Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti


Ssuda fondi resurslar tarkibi quyidagicha



Yüklə 4,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə250/279
tarix28.11.2023
ölçüsü4,89 Mb.
#133318
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   279
Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti

Ssuda fondi resurslar tarkibi quyidagicha: 
- Pul mablag’larining aylanma jarayonida korxonalar va tashkilotlarning 
vaqtinchalik bo’lmagan pul rezervlaridir. Ular maxsus fondlar, masalan, investitsiya 
uchun ishlovchilardan amortizatsiya harajatlari fondi va boshqalar;
- Davlat pul zaxiralari.
- Uzoq muddatli kredit berish uchun maxsus ajratilgan mablag’ jamg’armalari; 
- maxsus fondlarning erkin vositalari (pensiya , sug’urta) ; 
- aholining shaxsiy jamg’armalari; 
- markaziy bank tomonidan amalga oshiriladigan pul belgilari va to’lov 
vositalarining emissiyasi. 
Shunday qilib qarzga beriladigan pul ssuda deyiladi. Agar qarzga berilgan pul 
ishga solinib, yangidan pul topish daromad topish daromad olish uchun ishlatilsa, u 
ssuda qarz kapitali shaklini oladi. Agar qarz shaxsiy iste’molni qondirishga xizmat qilsa
odatdagi pul qarzi bo’ladi xolos. 
Qarz kapitali uchun beriladigan protsent mohiyatan uni ishlatish tufayli yaratilgan 
qo’shimcha mahsulotning, aniqrogi qarz oluvchi uni ishlatib topgan daromadining bir 
qismidir. 
Har qanday olingan pul oldindan protsent hisobiga qancha qilib qaytarilishi 
belgilab quyiladi.
Protsent miqdori yoki darajasi oldindan belgilanadi. Protsent darajasi (PD) qarz 
protsentining (KP) berilgan qarz miqdoriga (KM) bo’lgan, protsentlarda ifodalangan 
nisbatidir: 
KP 
 PD = _____ * 100 
KM
Agar 120 mln. dollarga teng qarzga 6 mln. dollar protsent to’lansa, quyidagicha 
bo’linadi.
 
 
6 mln. 
 PD = _________ * 100 quyidagi 5 % 
120 mln.
Protsent darajasi nga ta’sir euvchi omillar harakati tufayli o’zgarib turadi.
Ulardan assosiylari quyidagilar:
1. Pul bozordagi talab va taklifning nisbati ya’ni bozorda qanday miqdorda qarz 
pulga talab bor va unga nisbatan qanday miqdorda qarzga beriladigan pul chiqarilgan. 
Talab oshsa protsent ortadi, taklif ortsa u kamayadi. 


436 
2. Qarzga olinadigan pulni ishlatishdan olinadigan naf, aniqrog’i shu pulning 
iste’mol qiymati. Qarz puli tadbirkor uchun ko’p foyda keltirilsa yoki iste’molchi 
ehtiyojini to’laroq qondirilsa protsent yuqori bo’ladi, aks xolda u pasayib ketadi. Bunda 
uxoir ishlatishdan va kelajakda ishlatishdan tegadigan naf taqqoslanadi. Agar hozir 
pulni 8 % hisobidan qarz olib kelajakda 20 % hisobidan foyda kurilsa, qarz oluvchiga 
shu protsent mahqo’l bo’ladi. Agar qutilganfoyda 7 % yoki 10 % bo’lsa protsent
mutloqo to’g’ri bo’lmaydi.
3. Qarzni to’lash muddati va sharti. Agar qarz uzoq muddatga berilib, uni asta 
sekin kichik - kichik qismlarga bo’lib berilsa, bemalol qaytarish mumkin bo’lsa, qarzdor 
yuqori protsentga rozi bo’ladi. Agar qarz qisqa vaqtga berilsa va uni bir yo’la to’lash 
shart bo’lsa, qarzdor past protsentni mahqo’l ko’radi. Gap shundaki qarz qanchalik uzoq 
muddatga berilsa, shunchalik uni ishlatib daromad ko’rish va shu hisobda protsent 
to’lash yengil bo’ladi.
4. Qarzni qanday pul bilan berilishi. Agar qarz erkin konvertirlangan valyutalar
berilsa, protsent yuqori belgilanadi. Agar u oddiy valyutada berilsa protsent nisbatan 
past o’rnatiladi. Konverrtirlangan pul obru-etiborli bo’lganidan uni ishlatish oson, 
undan tezda yaxshi daromad ko’rish mumkin. 
5. Inflyatsiya darajasi . Inflyatsiya yuz bersa, qarzga berilgan pul egasiga katib 
kelguncha o’z qadr
i
ni qisman yo’qatidi. Bunday pul egasi yutkazadi. SHu sababli 
protsent inflyatsiyani hisobga olib o’rnatiladi. Agar odatda protsent 8 % qilib belgilansa, 
inflyatsiyani hisobga olib, banklar uni 15 % belgilaydilar. Bunda odatda 7 %
inflyatsiya beradigan zararni qoplash kerak. Protsent inflyatsiya muddatiga to’g’ri 
mutanosiblikda o’zgaradi.
6. Pulni qarz berishdan ko’ra boshqa yusinda ishlatishdan tushadigan daromad. 
Bunda pul egasining afzal ko’rish printsipini amal qiladi. Agar aktsiya dividendi yuqori 
bo’lsa, protsent pasayadi va aksincha. Agar aktsiyaga 15 % divident berilsa, protsent 
undan yuqori bo’lishi shart. Aks xolda pul egasi uni qarzga bermay, aktsiya sotib 
olshni afzal ko’radi.
7. Qarz berish xatari darajasi.Agar qarzning kaytib kelishi kafolatlansa , protsent 
past, agar bu xatarli bo’lib, qarz qaytishi shubxali bo’lsa, protsent yuqori bo’ladi. 
Odatda moliyaviy baquvvat va nufuzli firmalar uchun protsenti past belgilanadi va 
aksincha, moliyaviy ahvoli beqaror mijozlar uchun yuqori protsent tayinlanadi. 
Yuqori va past protsent o’rtasidagi farq pul egalari uchun ma’lum darajada qarz 
berish xatarini kamaytiradi, chunki bir yerda protsentning kamligi, boshqa yerda uning 
ortiq bo’lishi bilan qoplanadi.

Yüklə 4,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   279




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə