Qayta tiklanuvchi energiya manbalari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/83
tarix23.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#157605
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   83
Qayta tiklovchi energiya manbalari

Suvni isitish.
Maishiy elektr suv isitgichi markazlashgan issiq suv ta’minotiga 
ega bo‘lmagan uylarda, shuningdek, gaz va shunga o‘xshash apparatlardan 
foydalanish maqsadga muvofiq bo‘lmagan yoki mumkin bo‘lmagan binolardagi 
aholini issiq suv bilan ta’minlash uchun mo‘ljallangan uy sharoitlarida foydalanish 
uchun akkumulyatsiyalovchi suv isitgichlar qulayroq bo‘lib, ular katta vaqt oralig‘ida 
issiq suvni isitish va saqlash uchun mo‘ljallangan. Bunday suv isitgich issiqlik 
o‘tkazmaydigan metall bak ko‘rinishida bo‘lib, unda elektr qizdirgich element va suv 
haroratini rostlovchi yoki chegaralovchi qurilma joylashgan. Bak sig‘imi odatda issiq 
suvga bo‘lgan kundalik ehtiyojdan kelib chiqib tanlanadi. Masalan, oshxona 
ehtiyojlari uchun (asosan, idish yuvish uchun) suv isitgichning sig‘imi 7-10 l ni, dush 
va hammom uchun esa 80-150 l ni tashkil etadi. Bakdagi suv tabiiy konveksiya 


32 
natijasida elektr qizdirgich elementlar bilan qizdiriladi. Qizdirish tezligi bak hajmi va 
qizdirgichlar quvvatiga bog‘liq. 
 
2.1-rasm.
 Sutka davomida fermer xo‘jaligining elektr jihozlariga elektr 
energiyani taqsimlanishi. 
Maishiy ehtiyojlar uchun unifikatsiyalangan sig‘imi UNS seriyali, 10 l 
(oshxona uchun) va 40, 60 va 100 l (dush va hammom uchun) hajmli suv 
qizdirgichlar ishlab chiqariladi. Bu suv qizdirgichlarda butun seriya uchun yakka 
bo‘lgan, 125 kVt quvvatli qizdiruvchi element o‘rnatilgan bo‘lib, u 220 V 
kuchlanishli tarmoqqa ulanadi.
Tejamkorlik nuqtai nazaridan EVAN turidagi elektr qizdirgichlar qiziqish 
uyg‘otadi. EVAN 5/1,25 turidagi suv qizdirgich past bosimli akkumulyator turidagi 
asbob hisoblanadi. U 2-4 kishilik oilani hamma ehtiyojlari uchun issiq suv bilan 
ta’minlaydi. Suvni 15 dan 85 
0
S gacha qizdirish vaqti 20 minutdan ko‘p bo‘lishi suv 
haroratini rostlashga imkon beradi. 
Katta miqdordagi suvni qizdirish uchun masalan, shirkat xo‘jaligi uchun, 
EVAN-100 yoki EVAO-100 turdagi sig‘imli issiqlik akkumulyatsiyalovchi elektr 


33 
qizdirgichlar olish maqsadga muvofiq. Bu suv qizdirgich 100 l suvni 85 
0

haroratgacha qizdiradi, so‘ngra avtomat tarzda o‘chadi. Maxsus issiqlikni saqlash 
izolyatsiyasi hisobiga suv uzoq vaqt issiq turadi va undan turli ehtiyojlar uchun 
foydalanish mumkin. 1,25 kVt quvvatli EVANning qizdirish uzlukligi 8 soatga yaqin 
bo‘lib, bu qizdirgichni tarmoqda elektr energiya ortig‘i bo‘lganda kechqurun yoqish 
uchun mo‘ljallangan. 
Yanada katta qizdirilayotgan suv hajmi bilan oquvchi turdagi EVNU-6 
universal elektr suv qizdirgichi kichik fermalardagi binolar, xususiy xo‘jaliklardagi 
ishlab chiqaruvchi va maishiy binolarni texnologik issiq suv ta’minoti hamda isitish 
tizimlaridagi suvni isitish uchun mo‘ljallangan (2.1-jadval). 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə