Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini rejalashtirish



Yüklə 228,47 Kb.
səhifə2/4
tarix11.12.2023
ölçüsü228,47 Kb.
#148110
1   2   3   4
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini rejalashtirish

2. Qishloq xo’jalik korxonalarida qo’llaniladigan rejalashtirish

shakllari.


Qo’yilgan maqsad va vazifalarning mazmunidan kelib chiqib rejalarning quyidagi shakllarini ajratib ko’rsatish mumkin:

  • rejalashtirilayotgan davrning davomiyligidan kelib chiqibqisqa muddatli (joriy, operativ), o’rta muddatli va uzoq muddatli (istiqbolli) rejalar;

  • korxona faoliyatining yo’nalishi jihatidantashkiliy reja, ishlab chiqarish rejasi, marketing rejasi, moddiy ta’minot rejasi va moliyaviy

reja;


  • mo’ljallanishi jihatidankorxona boshqaruvchilariga, statistik organlar va yuqori tashkilotlarga, tashqi investorlarga taqdim etiladigan rejalar.

Joriy yoki yillik rejalar korxonani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning yillik ishlab chiqarish-moliyaviy biznes-rejasidan, ishlab chiqarish bo’linmalarining yillik ishlab chiqarish rejalari va topshiriqlaridan iborat bo’ladi.
Operativ yoki ish rejalari – yillik rejalarni yanada detallashtirish maqsadida tuziladi. Uning tarkibiga quyidagilar kiradi:

  • ayrim ish davrlari (yerni shudgorlash, ekish, ekinlarga ishlov berish, hosilni yig’ib-terib olish, qo’zilatish, chorva mollarini semirtirish va hokazo) uchun texnologik kartalar asosida tuzilgan ishchi rejalar;

  • o’simlikchilik va chorvachilik tarmoqlari, yordamchi va xizmat ko’rsatuvchi tarmoqlarda haftalik, oylik va choraklik rejalar;

  • ayrim ishlarni bajarish uchun berilgan qisqa muddatli rejalar.

Rejalarning barcha turlari o’zaro bog’liqlikka ega va ularning hammasi yagona maqsadni amalga oshirishga xizmat qiladi.
Istiqbol rejalar kelgusi bir necha yilda korxonani ijtimoiy va iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari, sur’atlari va ko’lamini belgilab beradi. Istiqbol rejalar ko’pincha prognoz xarakteriga ega bo’ladi. Prognozlar joriy rejalardan farq qilib direktiv xarakterga ega emas, balki ilmiy-texnikaviy taraqqiyotning asosiy yo’nalishlarini hisobga olgan holda ishlab chiqiladi. Qo’yilgan vazifani bajarish muddatiga ko’ra, istiqbol rejalar uzoq muddatli va o’rta muddatli rejalarga bo’linadi.
Investitsion loyihalarni moliyalashtirishga mo’ljallangan biznes rejalar biror bir loyihani amalga oshirish maqsadida korxonaga investitsiyalar yoki kreditlar jalb etish maqsadida tuziladi. Biznes-reja biznes g’oyalarini kelajakda muvaffaqiyatli amalga oshirishga xizmat qiladigan muhim hujjat hisoblanadi.

Yüklə 228,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə