Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini rejalashtirish


Qishloq xo’jalik korxonalarida yillik ishlab chiqarish biznesrejasi



Yüklə 228,47 Kb.
səhifə3/4
tarix11.12.2023
ölçüsü228,47 Kb.
#148110
1   2   3   4
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini rejalashtirish

3. Qishloq xo’jalik korxonalarida yillik ishlab chiqarish biznesrejasi.
Korxonaning yillik rejalari uning aniq kalendar yildagi taraqqiyoti dasturi bo’lib, shu yil uchun berilgan davlat buyurtmalari hamda korxonaning mahsulot ishlab chiqarish va sotish reja ko’rsatkichlariga asosan tuziladi. Yillik rejada istiqbol rejaning shu kalendar yilga mo’ljallangan ko’rsatkichlari aniqlashtiriladi, avval ko’zda tutilmagan va rejaning muvaffaqiyatli bajarilishini ta’minlashga yordam beradigan qo’shimcha tadbirlar belgilanadi. Tabiiy iqlim sharoitlariga bog’liq bo’lgan qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi uchun bu xususiyat juda zarurdir.
O’zbekiston Respublikasi Qishloq xo’jaligi vazirligi tomonidan tavsiya etilgan “Qishloq xo’jaligi korxonalarining biznes-rejasi” quyidagi asosiy bo’limlardan tashkil topgan:
1). Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun mehnat va moddiy xarajatlar me’yorlari – dehqonchilikda ekin turlari bo’yicha rejalashtirilgan hosildorlik darajasidan kelib chiqib, bir gektar yerga sarflanishi lozim bo’lgan resurslar sarflari me’yorlarini aks ettiradi. Chorvachilikda mahsulot yetishtirishni rejalashtirish jarayonida mehnat va moddiy resurslar sarfi, ya’ni chorva mollarining yillik ozuqaga bo’lgan talabini me’yorlashtirish muhimdir. Chorva mollari boqish usuli va yosh guruhlariga ko’ra ozuqa sarfi turlicha bo’ladi.
Moddiy va mehnat sarflari me’yorlari barcha reja ko’rsatkichlarini ishlab chiqish uchun asos bo`lib xizmat qiladi.
2). Yerdan foydalanish rejasi - yer turlari bo’yicha korxonaning yer maydonlari tuzilishi, tarkibi va miqdorini ifodalaydi. Qishloq xo’jaligi korxonalari yerlar unumdorligini oshirish, ularni bir turdan boshqa turga o’tkazish ishlarini olib boradilar. Foydalanilmayotgan yerlarni o’zlashtirish, yerlarni konservatsiya qilish, yerning meliorativ holatini yaxshilash tadbirlarini o’tkazish natijasida yuqori unumli yerlarga aylantirish tadbirlari yerdan foydalanish rejasida o’z aksini topadi. 3). Dehqonchilik mahsulotlari ishlab chiqarish va ularning tannarxi – biznes-rejaning eng yirik bo’limlaridan biri hisoblanadi. Bu bo’limda asosiy va takroriy ekinlar maydoni, mahsulotlarni yetishtirishga sarflanadigan moddiy, mehnat va pul mablag’lari hajmi va qiymati, ekinlar hosildorligi, yalpi hosil va o’simlikchilik mahsulotlarining rejali tannarxi o’z aksini topadi. Shu bilan birga har bir ekin turi bo’yicha rejalashtirilgan umumiy xarajatlar qiymati va bir sentner mahsulotning tannarxi keltiriladi.
4). Mollar, parrandalar va boshqa hayvonlar bosh soni hamda asalari oilalari soni mavjudligi – bo’limida chorva mollarining yil boshi va oxiridagi bosh soni, tirik og’irligi va umumiy bahosi rejalashtiriladi.
5). Mollar va parrandalarning mahsuldorligi – bo’limida chorva mollarining turlari bo’yicha bosh soni, ulardan olinadigan mahsulot miqdori va mahsuldorligi rejalashtiriladi.
6). Mollarning va parrandalarning ozuqalarga bo’lgan ehtiyoji va uning ta’minoti - rejalashtirilayotgan yilga talab qilinadigan ozuqalar jami ozuqa birligida va konsentrat ozuqada, shu jumladan sotib olinadigan ozuqa birligi miqdori va summasi, bir sentner mahsulotga sarflanadigan ozuqa birligi aks ettiriladi. Chorva mollarining ozuqaga bo’lgan ehtiyojini rejalashtirishda ularning sutkalik ozuqaga bo’lgan talabi, bosh soni va yildagi kunlar soni asos qilib olinadi. 7). Chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish va ularning tannarxibiznes-rejaning eng yirik bo’limlaridan biri hisoblanadi. Bu bo’limda chorva mollarining turlari bo’yicha bosh soni, mahsulotlarni yetishtirishga sarflanadigan moddiy, mehnat va pul mablag’lari hajmi va qiymati, chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi va chorvalikchilik mahsulotlarining rejali tannarxi o’z aksini topadi. Shu bilan birga chorva mollari turlari bo’yicha rejalashtirilgan umumiy xarajatlar qiymati va bir sentner mahsulotning rejali tannarxi keltiriladi. 8). Joriy yil uchun mahsulot balansi – xo’jalikning yil davomida qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, sotish, ichki xo’jalik ehtiyojlariga sarflash, chorva mollariga ozuqa sifatida sarflash, ish haqi sifatida va boshqa maqsadlarga sarflash rejasini aks ettiradi.
9). Mahsulot sotish rejasi – xo’jalikning yillik ishlab chiqarish biznes rejasining muhim tarkibiy qismidir. Rejaning bu bo’limida rejalashtirilayotgan yilda realizatsiya qilinishi lozim bo’lgan dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari o’z aksini topadi.
10). Xodimlar soni va iste’molga yo’naltirilgan ish haqi – ishchi xodimlar, mutaxassislar va rahbar xodimlarning o’rtacha yillik soni, ularning tarkibi va yil davomida rejalashtirilgan ish haqi fondidan tashkil topadi.
11). Asosiy ishlab chiqarish xarajatlari – xo’jaligining chorvachilik va dehqonchilik tarmog’i bo’yicha mahsulot ishlab chiqarishga sarflanadigan xarajatlarni aks ettiradi.
12). Xo’jalikning yalpi daromadimahsulot sotishdan olinadigan yalpi pul tushumidan farq qiladi. Rejalashtirilgan yalpi daromad tarkibiga xo’jalik a’zolari iste’moliga yo’naltirilgan ish haqi va boshqa rag’batlantiruvchi to’lovlar ham kiritiladi.
13). Qo’shimcha va yordamchi tarmoqlarning ishlab chiqarish dasturi – ishlab chiqarish quvvatlari, xomashyo va materiallarga bo’lgan talab, mahsulotlarni taqsimlash va hokazo.
14). Moliyaviy natijalarning kutilayotgan rejasi - pul kirimlari va ularni taqsimlanish, kapital sarflar, ularning manbalari va yo’nalishlari, maxsus fondlar, ularni tashkil qilish va foydalanish, foyda va sof daromadning taqsimlanishi, aylanma mablag’larni me’yorlashtirish masalalarini o’z ichiga oladi.
Korxonadagi ishlab chiqarish bo’linmalariga beriladigan yillik topshiriqlar ishlab chiqarish-moliya rejasi bilan bir vaqtda tuzilib, uning ko’rsatkichlarini aniqlashtiriladi va ishlab chiqarish bo’linmalari faoliyatining bir yillik ish dasturi hisoblanadi.
Ishlab chiqarish jarayonida mehnat, mehnat qurollari va predmetlari o’zaro birikadi, harakatga keladi, mehnatning mehnat vositalari orqali mehnat predmetiga ta’sir qilishi natijasida tayyor mahsulot olinadi. Shuning uchun ishlab chiqarish jarayonlarini to’g’ri tashkil qilish mahsulot yetishtirishni ko’paytirib borishning, shu bilan birga mehnatning o’zidan, mehnat vositalari va predmetlaridan oqilona foydalanish, ularning har bir birligiga ko’proq mahsulot yetishtirishni ta’minlashning asosidir.
Qishloq xo’jaligi korxonalari faoliyatida operativ rejalashtirish ham muhim ahamiyatga ega. Korxonaning yillik rejalarida ishlab chiqarish umumiy holda, yirik masshtabda, asosiy ko’rsatkichlarda aks ettiriladi. Korxona faoliyatini to’g’ri boshqarish, ishlab chiqarish dasturlarining muvaffaqiyatli bajarilishini ta’minlash uchun yillik rejalar bilan bir qatorda operativ yoki ish rejalarni tuziladi. Bu rejalar ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil qilishning asosiy hujjati hisoblanadi.
O’simlikchilik va chorvachilik mavsumiy sohalarida ish rejalari ayrim ishlab chiqarish davrlari bo’yicha tuziladigan rejalardan iborat bo’ladi. Masalan, paxtachilikka ixtisoslashgan xo’jaliklarda ekishgacha, ekish davri, g’o’zaga ishlov berish davri va hosilni yig’ib-terib olish davri kabi muddatlarga ish rejasi tuziladi. Ko’pincha soddalashtirib ish rejalarini ish grafigi deb ham aytiladi, ya’ni ekish grafigi, paxta terish grafigi va hokazo. Ish rejalarida belgilangan muddatda bajariladigan ishlarning turi va hajmi, ularni bajarish uchun talab qilinadigan ishchi kuchlari, mashina va uskunalar soni, xomashyo va materiallar miqdori ko’rsatiladi. Ish rejasi ekin turi, ishlab chiqarish bo’linmalari va korxona bo’yicha tuzilishi mumkin. Ish rejasini boshqarishning hamma bo’g’inlari bo’yicha tuzilishi ishchi kuchlari, texnika vositalari hamda xomashyo materiallarini to’g’ri taqsimlash, zaruratga ko’ra, kerakli joyda ularni mujassamlashtirgan holda foydalanishni ko’zda tutish imkonini beradi.
Chorvachilikda mollarni o’stirish va semirtirish rejasi, qo’ylarni kuzgi qochirish, bahorgi qo’zilatish, junini qirqib olish davri uchun ish rejalari tuziladi.
Ishlab chiqarish nisbatan bir me’yorda kechadigan sohalarda, masalan, sut qoramolchiligida, go’shtchilik majmualarida, sanoat asosidagi parrandachilik fabrikalarida ishlab chiqarish jarayonlarini to’g’ri tashkil etish choraklar bo’yicha belgilangan mahsulot sotish reja topshiriqlarini bajarishni ta’minlash uchun oylar va choraklar bo’yicha ish rejalari tuziladi. Korxonalardagi eng sodda va qisqa reja – bu, rejanaryaddir. Uning xususiyati shundan iboratki, u bir vaqtning o’zida ham topshiriq, ham bajarilgan ishni hisboga olish hujjati xizmatini o’tashi mumkin.
Reja-naryad ishning xususiyatiga ko’ra, individual xodimga, ishchilarning kichik guruhiga qisqa muddatga (bir, besh kun va dekadaga) beriladi.
Bozor munosabatlari sharoitida qishloq xo’jaligi korxonalarida moliyaviy rejalashtirish tizimi va undan foydalanish ham muhimdir.
Sobiq ittifoq davrida rejalashtirish ma’muriy usulda qabul qilingan bo’lib, asosan davlat fondi uchun mahsulot ishlab chiqarish ko’rsatkichlarini so’zsiz bajarishga yo’naltirilgan edi va unda bozor munosabatlari sharoitida eng muhim bo’lgan ko’rsatkich – foyda asosiy maqsad qilib qo’yilmas edi. Sobiq ittifoq davridagi ma’muriy rejalashtirish tizimida korxonalar zararga bo’lsa ham davlat buyurtmalarini bajarishga majbur qilinar va ko’radigan zararlari yuqori tashkilotlar tomonidan qoplanardi. Bunday sharoitlarda rejalashtirish tizimi ham asosan davlat buyurtmalarini bajarishga yo’naltirilib, ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorlik ko’rsatkichlari hamda moliyaviy va investitsion faoliyatdan olinadigan daromadlar, pul oqimlari kabi muhim sohalar rejalarda o’z aksini topmagan. Shu munosabat bilan hozirgi kunda korxonalar faoliyatini moliyaviy rejalashtirish tizimidan keng foydalanish korxonalarning daromadlari va xarajatlarini to’g’ri rejalashtirish va barqarorligini oshirishga xizmat qiladi.
Moliyaviy rejalashtirish – muayyan muddat uchun moliyaviy resurslar harakatini va tegishli moliyaviy munosabatlar tizimini asoslashdan iborat jarayondir. Qishloq xo’jaligi korxonalari faoliyatini moliyaviy rejalashtirishning asosiy vazifasi har bir xo’jalikning pul mablag’lariga bo’lgan ehtiyojini, daromadlar hamda xarajatlar hajmi va tarkibini rejalashtirishdan iborat.
Korxonalar moliyaviy faoliyatini boshqarish mexanizmining asosini moliyaviy rejalashtirish tashkil etadi. Moliyaviy rejalashtirish o’zida korxonalar rivojlanishini zaruriy moliyaviy resurslar bilan ta’minlash bo’yicha me’yoriy reja ko’rsatkichlarini va joriy moliya yili hamda istiqboldagi moliyaviy faoliyatining samarali rivojlantirish yo’nalishlarini aks ettiradi. Moliyaviy rejalashtirishning barcha tizimi o’zaro aloqada bo’lib, ulardan aniq ketma-ketlikda foydalaniladi. Moliyaviy faoliyatni joriy rejalashtirish tizimi ishlab chiqilgan strategiya va moliyaviy faoliyatning alohida jihatlari bo’yicha moliyaviy siyosat negizida amalga oshiriladi. Bu rejalashtirish tizimining vazifasi joriy moliyaviy rejaning aniq shakllarini ishlab chiqishdan, korxona rivojlanishi oldida turgan barcha moliyalashtirish manbalarini aniqlashdan, daromadlar va xarajatlar tarkibini aniqlashtirishdan, korxonaning doimiy to’lovga qobilligini ta’minlashdan, rejalashtirilgan davrda uning aktivlari va kapitallari tarkibini optimallashtirishdan iboratdir.


Yüklə 228,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə