Qayta tiklanuvchi energiya manbalari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/83
tarix23.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#157605
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   83
Qayta tiklovchi energiya manbalari

 
 


22 
1.3. O‘zbekiston respublikasidagi qayta tiklanuvchi energiya manbalarining 
energetik potensiali 
 
O‘zbekiston qayta tiklanadigan energiya manbalarining katta salohiyatiga ega. 
Bu qariyb 51.0 milliard t.n.e. iqdorida baholanmoqda (1.9- rasm).
1.9-rasm.
Respublikamizning qayta tiklanuvchan energiya manbalari 
bo‘yicha salohiyat ko‘rsatkichlari
Bugungi kunda dunyodagi mavjud texnika va texnologiyalar 179,0 million 
t.n.e. foydalanish imkonini beradi. Bu esa mamlakatda qazilma yoqilg‘ini qazib olish 
bo‘yicha yillik joriy miqdordan uch marta ko‘pdir (1.10-rasm). 
1.10-rasm.
O‘zbekistonda qayta tiklanaligan energiya manbalarining texnik 
imkoniyat ko‘rsatkichlari 
 


23 
Ayni paytda, qayta tiklanadigan energiya manbalarining iqtisodiy salohiyati 
baholanmagan. Texnik salohiyat biomassa resurslari - o‘simlikshunoslik, 
chorvachilik, sanoat va maishiy chiqindilar hisobga olinmasdan baholangan. Aslida 
bu salohiyat yaqin kelajakda baholanishi lozim. Masalan, paxta 
ekilgan 
bir 
gektar maydondan 2 tonnadan 4 tonnagacha g‘o‘zapoya yig‘ishtirib olish mumkin, bu 
esa faqat g‘o‘zapoya resurslari 1-2 million t.n.e. tashkil etishi mumkin.
Qayta tiklanadigan barcha energiya manbalarining katta miqdordagi 
salohiyatining 
mavjudligi 
qayta 
tiklanadigan 
energetikani 
muvaffaqiyatli 
rivojlantirish uchun muhim asos hisoblanadi. O‘zbekistonda qulay iqtisodiy 
muhitning yaratilishi esa ushbu texnik salohiyatning sezilarli qismini o‘zlashtirish 
imkonini beradi (1.1-jadval). 
1.1- O‘zbekistonda qayta tiklanadigan energiya manbalari salohiyati 
Salohiyat 
Jami 
(mln.t.n.e.) 
SHu jumladan energiya (mln.t.n.e.) 
gidro 
quyosh shamol geotermal suv 
YAlpi 
50984,6 
9,2 
50973,0 
2,2 
0,2 
Texnik 
179,0 
1,8 
176,8 
0,4 

O‘zlashtirilgan 
0,6 
0,6 



Qayta tiklanuvchi energiya manbalari (QTEM)dan foydalanish ahamiyati roli 
baholaganda ma’lum haqiqat – Yerdagi organik yoqilg‘ilar zaxirasining 
tugallanishini, ularning hamma tezlashadigan sarflash sur’atlarini oshishi va shuning 
bilan birga alternativ energiya manbalarini izlash zaruratini, shuningdek, yoqilg‘i-
energetik resurslar tejashning qattiq tartibini amalga oshirishni hisobga olish zarur. 
Bir qator ilmiy va texnik isbotlangan va qandaydir darajada bu muammoni 
echishning raqobatlashuvchi yo‘nalishlari mavjud. Kelajak nuqtai nazaridan ma’lum 
rivojlanish bosqichida hozir eng iqtisodiy samaradorlikni ta’minlaydigan yo‘nalishni 


24 
ma’qul ko‘rib, yangi energiya manbalarini izlashning barcha yo‘nalishlarini 
rivojlantirish zarurati bor. 
U yoki bu darajada energetika bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy 
muammolarni yechish yo‘llaridan biri mahalliy energiya resurslari (rivojlangan 
infrastrukturali tumanlardagi ko‘mir, gaz, neft kichik zaxiralari)ni aktiv o‘zlashtirish 
shuningdek, O‘zbekiston hududida mavjud bo‘lgan ekologik havfsiz tiklanuvchi 
energiya manbalaridan masshtabli foydalanish hisoblanadi. 
Tiklanuvchi energiya manbalari tushunchasiga quyidagi energiya shakllari 
kiradi: quyosh, geotermal, shamol, dengiz to‘lqinlari energiyasi, oqimlar, bo‘g‘ozlar 
va okean, biomassa energiyasi, gidroenergiya, past potensialli issiqlik energiyasi va 
tiklanuvchi energiyaning boshqa «yangi» turlari. 
Shartli ravishda QTEMlarni ikki guruhga ajratish qabul qilingan: 
-
Odatiy: 30 MVt dan ko‘proq quvvatga ega gidroelektrostansiyalar yordamida 
elektr energiyaga aylantiriladigan gidravlik energiya, odatiy yondirish usullari bilan 
(o‘tin, torf va pech yoqilg‘isining boshqa turlari issiqlik olish uchun ishlatiladigan 
biomassa energiyasi hamda geotermal energiya. 
-
Noodatiy: quyosh energiyasi, shamol energiyasi, dengiz to‘lqinlari, oqimlar, 
bo‘g‘ozlar energiyasi, kichik va mikroGESlar tomonidan ishlatiladigan energiya 
turiga aylanadigan gidravlik energiya, odatiy usullar bilan issiqliq olish uchun 
ishlatilmaydigan biomassa energiyasi, past potensial issiqlik energiyasi va tiklanuvchi 
energiyaning boshqa «yangi» turlari.
QTEMlarning potensial zaxiralari valli, texnik va iqtisodiyga bo‘linadi. 
QTEMning valli potensiali – berilgan QTEM turi tarkibidagi foydali 
ishlatilayotgan energiyaga to‘la aylantirib borganda tarkibidagi o‘rtacha yillik 
energiya hajmi. 
QTEMning texnik potensiali – valli potensialning bir qismi bo‘lib, uni foydali 
energiyaga aylanishi atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha talablarga amal qilishda 
texnik vositalarni berilgan rivojlanish darajasida mumkin bo‘ladi (1.11-rasm). 


25 
1.11-rasm.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə