Qayta tiklanuvchi energiya manbalari


-rasm.  Qayta tiklanuvchi energiya manbalari resurslari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/83
tarix23.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#157605
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   83
Qayta tiklovchi energiya manbalari

 
1.12-rasm.
 Qayta tiklanuvchi energiya manbalari resurslari 
 


27 
Biroq nisbatan past haroratlar (70-80
0
S gacha), artezian suvlarining katta 
minerallanishi va chuqurligi texnik nuqtai nazardan ulardan elektr energiya ishlab 
chiqarish uchun foydalanishni qiyinlashtiradi. Shuning uchun, agar texnik amalga 
oshiriladigan potensiallarni ko‘rib chiqsak, u holda quyosh energiyasi Yetakchi 
hisoblanadi. Quyosh energiyasi ishlab chiqarilayotgan energiyaning narxi esa undan 
keng foydalanishni chegaralaydi. 
Shuning uchun tiklanuvchi energiya manbalarining hamma turlari ichidan
iqtisodiy potensiali juda yuqori bo‘lgan va hozirgi vaqtda 14.4 mlrd kVt soatni tashqil 
etadigan gidroenergetika amaliy mazmun kasb etadi. Hozirgi vaqtda 4 dan 6,5 mlrd 
kVt soatgacha ishlatiladi. Ishlatilmaydigan rezervlar kichik va o‘rta GESlar guruhiga 
kiritilib, ular nisbatan kichik bosimlari bilan tavsiflanadi va natijada sug‘orish va 
drenaj kanallarini o‘z ichiga olib, butun suv oqimi bo‘ylab yo‘nalgan kam quvvatli 
gidroelektrostansiyalarga mo‘ljallangan. 
Energiya resurslari narxlarini umumiy oshirish kichik va o‘rta GESlar elektr 
energiyasini raqobatbardoshligi uchun zamin yaratadi. Tajribalarning ko‘rsatishicha, 
mikroGESlarning turli ko‘rinishlari (engli, engsiz, tirgakli va h.q.)dan foydalanish 
samaradorligini ko‘rsatadi. Suv oqimlari energiyasidan kompleksli foydalanish 
mutloq energiya iste’mol qilish kattaligi bo‘yicha kam quvvatli, lekin ishlab chiqarish 
natijalari bo‘yicha juda samarali chiqarilgan iste’molchilarni energiya bilan 
ta’minlash muammosini echishga yordam beradi. Bu avvalambor, aholi punktlari va 
haydaladigan yaylovlarning tog‘ oldi tumanlaridagi taalluqli. Markazlashgan 
energiya ta’minoti tumanlarida, lokal avtonom energiya manbalaridan foydalanish 
energetik bozorning raqobatchi muhitni yaratishiga imkon beradi. Kichik va o‘rta suv 
oqimlari energiyasi bilan birga, bunday raqobatda noan’anaviy energiya manbalari 
(shamol, quyosh, biogaz energiyasi) ham qatnashishi mumkin. Dastlabki hisoblar 
buyicha kichik va o‘rtacha suv oqimlari, mahalliy va noan’anaviy energiya manbalari 
potensiali mutloq qiymati bo‘yicha birlamchi energiyadan umumiy foydalanishdan 1 
dan 1,5% gacha tashkil etadi.


28 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə