shu reperda yoki boshqa reperda tugaydi. Vizirlash nuri uzunligi 25 m dan oshmasligi, uning yer yuzasidan yoki poldan balandligi 0,8 m dan kichik bo‘lmasligi kerak. Ayrim hollarda, vizirlash nuri uzunligi 15 m dan oshmaganda, nurning balandligi 0,5 m bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. Nivelirlash tashqi muhit qulay va reyka shtrixlari tasviri yetarlicha aniq ko‘rinadigan sharoitda amalga oshiriladi. Inshoot ichkarisida joylashgan markalarga otmetka uzatish deraza va eshik tirqishlari orqali uzatiladi. Issiq va sovuq havo oralig‘ida nivelir o ‘rnatish tavsiya etilmaydi. Nivelirning burchak qiymati 20" dan katta bo‘lmasligi, stansiyalardagi yelka uzunligi farqi esa 0,4 m dan oshmasligi kerak.Yopiq nivelirlash yo‘lidagi yelka tengsizliklari yig‘indisi 2 m gacha bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. Ikkita asbob gorizontidan olingan nisbiy balandliklar farqi 0,8 mm dan oshmasligi kerak. Qurilish me’yori va qoidalariga binoan bir xil andazadagi bino va inshootlar cho‘kishi aniqligining o ‘rta kvadratik xatoligi ms quyidagidan oshmasligi kerak (boshlang‘ich reperga nisbatan): 1 m m — toshloq va yarim toshloq joylarda barpo etiladigan inshoot va binolar uchun; 2 mm — qumloq va boshqa siqiluvchan tuproqlarda barpo etiladigan bino va inshootlar uchun; 5 mm — ko‘mma va boshqa kuchli siqiluvchan tuproqli joylarda quriladigan bino va inshootlar uchun. Cho‘kishni kuzatish davri. Qurilayotgan inshootlar cho‘kishini kuzatish poydevor qurilishidan boshlanadi.Agarda birinchi kuzatish bosqichi kechiktirilib boshlansa,u holda keyingi kuzatishlar sezilarli darajada mohiyatini yo‘qotadi. O’lchash davri inshoot cho‘kishining vaqtga nisbatan o ‘zgarishiga (tezlashish yoki sekinlashish) bog‘liq.Kuzatishlar ko‘rsatishicha, bino va inshootlar cho‘kishining davom etishi (davri) toq jinslarining litologik va fiziktuzilishiga bog‘liq. Cho‘kishlaming ko‘pchilik qismi qurilish jarayonida tugaydi, lekin ba’zan oylar va yillar cho‘zilishi mumkin. Toshloq va qumaloq joylarda cho‘kish tez tugaydi. Aksincha, loy tuproq joylarda cho‘kish jarayoni ko‘p oylar va yillarga cho‘ziladi. Cho‘kishning asosiy qismi inshoot qurilishi jarayonida, ya’ni uning 50% dan 85% gacha qurilgan vaqtiga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun bino va inshootlar cho'kishini kuzatish bosqichlari soni, qurilish jarayonida poydevorga bo‘lgan og‘irlikning ortib borishiga qarab aniqlanadi. Birinchi bosqich kuzatish poydevor qurilgandan keyin, inshoot umumiy og‘irlikning 25% ni tashkil etganda boshlanadi. Cho‘kishni kuzatishning keyingi bosqichlari unga bo‘lgan og‘irlik inshoot to‘Iiq og'irligining 50, 75, 100% ni tashkil etgan davriarda amalga oshiriladi. Deformatsiyani aniqlash uchun joylashtiriladigan belgilar holati qabul qilingan o ‘lchash usuliga bog‘liq. Inshootlar va ular poydevorlarining cho‘kishini kuzatish uchun quyidagi geodezik usullardan foydalaniladi: a) qisqa vizir chiziqli (25 m gacha) geometrik nivelirlash; b) qisqa vizir chiziqli (100 m gacha) trigonom etrik nivelirlash; d) gidrostatik nivelirlash; e) fotogrammetrik va stereofotogrammetrik plan olish. Noyob inshootlarni kuzatishda mikronivelirlash usuli ham qo‘llanilishi mumkin. Cho‘kishning absolut qiymatini aniqlash uchun bosh-lang‘ich deb qabul qilingan reperda nivelirlash amalga oshiriladi. Nisbiy c h o ‘kishlar inshootning nuqtalari orasidagi o‘lchashlar farqidan olinadi. Cho‘kishni kuzatishda eng ko‘p qo‘llaniladigan usul yuqori aniqlikdagi geometrik nivelirlash hisoblanadi. Nivelirlash cho‘kish markalari deb qabul qilingan belgilar bo‘ylab amalga oshiriladi. Bu belgilar inshoot poydevoriga o ‘rnatilgan bo‘lib, ular inshoot bilan birga tavsiflanadi, demak, ularni kuzatish orqali inshootning alohida qismlari cho‘kishini aniqlashimiz mumkin.Cho‘kish m arkalari kuzatilayotgan inshootdan m a’lum masofada, cho‘kish voronkasidan chekkada joylashgan reperlar tarmoqiga nisbatan aniqlanadi. Bu reperlarning balandlik holatlari barqarorligi cho‘kishni kuzatish davomida saqlanib qolishi kerak. Belgilarni joylashtirish loyihasi. Inshootlar alohida nuqtalarining tik va gorizontal siljishini aniqlashda cho‘kish markalari va geodezik asos belgilarini joylashtirish asosiy ishlardan biri hisoblanadi. Siljishni aniqlash sifati va batafsilligi belgilarning to‘g‘ri joylashtirilganligi va soniga bog‘liq. Inshootlarga kuzatish belgilarini joylashtirish loyihasi poydevor konstruksiyasi, gidrologik va geologik sharoitlarni hisobga olgan holda tuziladi. Cho‘kish markalari iloji boricha bir xil sathda, binolar burchagiga joylashtirilishiga harakat qilinadi. G ‘isht devorli yashash va jam oat binolari uchun cho‘kish markalari poydevor perimetri bo‘ylab, 10—15 m oraliqda joylashtiriladi. Sanoat inshootlari va karkasdan bo‘lgan yashash va jamoat binolari uchun cho‘kish markalari ustunlarga bino perimetri bo‘ylab joylashtiriladi.Aylana shaklidagi inshootlar uchun to‘rttadan kam bo‘lmagan cho'kish markalari perimetr bo‘ylab o ‘rnatiladi. Markalar joylashishi sxemasi bino va inshootlar poydevorlari planida loyihalanadi. Har bir marka tartib raqami bilan belgilanadi. Cho‘kish markalari turlari. Oddiy ko‘rinishdagi marka 15 sm uzunlikdagi armatura yoki tem ir bo‘lagidan iborat. Yuqori aniqlikdagi kuzatishlar uchun esa turli xildagishkalali markalar qo‘llaniladi. Bu turdagi markalar reykasifatida foydalaniladi va nivelirlash aniqligini oshiradi. Boshlang‘ich nivelirlash asosi. Qo‘yilgan talab va kuzatish aniqligiga bog‘liq bo4lgan holda quyidagi reperlar boshlang‘ich (asos) bo‘lib xizmat qilishi mumkin: chuqurlikdagi fundamental reperlar — yerning mustahkam, turg£in qatlamiga o‘rnatiladi; yer grunt reperlari — yerning muzlaydigan qatlamidan pastda o‘rnatiladi; devoriy belgilar — poydevor cho‘kishi qariyib tugagan bino va inshootlar devoriga o ‘rnatiladi. Yer va devoriy reperlar o ‘rnatiladigan bino va inshootlar ta’sir maydonchasidan tashqarida joylashgan bo‘lishi kerak. Sanoat inshootlari uchun yer reperlarining inshootdan uzoqlashuvi 70—80 m dan kichik bo‘lmasligi kerak. Gidrotexnik inshootlar qurilishida yer reperlari cho‘kish zonasidan tashqarida joylashishi kerak. O datda, ular daryoning ikkala qirg‘og‘iga 0,5—0,1 km masofada plotina stvoridan pastda joylashtiriladi. Yer ishchi reperlari imkoniyat boricha bino va inshootlar yaqiniga joylashtiriladi. Ayrim hollarda reperlar plotinalarning ham pastiga, ham ustki qismiga o ‘rnatiladi. Bunday rep erlarn i m untazam ravishda nivelirlash, suv omboridagi suvning ko‘payib borishi mobaynida plotinaning mustahkamligi haqida bitib borishga imkon beradi. Chuqurlikdagi reperlarga qo‘yiladigan asosiy talab, ularning cho‘kishini kuzatish davridagi mustahkamligi va barqarorligi hisoblanadi. Ishchi reperlarga bunday talab qo‘yilmaydi. U lar o ‘zlarining mustahkamligini faqatgina m a’lum o ‘lchash siklidagina saqlashni talab etadi. C ho‘kishni II va III sinf nivelirlash orqali o ‘lchashda boshlang‘ich asos sifatida yer reperlari ham da bino va inshootlar devorlariga o ‘rnatilgan reperlarni qo‘llashga ruxsat beriladi. Yer reperlarining soni uchtadan kam bo‘lmasligi, devoriy belgilar esa to crttadan kam bo’lmasligi kerak. Boshlang‘ich (asos) reperlar o ‘matilgandankeyin ularning birortasiga yaqinroqda joylashgan geodezik balandlik tarmog’i nuqtasidan otmetka uzatiladi. quvursimon yer reperlarining ustki qismi sferik shakldan iborat bo‘lib, 50—80 mm diam etrdagi quvursimon asosga mahkamlangan. Montaj vaqtida reper asosi tayyorlangan quduqqa tushiriladi va betonlanadi. Joy sharoitiga mos ravishda turli xildagi reperlar qo‘llanilishi mumkin. Invar strunali reper, ikki strunali reper, bimetall reperlar shular jumlasidandir.


Yüklə 32,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə