Qayta ishlash uchun taqsimlangan hisoblash tizimining



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix23.09.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#123340
  1   2   3   4
inomjonov islomjon 711-19



KATTA HAJIMDAGI MA’LUMOTLARNI 
QAYTA ISHLASH UCHUN
TAQSIMLANGAN HISOBLASH TIZIMINING 
O’ZARO BOG’LANISH SXEMASINI
TANLASH
 
Annotatsiya
. Turli xillik xususiyatiga ega katta hajimdagi 
ma’lumotlar (Big Data) ni saqlash va qayta ishlash taqsimlanagan 
hisoblash tizimlarida yagona hisoblash tizimidan ko’ra samaralidir. 
Lekin taqsimlanagan hisoblash tizimlarida ham jarayonlarni to’g’ri 
tashkil etmaslik, tizim xususiyatlaridan to’g’ri foydalanmaslik 
ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash samaradorligini pasaytirishi 
bilan birgalikda ma’lumotlarga ishlov berish ishonchliligini ta’minlashga 
ham to’sqinlik qiladi. Mazkur maqolada katta hajimli ma’lumotlarni 
qayta ishlash jarayoni samaradorligi va ma’lumotlarga ishlov berish 
ishonchliligini ta’minlash bilan chambarchas bog’liq bo’lgan, 
taqsimlangan hisoblash tizimining o’zaro bog’lanish sxemasini to’g’ri 
tanlash haqida so’z yuritiladi.
Kalit so’zlar.
 Big Data, taqsimlangan hisoblash tizimi, taqsimlangan 
hisoblash tizimining o’zaro bog’lanish sxemasi. 
Bugungi kunda zamonaviy ilm fan taraqqiy etishi, dunyo bo’ylab 
ma’lumotlarni raqamlashtirish jarayonining tezlashishi katta va kichik 
serverlarda 
hamda 
shaxsiy 
qurilmalarda 
hozirgi 
zamonaviy 
texnologiyalar yordamida to’plash va qayta ishlash murakkab bo‘lgan 
katta hajimli turli xil ma’lumotlar oqimi (Big Data) ning hosil bo’lishiga 
sabab bo’lmoqda. Bu katta hajimli turli xil ma’lumotlar oqimi ularni 
saqlash va qayta ishlash bilan bog‘liq bir qancha muammolarni hosil 
qilishi bilan birgalikda, ulardan samarali foydalanish ya’ni uni to‘liq va 
to‘g‘ri tahlil qilish malumotlar ishonchligini oshirib, insonlarga barcha 
sohalarda to‘g‘ri qarorlar qabul qilishda katta imkoniyatlarni ochib berish 
imkoniyatiga ega [1]. Shu maqsadda hozirgi kunda katta hajimli 
ma’lumotlar (Big Data)ga oid ko’plab ilmoy tadqiqot ishlari olib 
borilmoqada. Bu ishlarning aksariyati Big Dataning asosiy xususiyati 


88 
ya’ni katta hajimli ma’lumotlarni tezkorlik bilan qayta ishlash va tahlil 
qilish samaradorligini oshirishga qaratilgan bo’lib, tadqiqot natijalari 
odatiy yakka hisoblash tizimlaridan foydalanish kutilgan natijalarni 
bermasligini ko’rsatmoqda [24]. Ma’lumotlarning katta hajimda 
ekanligini va uni yagona kompyuter yoki serverda qayta ishlash 
imkoniyati pastligi hisobga olinsa, eng yuqori natija beruvchi yondashuv 
taqsimlangan hisoblash mexanizmlari orqali ma’lumotlarni yig’ish va 
qayta ishlashdir [5].
Ma’lumotlarning katta hajimda ekanligi sababli taqsimlangan 
hisoblash tizimlarida jarayonlarni to’g’ri tashkil etish tizim 
samaradorligiga ijobiy tasir etadi. Ya’ni Big Datani qayta ishlashda 
taqsimlangan hisoblash tizimining samaradorligi tizimning bir nechta 
xususiyat
(omil)lariga bog’liq bo’ladi. Shunday taqsimlangan hisoblash tizimi 
samaradorligiga chambarchas bog’liq bo’lgan muhim omillardan biri - bu 
tizim abonentlari o’rtasidagi jarayonlararo aloqa va sinxronizatsiya. 
Ayniqsa, katta hajimdagi turli xillik xususiyatiga ega ma’lumotlarni bir 
serverdan ikkinchisiga to’qnashuvlarsiz va yo’qotishsiz uzatish tizim 
samaradorligining qiyin bo’g’inidir. Bu, shuningdek, taqsimlangan 
tizimlarda parallel ishlash jarayoniga ham tasir qiladi. Shuning uchun Big 
Datani qayta ishlash uchun taqsimlangan hisoblash tizimining o’zaro 
bog’lanish sxemasini tanlash ish samaradorligiga ta’sir qiladi.
Taqsimlangan hisoblash tizimlarining bir qancha o’zaro bog’lanish 
sxemalari mavjud bo’lib, ulardan asosiylari 5-rasmda ko’rsatilgan [6].


89 
1-rasm

Taqsimlangan hisoblash tizimlarining oddiy o’zaro 
bog’lanish sxemalari. Ushbu rasmda aylana hisoblash tugunini, 
chiziq esa tugunlar orasidagi to’g’ridan-to’g’ri aloqa kanalini 
ifodalaydi 
Chiziqli o’zaro bog’lanish sxemasi - hisoblash tugunlari bitta 
chiziqqa joylashtirilgan va ulangan (1-a rasm). Marshrutlash oddiy va 
topologiyani rekursiv sifatida ko’rish mumkin. Biroq, qo’shni bo’lmagan 
har qanday ikkita tugun o’rtasidagi aloqa boshqa tugunlarning yordamiga 
muhtoj, har qanday oraliq tugundagi nosozlik butun tizimni buzadi. 
Xulosa qilib aytganda, ushbu sxema oddiy va arzon, ammo Big Datani 
qayta ishlash uchun yuqori ishlash yoki ishonchlilikni yarata olmaydi 
hamda tizim miqyosi kattalashgani sari unumdorlik tez pasayadi.
Trassali o’zaro bog’lanish sxemasida har qanday ikkita tugun 
o’rtasida to’g’ridan-to’g’ri ulanish mavjud (1-b rasm). O’zaro ulanish 
umumiy trassa orqali amalga oshiriladi. Bu bog’lanishlardagi 
murakkablikni sezilarli darajada kamaytiradi. Biroq, trassadan katta 
ma’lumotlarning oqib o’tishini hisobga olsak har bir abonent 
ma’lumotlarni uzatishda aloqa kanalini uzoq vaqt band qiladi. Natijada bir 
vaqtda uzatilgan xabarlar to’qnashuvi sababli o’z manziliga yetib 
bormaydi.
Halqali o’zaro bog’lanish sxemasi - bu chiziqli o’zaro bog’lanish 
sxemasining ikki uchi o’rtasida qo’shimcha ulanish bilan 
takomillashtirilgan sxema (1-c rasm). Bu o’zaro ulanish masofasini 2 
martaga kamaytiradi. Biroq, asosiy xususiyatlar hali ham bir xil, Big 
Datani qayta ishlash uchun yuqori ishlash yoki ishonchlilikni yarata 
olmaydi hamda tizim miqyosi kattalashgani sari unumdorlik tez pasayadi.
Yulduzli 
o’zaro bog’lanish sxemasi, barcha abonentlarni 
birlashtiruvchi markaziy abonentga ega (1-d rasm). Har bir aloqa kanali 
faqatgina ikkita abonentga xizmat qilganligi uchun ma’lumotlar 
to’qnashuvi kuzatilmaydi. Bundan tashqari o’zaro ulanish masofasi 2 ga 
teng bo’lib, markaziy kommutator tugunining yordami bilan kollektiv 
aloqani oson amalga oshirishni qo’llabquvvatlaydi va rekursiv kengayish 
imkonini beradi. Lekin ma’lumotlar hajmining kattaligi, ularni qayta 
ishlash va abonentlar o’rtasidagi sinxronzatsiyani amalga oshirish 


90 
vazifalarining ko’pligi sababli markaziy kompyuter doimo yuklanish 
bilan ishlaydi va markaziy kompyuterning har qanday nosozlikka 
uchrashi o’zaro aloqani yo’qotadi. Bu Big Datani qayta ishlash 
ishonchliligiga zarar yetkazadi.
To’liq bog’langan o’zaro bog’lanish sxemasi. Unda har qanday ikkita 
hisoblash tugunlari o’rtasida to’g’ridan-to’g’ri aloqa mavjud (1-e rasm). 
O’zaro bog’lanish masofasi 1 ga teng va har bir aloqa kanal faqatgina 
ikkita hisoblash tugunini bog’laydi. Natijada bular Big Datani qayta 
ishlash ishonchliligini oshiradi.
Tadqiqot natijasidan xulosa qilib aytiladigan bo’lsa, katta hajimdagi 
ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlashda to’liq bog’langan o’zaro 
bog’lanish sxemasi mumkin bo’lgan eng yuqori samaradorlikni va 
ishonchlilikni keltirib chiqaradi.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə