Qayta tiklanuvchi energiya manbalari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/83
tarix23.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#157605
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   83
Qayta tiklovchi energiya manbalari

Xujjatlar va kelishuv 
Reaktor qurilishiga oid eskiz hujjatlarni xo‘jalik mutaxassislari (injener-
mexanik, quruvchi, energetik, elektrik) bir necha kunda tayyorlashi mumkin. 
Hujjatlar quyidagilardan iborat: 
texnologik sxema
• reaktor va issiqlik generatorni joylashtirish rejasi; 
• quvurlar; 
• nasos va yoritish armaturalarning ulash sxemasi; 


161 
• xarajatlar hisob-smetasi. 
Xo‘jalik bosh planida asosiy quvurlar, kelish yo‘llari va yashin qaytargichlar 
ko‘rsatilishi kerak. 
Hujjatlar gaz va yong‘in inspeksiyalari bilan kelishuvdan o‘tkaziladi.
Xavfsizlik texnikasi 
Reaktorlarni ekspluatatsiya qilishda tabiiy gazni yoqishga mo‘ljallangan 
qurilmalarga oid amaldagi normativlarga rioya qilish kerak. 
Biogaz tabiiy gazga nisbatan torroq portlash chegaralariga ega: 6% dan 12% 
gacha (5-15% o‘rniga). 
Hujjatlarda 300 m
3
gacha hajmga ega imoratda 1 soatda sakkiz karra ko‘p havo 
almashtiruvchi ventilyatsiya nazarga olinishi kerak. 
Qurilmadagi xomashyoning umumiy hajmi reaktor hajmining 2/3 qismidan 
oshmasligi kerak. 
Reaktorning o‘lchamini tanlash 
Reaktorning o‘lchami mavjud uy hayvonlarining sonini hisobga olib, har bir 
xo‘jalik uchun alohida belgilanadi:
-
Uy hayvonlari go‘ngining sutkalik miqdori 
-
Reaktorning hajmini hisoblash qiyin emas. 
1-MISOL:
Sizning xo‘jaligingizda 20 ta sigir va 10 ta cho‘chqa bor, demak, 
reaktor uchun xomashyo miqdori: 
20 (sigir) * 35 kg + 10 (cho‘chka) * 4kg = 740kg. 
Shuning uchun, 740 kg ga yana 246 kg (740 kg ni 2/3) qo‘shamiz. 
740 + 246 = 986 kg bo‘ladi. 
Endi 986 kg 10*> ga ko‘paytirib, reaktorning hajmini aniqlaymiz - 9 860 kg, 
taxminan 10 tonna. 10 tonnali reaktorining mahsuldorligi 20 m
3
/sutka. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə