Qayta tiklanuvchi energiya manbalari


bioxol ishlab chiqariladi (1.6-rasm).  1.6-rasm .  Biomassa etishtiriladigan qishloq xo‘jalik ekin maydonlari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/83
tarix23.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#157605
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   83
Qayta tiklovchi energiya manbalari

bioxol
ishlab chiqariladi (1.6-rasm). 
1.6-rasm

Biomassa etishtiriladigan qishloq xo‘jalik ekin maydonlari. 
 
Yerning geotermal energiyasi vositasida ishlovchi elektr stansiyalar.
Issiqlik yoki elektr energiyasini yer qa’ridan chiqadigan issiqlikdan olish 
mumkin. Yer qaridan chiqadigan issiqlik yer qatlamiga yaqin bo‘lsa, geotermal 
energetika iqtisodiy samarador bo‘ladi. Vulqon harakati faol va ko‘p sonli issiq suv 
manbalari(geyzerlar)ga ega bo‘lgan Yapon arxipelagidagi Kamchatka yarim oroli


17 
Kuril orollarida geotermal energetika iqtisodiy jihatdan samarador hisoblanadi (1.7 
va 1.8-rasm).
Boshqa birlamchi manbalardan farqli o‘laroq geotermal energiya manbaini bir 
necha ming kilometr uzoq masofaga uzatish iqtisodiy va texnik tomondan samarador 
emas.
Shu sababli yer ostidan chiqadigan issiqlik energiyasi – mahalliy energiya 
manbai hisoblanib, bir muncha kichikroq hududda (geologiya-razvedka, burg‘ilash 
uchastkasini tayyorlash, burg‘ulash, quduqlarni sinovdan o‘tkazish, suyuqlikni olish, 
energiya ishlab chiqarish va uzatish, to‘ldirish, infratuzilmani yaratish va boshqalar) 
o‘zlashtiriladi va ishlatiladi.
1.7-rasm

Issiqlik energiyasining yer 
qaridan otilib chiqishi.
1.8-rasm

Issiq suv va bug‘ manbalari
Geotermal energiyadan AQSH, Meksika va Filippinda katta miqyosda 
foydalaniladi. Filippinda geotermal energiya ulushi 19%, Meksika - 4%, AQSH 
(bevosita isitish, shu jumladan elektr energiyasini qayta ishlashsiz) - 1% ga teng. 
AQSH ning barcha geotermal elektr stansiyalarining umumiy quvvati 2 million kVt 
dan ortiq. Geotermal energiya Islandiya poytaxti Reykyavikni issiqlik energiyasi 
bilan to‘liq ta’minlaydi. 1943-yilda u erda 440 dan 2400 metrgacha chuqurlikka ega 
bo‘lgan 3240 quduq burg‘ulangan bo‘lib, ular yordamida 60 dan 130 ° C gacha 
haroratga ega bo‘lgan issiq suv yer sathiga ko‘tariladi. Ushbu quduqlardan 


18 
to‘qqiztasi hali ham faol ishlamoqda. Rossiya Federatsiyasining Kamchatka yarim 
orolida quvvati 200 MVt li geotermal IES (issiqlik elektr stansiyasi) faoliyat 
ko‘rsatmoqda. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə