Qattiq ruda kon hudutlarida petrofizik modelini tuzish uslublari



Yüklə 17,25 Kb.
tarix30.12.2023
ölçüsü17,25 Kb.
#164740
Qattiq ruda kon hudutlarida petrofizik modelini tuzish uslublari


Qattiq ruda kon hudutlarida petrofizik modelini tuzish uslublari .
Reja :
1.Qora metallurgiya sanoati.
2. Rangli metallurgiya sanoati.
3.Polimetall rudalari.

Qora metallurgiya


Qora metallurgiya — metallurgiya sanoatining sohalaridan biri. Domna, poʻlat eritish, prokatmetallurgiyasi, metal buyumlar ishlab chiqarish, ruda xom ashyosini qazib olish,
boyitish, maydalash, koks kimyosi ishlab chiqarishi,
ferroqotishmalar va oʻtga chidamli materiallar tayyorlash, noruda xom ashyo qazib olish va qora metallarni qayta eritishtarmoqlarini oʻz ichiga oladi yoki qizdirib ishlangan prokat, poʻlat trubalar va metall buyumlar Qora metallurgiya
mahsu-lotlarining muhim turlari hisoblanadi.Kishilik jamiyati taraqqiyotida mehnat qurollari va qurolyarogʻlar juda muhim ahamiyat kasb etgan. Ular, asosan, yogʻoch, suyak, tosh (qarang Tosh davri) va temirdan (qarang Temir davri) tayyorlangan. Qora metallurgiya xalq xoʻjaligining
koʻpgina tarmoqlarini rivojlantirishning asosi hisoblanadi.
Kimyo sanoati, rangli metallurgiya, qurilish materiallari sanoati mahsulotlari bilan birga qora metallar mashinasozlik va qurilishda asosiy konstruksion material hisoblanadi. Oʻzbekistonda yetakchi mashinasozlik tarmoqlari ishlatadigan
konstruksion materiallarning umumiy hajmida qora metallar asosiy oʻrinni egallaydi.
Oʻzbekistonda bir necha kichikroq temir konlari bor. Sanoat ahamiya-tiga molik temir konlari — magmatogen genezisli, magnetit-gematit tarkibli Surenota (Toshkent viloyati) hamda asosan titan-magnetitli Tebinbulok temir koni (Qoraqalpogʻiston) shular jumlasidan. Oʻzbekistondagi temirkonlari resurslari: Jizzaxdagi temir koni — 150 million t,
Surenota temir koni — 50 million, t, Tebinbuloq temir koni — 100 million t dan koʻp. Oʻrta Osiyoda birinchi zamonaviy metallurgiya kombinati 1944-yil ishga tushirilgan (qarang Oʻzbekiston metallurgiya kombinati). Oʻzbekiston metallurgiya sanoatida 500 ming tonnaga yaqin poʻlat, 450 ming tonnaga yaqin tayyor prokat ishlab chiqariladi .



Rangli metallurgiya Rangli metallurgiya — metallurgiya sanoatining yetakchi tarmogi. Ruda konlarini qazish, rudalarni boyitish, rangli, nodir va qimmatbaho metallarni ishlab chiqarish hamda qayta ishlash, ularning qotishmalarini tayyorlash bilan shugʻullanadi. Rangli metallurgiyada prokat, presslangan buyumlar, qattiq qotishmalar, metalli kukunlar, rangli, nodir va qimmatbaho metallarning turli xil tuz hamda birikmalari, shuningdek, kimyoviy oʻgʻitlar, qurilish materiallari kabi yoʻldosh mahsulotlar tayyorlanadi. Rangli metallurgiya mahsulotlari xalq xoʻjaligining hamma sohalarida qoʻllaniladi. Konchilik korxonalari, boyitish fkalari, metallurgiya va metalga ishlovberish zdlari tarmoqning ishlab chiqarish majmuini tashkil etadi. Boshqa foydali qazilmalarga Karaganda rudalarda rangli va nodir metallar miqdori juda kam boʻladi. 1 t rangli metall olish uchun 100 t dan to oʻn minglab t gacha ruda qazib olinadi va kayta ishlanadi. Rudalarning 65% dan koʻprogʻi ancha tejamkor usul — ochiq usulda qazib olinadi. Ruda xom ashyosida asosiy elementlar — alyuminiy, mis, qoʻrgʻoshin, rux, nikel, qalay, volfram, molibden bilan birga yoʻldosh elementlar — oltin, kumush, platina metallari, kobalt, mishyak, reniy, indiy, rubidiy, galliy, selen, tellur va boshqa, baʼzan qimmati jihatdan "asosiy" metallardan ustunroq boʻlgan metallar ham uchraydi. Boyitish fkalarida jami rudalarning 90% dan koʻprogʻi samarali flotoreagentlarni qoʻllagan holda flotatsiya usulida boyitiladi. Oʻzbekistonda Rangli metallurgiya mahalliy mineral xom ashyo resurelari negizida 20-asrning 30-yillaridan rivojlandi. Respublikada rangli, nodir va qimmatbaho metallar (oltin, mis, qoʻrgʻoshin, rux, volfram, molibden, simob va boshqalar) konlari, Qoramozor misqoʻrgʻoshinrux koni, Obirahmat, Burchmulla, Oqtuz, Takob, Ingichka, Qoʻytosh, Langar rangli metallar, Chodak, Zarmitan, Marjonbuloq, Kauldi, Koʻkpatos, Qizilolmalisoy oltin, Qoʻrgʻoshinkon, Oltintopgan qoʻrgʻoshinrux, Qalmoqqir mis konlari va boshqa topilib, ular sanoat miqiyosida oʻzlashtirilishi bilan respublikada Rangli metallurgiya shakllandi. Respublika rang metallar ishlabchiqarish boʻyicha jahonda yetakchi oʻrinlarga chiqdi. Oʻzbekiston jahon mamlakatlari orasida oltin zaxiralari boʻyicha 5, oltin qazib olish boʻyicha 7oʻrinda turadi (qarang Oltin sanoati). Mis, qoʻrgʻoshin — pyx ishlab chiqarish, asosan, Ohangaron — Olmaliq konsanoat hududida QoʻrgʻoshinkonOltintopgan polimetall konlari, Qalmoqqir mis konlari negizida shakllandi. Tarmoqning yetakchi korxonasi tugal metallurgiya sikliga ega boʻlgan Olmaliq konmetallurgiya kombinatidir. Volfram va molibden metallurgiyasining yirik korxonasi Chirchiq shahridagi Oʻzbekiston qattiq qotishmalar va oʻtga chidamli metallar kti boʻlib, kt Ingichka volfram (1943; Samarqand viloyati) va Qoʻytosh volframmolibden (1937; Jizzax viloyati) konlari rudalari hamda mis rudalaridan ajratib olinadigan molibden negizida ishlaydi. Ktda 1molibden quymasi 1956 yil olingan, 1957 yildan qattiq qotishmalar ishlab chiqarila boshladi. Kt mahsulotlari (100 turdan ortiq) elektrotexnika, poʻlat eritish, kon burgʻilash sohalarida keng qoʻllaniladi. 1996 yildan ktda respublika ehtiyojlarini tula qoplaydigan elektr lampochkalari ishlab chiqarish quvvatlari ishga tushirildi. 60-yillardan rangli metallarning ikkilamchi quymalarini olish uchun qurilgan quvvatlar Toshkent shahrida ishlamoqda. Korxonada alyuminiy parchalari qaytadan eritilib, xalq xoʻjaligiga yetkazib beriladi. 1990-yillardan Oʻzbekiston metallurgiyasida kamyob yer elementlari metallurgiyasi shakllanmoqda. Kamyober metallarining alyuminiy va magniybilan qotishmalari — yengil qotishmalar, magniy bilan qotishmalari — oʻtga chidamli qotishmalar turli sanoat tarmoklarida keng qoʻllaniladi. Respublikada zamonaviy ilgor texnologiyani joriy etilishi natijasida kukunlar metallurgiyasi ham rivojlanmokda. Metallurgiya va foydali qazilmalarni qazib olish hamda qayta ishlash sanoati uchun malakali mutaxassislar Toshkent texnika universitetida, 1995 yilda tashkil etilgan Navoiy konchilik institutida hamda Toshkent kimyotexnologiya institutida tayyorlanadi. Sanoati rivojlangan mamlakatlar va rivojlanayotgan mamlakatlarda Rangli metallurgiya monopollashgan sanoat tarmogʻi hisoblanadi. Rangli metallar ishlab chiqarish boʻyicha AQSH va Yaponiya
oldingi oʻrinlarni egallaydi.
Polimetall rudalar Polimetall rudalar (poli... va metall) — qoʻrgʻoshin, pyx, mis va ku-mush sulfidlaridan iborat kompleks rudalar. Qaysi metallning kupozligiga qarab qurgʻoshin-ruxli, kumushqoʻrgʻoshinli rudalar deb ataladi. Polimetall rudalar endogen sharoitda gidrotermal eritmalarning kristallanishidan hosil buladi. Polimetall rudalar slanets, gneys, ohaktosh, tufslanets, granitoidlar orasida joylashib, turli kattalikdagi qatlamlar, tomirlar, shtok, rudali ustunlar va boshqa shakllarda buladi. Polimetall rudalar tarkibiga pirit, sfalerit, xalkopirit, galenit, baʼzan kumush, vismut va boshqalarning sulfidlari kiradi. Atmosferadagi havo va namlikning taʼsirida baʼzanbirlamchi (sulfid) Polimetall rudalar ikkilamchi (oksidlangan) Polimetall rudalarga utishi mumkin. Bunday rudalarga serussit, anglezit, piromorfit, smitsonit, kalamin va boshqa minerallar kiradi. Oʻzbekistonda Polimetall rudalar konlari Chatqol, Qrramozor, Qurama togʻlarida, mamlakatning gʻarbiy va jan. qismida (Xondiza polimetall ruda koni) joylashgan. Shuningdek, RF (Ural, Oltoy), Qirgʻiziston, AQSH, Kanada, Avstraliya, Peru, Yaponiya, GFR, Ispaniyada Polimetall rudalar konlari bor. Polimetall rudalar qoʻrgʻoshin, pyx, mis, kumush va boshqa me-tallar olish uchun asosiy manba hisoblanadi.

O’zbekiston Respublikasi eng boy tabiiy resurslarga asoslangan ,rivojlangan metallurgiya sanoatiga ega . O’zbekiston yettinchi uran zaxiralari o’n birinchi o’n ikkinchi joyda , oltin tasdiqlangan zaxiralari bo’yicha dunyoda to’rtinchi joyda va uning ishlab chiqarish uchun yettinchi joyda deb aytish uchun kifoya. Respublikamizda boshqa metallar, jumladan , kumush, molibden, vismut, volfran, lityum va boshqalar kabi qimmatbaho metallar va noyob yerlarning zaxirasi mavjud.O’zbekiston Respublikasi


Hududida keng miqyosda foydali qazilmalar, jumladan, 100 ga yaqin mineral xom-ashyo turlari aniqlandi., ulardan 60 tasi milliy iqtisodiyotda ishlatiladi.
Joriy yilning yanvar-oktyabr oylarida 001,7 mln. Dollorlik metallurgiya sanoati mahsulotlari eksport amalga oshirilib, bu ko’rsatkich Respublika umumiy eksport hajmining 7,5% ni tashkil etadi.
O’zbekiston Respublikasida 1-noyabr holatiga ko’ra 974 ta metallurgiya sanoati mavjud bo’lib, ular tomonidan 2029-yilning yanvar- oktyabr oylarida 63,3 trln. So’m qiymatga teng bo’lgan mahsulotlar ishlab chiqarildi.
Eksport mahsulotlari nomlanishi:

  • Qimmatbaho metallar;

  • Noyob metallar ;

  • Mis va mis mahsulotlari;

  • Qora metallurgiya;

  • Kamar va chiziqlar;

  • Temir silliqlash metal;

  • Po’lat simlar;

  • Lektrodlar;

  • Uy po’latdan ishlangan oshxona buyumlari.

Yüklə 17,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə