Qayta tiklanuvchi energiya manbalari


Qayta tiklanuvchi energiyaning 2018-yilda dunyo bo‘yicha



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/83
tarix23.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#157605
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83
Qayta tiklovchi energiya manbalari

1.1. rasm.
Qayta tiklanuvchi energiyaning 2018-yilda dunyo bo‘yicha 
ishlab chiqarilgan elektr energiyasidagi ulushi
 
 
Keltirilgan raqamlarga ko‘ra, qayta tiklanuvchi energiyaning barcha turlaridan 
geotermal energiya eng past narxga ega. Undan keyingi o‘rinni axlat va chiqindi 
uyumidan olingan gazni yoqish natijasida hosil bo‘lgan energiya egallaydi. Aslida 
ular an’anaviy energiya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqobatlashishlari mumkin, ammo 
ular uchun joriy etilgan cheklovlar ushbu loyihalarni keng miqyosda amalga 
oshirilishiga to‘sqinlik qiladi. 
 



1. QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARINING 
QO‘LLANILISHI VA KELAJAGI 
 
1.1. Qayta tiklanuvchi energiya manbalari haqida umumiy tushunchalar 
 
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari - shamol, quyosh, suv oqimlari
biomassa, geotermal energiya kabilardan tashkil topadi. 
Shamol elektrostansiyalari. 
Birinchi shamol elektr stansiyalari IX asrning 90 
– yillarida Daniyada ishlab chiqilgan. 1910-yilda ushbu mamlakatda bir necha yuz 
dona kichik uskunalar qurilgan. Bundan bir necha o‘n yil o‘tib ishlab chiqarish va 
sanoat korxonalari shamol generatorlarida ishlab chiqarilgan energiyadan kerakli 
miqdorda energiya bilan ta’minlana boshladi. Bu paytda umumiy quvvat 150 – 200 
MVt ga teng bo‘lgan (1.2 - rasm).
1.2 - rasm.
Shamol elektrostansiyasining qir-adirlarda joylashuvi. 
 
1982-yilda Xitoy bozorida 1280 dona, 1986-yilda 11 000 dan ortiq shamol 
trubinalari sotilgan, bu Xitoyning avval elektr energiyasi etib bormagan bir qator 
tumanlarini energiya bilan ta’minlash imkonini yaratdi. 


10 
XX asrning boshlarida Rossiyada va xususan respublikamizda katta 
miqdordagi 250 mingdan ortiq qishloq shamol va suv tegirmonlariga ega bo‘lib, 
ularning umumiy quvvati 1 mln. kVt dan ortiqni tashkil etgan. Ushbu qurilmalar 
yordamida 250 mlrd. pud bug‘doy yanchilgan bo‘lib, bu o‘z navbatida uzoq 
masofalarda joylashgan yirik aholi turar joylari (poselkalar) va shaharlarda katta 
tegirmonlarga borib vaqt va mablag‘ sarflash kabi ortiqcha ovoragarchilikdan voz 
kechish imkonini bergan. 
Afsuslar bo‘lsinki, tabiiy resurslardan foydalanishga ayovsiz munasabatda 
bo‘lish oqibatida o‘tgan asrning 40 - yillarida sobiq SSSR aksariyat shamol va suv 
elektr dvigatellar buzib tashlandi. 50 - yillarga kelib ushbu uskunalar qoloq texnika 
sifatida batamom tugatildi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə