Qishloq xo'jaligi xaritalari Reja: Kirish kirish I. Bob. Qishloq xo’jaligi xaritalari I o’zbekiston Respublikasi umumiy yer maydoni


II.5. Yerdan foydalanish darajasi va samaradorligini oshirish yo`llari



Yüklə 195,21 Kb.
səhifə15/16
tarix31.05.2023
ölçüsü195,21 Kb.
#114539
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
O’zbekiston qishloq xo’jaligi

II.5. Yerdan foydalanish darajasi va samaradorligini oshirish yo`llari
Yerdan va suv samarali, oqilona foydalanish kelajak talab qilayotgan zaruratdir. Yer va suv resurslaridan foydalanish darajasi va samarasini oshirish quyidagi yo`nalishlarda amalga oshiriladi:
Eng avvalo, qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishini yer va suv resurslarining talabi va imkoniyatidan kelib chiqqan holda joylashtirish lozim. Masalan, suv resurslari cheklangan regionlarda sholi ishlab chiqarishni joylashtirish maqsadga muvofiq emas. Katta miqdordagi suvni talab qiladigan ekinlarni sho`rlangan yerlarga joylashtirish ham samaradorlikni pasayishiga sabab bo`ladi. Albatta, mamlakat oziq – ovqat havfsizligini ta`minlash, mavjud resurslardan oqilona foydalangan holda bozor talab qiladigan mahsulotlarni ishlab chiqarish va bunda aholining ehtiyojini unitmaslik talab qilanadi. Shunga qaramasdan yer va suv resurslarining holatini hisobga olmasdan ishlab chiqarishni tashkil etish ma`lum salbiy oqibatlaga olib kelishi mumkin. Masalan, kuchli sho`rlangan yerlarga kuzgi don ekinlarini joylashtirish yerning unumdorligini pasaytiradi, sho`rlanishni yanada kuchayishiga olib keladi va yerdan foydalanish samradorligi pasayadi. Bu holatning uzoq davom etishi ushbu yer maydonlarining qishloq xo`jaligi maqsadlari uchun mutloq yaroqsiz holga kelib qolishiga sababchi bo`lishi mumkin. Chunki kuzga donli ekilgan maydonlarda sho`r yuvish ishlarini amalga oshirib bo`lmaydi. Ma`lumotlarga qaraganda 2004 yilda Respublikada mavjud qishloq xo`jaligi yerlarining 47,2 foizi sho`rlanmagan, 17,2 foizi o`rtacha sho`rlangan va 4,2 foizi kuchli sho`rlangan. O`zbekiston qishloq xo`jaligi yerlari meliorativ holatiga ko`ra, 38 foizi yaxshi, 53,4 foizi qoniqarli va 8,6 foizi qoniqarsiz, meliorativ holati yomon yerlardir. Bu holat yomonlashib ketishining oldini olish kerak.
Yerlarning bir sifat holatidan ikkinchi holatga o`tishi umumiy holda yer tranformatsiyasi deyiladi. Yer transformatsiyasi ijobiy (yomon yerlarning yaxshi yerlar safiga o`tishi) va salbiy (yaxshi yerlarning yomon yerlar safiga o`tishi) bo`ladi. Imkon boricha salbiy yer transformatsiyasiga yo`l qo`ymaslik lozim. Yer islohotlarini to`g`ri o`tkazish ham yer va suvdan foydalanish samaradorligini oshiradi. Yer duch kelgan kishiga emas, balki yerda ishlash tajribasi, bilimi bor kishilarga, xo`jaliklarga berilishi kerak. Bu borada yerdan olingan mahsulotga egalik qilish sharoitlarini to`g`ri hal etish talab qilinadi. Aks holda yer va suvdan samarali foydalanib bo`lmaydi.
Eng zarur omillardan biri yer va suvdan foydalanuvchilarning samaradorlikni oshirganliklari uchun manfaatdorligini ta`minlashdir.
Tanlangan ishlab chiqarish turini texnologiyani buzmasdan bajarish, melioratsiya va irrigatsiya tadbirlarini o`z vaqtida samarali o`tkazish qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishi, yerdan foydalanish samaradorligini oshiradigan muhim omillardan biri hisoblanadi.
Yer va suvdan foydalanish samaradorligini oshirish ko`p jihatdan ilg`or texnologiyani ishlab chiqarishga joriy etish bilan bog`liq. Masalan, suvdan foydalanish samaradorligi tomchilatib yoki yomg`ir usulida sug`orishda oddiy bostirib sug`orishdigiga nisbatan ancha katta. Suv resurslari cheklangan holda bu texnologiyalarning ahamiyati keskin oshadi. O`zbekiston Respublikasi suv resurslari juda cheklangan bo`lib, hozirda foydalanilayotgan suvning 12-13 foizi mamlakat hududida vujudga keladi. Qolgan qismi Qirg`iziston va tojikiston davlatlari hududidan keladi. O`zbekistonda 50 daryo bo`lib, shulardan faqat 10tasigina 150km uzunlikda. Mamlakatda juda katta kanal va ariqlar tizimi yaratilgan. Ularning uzunligi 156 ming km.ni tashkil etadi. Ana shu irrigatsiya tizimidan samarali foydalanish mamlakatda yer resurslaridan foydalanishning samaradorligini oshiradigan omillardan biridir.
Fan yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy etish ham yer va suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshiradi. Ishlab chiqarishga paxta va bug`doyning tezpishar, suvga chidamli navlarini joriy etish bunga misol bo`la oladi.
Ekologik muhit talablarini hisobga olgan holda kimyolashtirishni rivojlantirish ham yer va suv resurslarining samaradorligini oshirishga ijobiy ta`sir etadi.
Qishloq xo`jaligiga yaroqli yerlarni suv va shamol erroziyasidan asrash ham juda muhim tadbirlardan biridir. Masalan, ekin maydonlarining 2,1 mln. gektari shamol, 0,7 mln gektari suv erroziyasiga, shuningdek, mavjud 22,1 mln. gektar yaylovning 6 mln. gektari shamol va 3 mln. gektari suv erroziyasiga uchragan. Bu holat agrosanoat majmuasi iqtisodiyotiga sezilarli salbiy ta`sir qiladi. Shu sababli yerlarni asrash asosiy vazifalardan biridir. Yer ishlab chiqarishning asosiy vositasi, yer fondi, yer fondidan okilona foydalanish, yer kadastri, yer sifatini iqtisodiy baholash, mehnat resurslari.

Qishloq xo`jaligida yer ishlab chiqarishning asosiy vositasi

Qishloqda agrar siyosatning bosh masalasi, negizi – yerga egalik – mulkchilik masalasidir. Shu boisdan ham qishloqqa doir qabul qilingan farmonlar, “Yer to`g`risida”gi qonunda bu masalalar hisobga olinib, qishloq xo`jaligidagi munosabatlar, yerga egalik munosabatlari aniq belgilab berildi. Bu masala O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida ham qat`iy qilib yozib qo`yildi. Jumladan, Konstitutsiyada yer xususiy mulk qilib sotilishi mumkin emasligi, uni uzoq muddatli ijara shartlari bilan topshirish mumkinligi qayd etilgan.
Qishloq xo`jaligida yer ishlab chiqarishning asosiy vositasi hisoblanadi. Yer bo`lmasa dehqonchilik mahsulotlarini ham, chorvachilik mahsulotlarini ham yetishtirib bo`lmaydi. Odam ishlab chiqarish jarayonida tuproqqa, yerga, o`tloqqa, yaylovga va hokazolarga ta`sir qilar ekan, tuproqning unumdorligini oshirish uchun zarur shart – sharoitlar yaratadi, yer mehnat predmeti sifatida maydonga chiqadi. Shu bilan birga yerning tabiiy xossalari – fizik, mexanik, kimyoviy va biologik xossalaridan foydalaniladi. Shuning uchun yer mehnat quroli sifatida ham, mehnat vositasi sifatida ham maydonga chiqadi. U holda ham, bu harda ham u qishloq xo`jaligidagi ishlab chiqarishning asosiy va hech narsa bilan almashtirib bo`lmaydigan vositasi, dehqonchilik va chorvachilik tarmoqlarini rivojlantirish negizi hisoblanadi. Ishlab chiqarish vositasidan to`g`ri foydalanish tufayli yerning hosildorligi ortadi, bu esa qishloq xo`jaligini yanada yuksaltirishni ta`minlaydi.
Ishlab chiqaruvchi kuch tez rivojlanib borganda barcha eski mashinalar yanada foydaliroq mashinalar bilan almashtirilishi, ya`ni eski mashinalar ishlab chiqarishdan butunlay chiqarib tashlanishi kerak. Yer esa, aksincha, agar unga to`g`ri munosabatda bo`linsa, xamisha yaxshilanib boradi. Yerning unumdorligi kapital, mehnat va fanni qo`llanishi bilan cheksiz darajada ortadi.
Yer fondi va undan oqilona foydalanish

Yerdan ratsional foydalanish butun xalqning va avvalo qishloq xo`jaligidagi barcha xodimlarning eng muhim vazifasidir. Bu vazifa eng kam mehnat va ishlab chiqarish vositalarini sarflagan holda har gektar yerdan ko`proq yuqori sifatli mahsulot olishdan iborat. Mamlakatimizda yer moddiy farovonlikni oshirishning eng muhim manbai, shuning uchun ham hukumatimiz tabiatni asrashni kuchaytirish hamda yer va boshqa tabiiy resurslardan foydalanishni yaxshilash tadbirlarini qonun yo`li bilan mustahkamlab kuygan. Respublika 44797,7 ming gektar yer fondiga ega, shundan barcha qishloq xo`jalik yerlari 27987 ming gektar, shu jumladan, sug`orishga yaroqli yerlar 5 mln. gektar, sug`oriladigan yerlar maydoni 4238,6 ming gektar, qishloq xo`jaligida foydalaniladigan yerlarning umumiy maydoni salkam 32 mln. gektar, ekiladigan yerlar 4090,2 ming gektar, xaydaladigan yerlar 4474,5 ming gektar.


Respublika yer fondining asosiy qismi 62 foizga yaqini qishloq xo`jalik yer turlari toifalariga mansub, qolgan qismi fuqarolar yerlari – tomorqa 1 foiz, o`rmon va tukayzorlar 3.2 foiz va qishloq xo`jaligida foydalanilmaydigan yerlar 34.2 foiz. Sug`oriladigan yerlar jami yer resurslarining 9.2 foizini tashkil etishiga qaramay Respublika qishloq xo`jaligida yetishtiriladigan yalpi mahsulotning 98.5 foizi shu yerlarda yetishtiriladi. Qishloq xo`jalik yerlari strukturasida ekin ekiladigan yerlar salmog`ining ortishi, bog` va uzumzorlarning kengayishi, yalpi mahsulot ishlab chiqarish va qishloq xo`jalik yerlarining maydoni birligiga hisoblaganda yalpi mahsulot va ozuqa ishlab chiqarishni ko`payishi yerdan intensiv foydalanishning iqtisodiy ko`rsatkichlaridir. Qishloq xo`jalik yerlariga ekinzorlar, qo`riq yer uchastkalari, pichanzorlar, yaylovlar, bog` va uzumzorlar, ixota daraxtzorlari, baliq urchitiladigan xovuzlar kiradi. Qishloq xo`jalik ekinlari ekish uchun ishlatiladigan uchastkalar haydov yerlari hisoblanadi. Tabiiy pichanzorlar suv bostiriladigan maysazorga, suvsiz vodiy va botqoq yerlarga; yaylovlar, suvsiz vodiy, suv chiqariladigan dasht, tog`lik, o`rmonzor yerlariga, shuningdek, sun`iy ko`p yillik madaniy yaylovlarga bo`linadi.
Yer davlat mulkidir. Davlat yer fondini to`g`ri taqsimlash va undan reja asosida foydalanishni tashkil qiladi. O`zbekiston Respublikasida yagona davlat yer fondi sostaviga quyidagilar kiradi:
qishloq xo`jaligida foydalaniladigan yerlar;
sanoat, transport, kon sanoati va qishloq xo`jaligi korxonalariga mansub bo`lmagan muassasa va tashkilotlar foydalanayotgan yerlar;
shahar va shahar tipidagi posyolkalar joylashgan yerlar;
davlatning zapas yerlari.
Yer fondining ancha qismi foydalanish uchun qishloq xo`jalik korxonasi va turli jamoat muassasalariga berilgan. Qolgan qismida o`rmon xo`jaligi va boshqa davlat xo`jaliklari ish yuritadilar. Bulardan bevosita davlatning o`zi foydalanadi.
O`zbekiston Respublikasida yer fondining 62 foizi qishloq xo`jalik ishlab chiqarishi korxonalariga foydalanish uchun ajratilgan. Qishloq xo`jaligida yerdan foydalanishning iqtisodiy samaradorligi tuproqning tabiiy sharoitiga qarab bo`lingan zonalarda har gektar yerga kam mehnat va mablag` sarflab ko`p mahsulot yetishtirish bilan belgilanadi. Uning umumlashtiruvchi ko`rsatkichi 100 gektar yer maydonida yetishtirilgan mahsulot birligidir. Ayni vaqtda, ayrim yer maydonlaridan yetishtirilgan mahsulot turlariga qarab 100 gektar qishloq xo`jaligida foydalanadigan yer yoki 100 gektar haydaladigan yerga qarab hisoblanadi. Masalan, o`simlikchilik mahsulotlari haydaladigan yerlarda yetishtiriladi. Shuning uchun ham o`simlikchilik mahsulotlari yetishtirish har 100 gektar haydaladigan yerga hisoblanadi. Chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish yem – xashak bazasidan mol turlariga qarab foydalanishga bog`liq. Qoramol, qo`ychilik va echkichilik mahsulotlari 100 gektar qishloq xo`jaligida foydalanadigan yer maydoniga; cho`chqachilik mahsulotlari 100 gektar haydaladigan yerga; parrandachilik mahsulotlarini yetishtirish 100 gektar don ekinlari ekiladigan maydon birligiga hisoblanadi.
Qishloq xo`jaligi korxonalarida yerdan foydalanishni yaxshilashning asosiy yo`li qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishini izchillik bilan intensivlashtirish, qishloq xo`jaligi oborotidagi yerlarni yaxshilashdan iboratdir.
Qishloq xo`jaligi yerlaridan foydalanish darajasini yanada ko`tarishda irrigatsiya g`oyat katta rol o`ynaydi. Yer maydonlarini doimo yaxshi holatda saqlash va uning mahsuldorligini oshirishda shamol va suv erroziyasiga qarshi kurash muhim tadbirlardan hisoblanadi. Tuproq erroziyasiga qarshi kurashda yagona va ilmiy jihatdan asoslangan tadbiriy choralardan foydalanish ma`qul. Bu tadbiriy choralar sistemasiga almashlab ekishni joriy qilish, ixota daraxtzorlarini barpo etish kabi asosiy omillar kiradi. Eng oddiy va samarali agrotexnika tadbirlaridan yer haydash, ekin va qishloq xo`jalik ekinlarini qiyalik joylarda ko`ndalangiga ekish suv erroziyasi keltirayotgan zararni bir necha bor kamaytiradi. Respublika qishloq xo`jaligi korxonalari qishloq xo`jaligida foydalanadigan yer maydonlari umumiy struktura sostavida yaylovlar 50 foizdan ziyodroq salmoqni egallaydi. Yaylovlar, deyarli, cho`l va yarim sahro zonalarida joylashgan bo`lib, ulardan qo`ychilikni, ayniqsa, qorako`lchilikni hamda echkichilikni rivojlantirish uchun foydalaniladi. Cho`l yaylovlarining talaygina qismi sug`orishning asosiy rezervidir, shundan 6 mln. gektar maydonda sug`orish imkoniyatlari mavjud. Yaylovlarni yaxshi parvarish qilish, ularni yaylov oborotiga kiritish va qo`shimcha ravishda o`t urug`larini ekish hisobiga yuqori sifatli va arzon yem – xashak olishga erishish mumkin.
Ilmiy jihatdan asoslangan dehqonchilik sistemasini yuritish yerdan ratsional foydalanishning asosiy negizidir. Tuproq unumdorligini og`ishmay oshira borish va kam mehnat, mablag` harajat qilib yuqori hosil olish dehqonchilik sistemasining asosiy shartidir.

Yer kadastri va yerning sifatini iqtisodiy baholash

Yerning sifati bilan bog`liq ishlab chiqarish vositasi sifatidagi qiyosiy bahosini, tabiiy - iqtisodiy sharoitini, joylashish o`rnini yer kadastri orqali aniqlash mumkin.
Yer kadastri yerning tabiiy, xo`jalik va huquqiy ahvoli haqidagi haqiqiy ma`lumotlar yig`indisidir.
Yer kadastri quyidagilarni:
yerdan foydalanishni davlat ro`yxatidan o`tkazish;
yerlar sifatining tuproqning turi va xili – relyefi, shamol va suv eroziyasiga uchrashi, ozuqa moddalari bilan ta`minlanganligi, sho`rhokligi va har bir yerdan foydalanish hamda yerga mulkchilik belgilariga ko`ra hisobga olinishini;
tuproq bonitrovkasi, ya`ni o`simlikshunoslik uchun eng muhim hisoblanuvchi tuproqni tabiiy hususiyatlariga ko`ra klassifikatsiya qilishni;
yer sifatini ishlab chiqarish vositasi sifatida iqtisodiy baholashni o`z ichiga oladi.
Yer sifatini iqtisodiy baholash deganda sifati turlicha bo`lgan yerlarning turli tabiiy – iqtisodiy sharoitlardagi nisbiy foydaliligini aniqlash tushuniladi.
Yerni iqtisodiy baholash, ishlab chiqarish hajmini rejalashtirish, qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishini optimal joylashtirish va zona, viloyat ayrim korxonalarni ixtisoslashtirish, narxlarni va soliq solishni differensiatsiya qilish, korxonalar, xo`jalik hisobidagi bo`limlarning xo`jalik faoliyatlari natijalarini baholash va jamoalarni rag`batlantirish uchun zarurdir.
Yerning sifatini iqtisodiy baholash yalpi mahsulotning qiymati, sof foyda, asosiy ekinlarning hosildorligi, ozuqa birliklarining chiqishi, har bir gektar yerning tannarxi va xarajatlari bo`yicha o`tkaziladi.
Yerning nisbiy qiymatini mehnat va ishlab chiqarish vositalari teng sarflangan asosiy ekinlar hosildorligiga ko`ra aniqlash eng asoslangan hisoblanadi.
Eng yaxshi yerlar 100 ball baholanadi. Xo`jalikning gektaridan eng ko`p miqdorda mahsulot bergan yerlari mazkur xudud uchun etalon sifatida qabul qilinadi.
Yerni iqtisodiy baholash uchun quyidagi formula qo`llanadi:
B q YA x 100 : E
bunda:
B – baholanayotgan yer bali;
YA – yalpi mahsulotning bir gektar yer hisobidan olingan qiymati, so`m;
E – yalpi mahsulotning xo`jalikdagi etalon gektar hisobidan olingan qiymati, so`m.
Yerni baholashda asosiy o`lchov birligi qilib ekilayotgan ekinlarning hosildorligi qiymat ifodasida qabul qilindi.

9.4.Qishloq xo`jaligida mehnat resurslari

Qishloq xo`jaligining mehnat resurslari qishloq xo`jalik korxonalarining mavjud mehnatga qobiliyatli aholisidir.
Mehnat resurslariga 16 dan 60 yoshgacha bo`lgan erkaklar va 16 dan 55 yoshgacha bo`lgan xotin - qizlar, shuningdek pensiya yoshidagi xodimlar hamda o`smirlar kiradi.
Mehnat resurslaridan foydalanish ko`p sabablarga: yer bilan ta`minlanganlikka, qishloq xo`jalik ishlab chiqarishining mavsumiyligiga, tabiiy sharoitga, xo`jalikning ixtisoslashuviga, tarmoqlarning strukturasiga, qishloq tumanlarida sanoatning rivojlanish darajasi va hokazolarga bog`liq. Qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishida asosan ishga qobiliyatli 16 yoshdan 60 yoshgacha kishilar mehnat qiladi.
Qishloq xo`jaligi mahsulotlari yetishtirish rejasini muvaffaqiyatli bajarilishi ish kuchlarining tarmoqlarga to`g`ri biriktirilishiga bog`liq. Qishloq xo`jaligi korxonalari tajribasi ish kuchlari yetarli bo`lishiga qaramay, ular tarmoqlarga o`z vaqtida to`g`ri biriktirib qo`yilmasligi natijasida ba`zan ish kuchlari yetishmaslik hollari sodir bo`lishini, chetdan ishchi yollashaga ham to`g`ri kelganligini ko`rsatdi. Agar qishloq xo`jaligi korxonalarida o`z ish kuchlaridan to`g`ri foydalanilsa chetdan ish kuchi yollash u yoqda tursin, aksincha, ish kuchlari ortib, ularni boshqa, yangi tarmoqlarni rivojlantirishga, qurilishlarga safarbar qilish mumkin. Shuning uchun qishloq xo`jalik korxonalari yilning boshida o`z ishlab chiqarish tarmoqlarini puxta o`rganib, ular ishini to`g`ri rejalashtirib, talab qilinadigan ish kuchlarini aniqlashlari va dehqonchilik, chorvachilik, yordamchi korxonalar, ma`muriy ishlar uchun ish kuchlarini to`g`ri biriktirishlari, ya`ni mehnat balansi tuzishlari kerak.
XULOSA

Jahon banki hisob-kitoblariga ko‘ra, O‘zbekiston paxta va bug‘doy maydonlarini qisqartirish, masalan ularni 50 foizgacha kamaytirish qishloq xo‘jaligi yalpi mahsulotining 51 foizga, qishloq xo‘jaligida bandlikning 16 foizga, suv tejamkorligining 11 foizga oshishiga olib keladi.


Mazkur yerlarni yanada daromadli ekinlar ekishga qanchalik tez o‘tkazish kerak? Bu jarayon bosqichma-bosqich bo‘lishi va qo‘shni tarmoqlardagi o‘zgarishlar bilan uyg‘unlashtirilishi lozim. Masalan, meva va sabzavot yetishtirish uchun yerni qayta taqsimlash davlatning ichida va uning bojxona chegaralarida agrologistikani takomillashtirish bilan bir vaqtda sodir bo‘lishi zarur. Bu, o‘z navbatida, tez ayniydigan meva-sabzavot mahsulotlarini fermerlardan mahalliy iste’molchilarga va xalqaro bozorga tezkor ravishda yetkazishni ta’minlaydi.
Aks holda meva va sabzavotlarni qayta ishlab chiqarishdan olingan foyda bug‘doy va paxta sotishdan olingan foydadan kam bo‘lib qoladi.
Hozirgi zamon fan va texnikasining rivojlanishi eng yuqori darajasiga ko`tarilganligi bilan amalda sanoat korxonalarining biosferaga zaharli ta`sirini butunlay yo`q qilish mumkin bo`lmay qoldi. Qisqa vaqt ichida ishlab chiqarish korxonalaridan tarqalayotgan zaharli chiqindilar miqdorini kamaytirish, faqatgina katta quvattdagi texnik tozalash uskunalari yordamida bajarilishi mumkin. Texnologiyani o`zgartirish, texnik tozalash, shaharsozlik va huquqiy tadbirlar hozircha atrof-muhit muhofazasi muammolarini oxirigacha hal etolmaydi. Yer va suvga nisbatan davlat mulkchiligi saqlangan holda ulardan yil davomida to‘liq va samarali foydalanish huquqi jismoniy hamda yuridik shaxslarga uzoq muddatga hamda umrbod berilmoqda.
Ulardan tO‘liq va samarali foydalanganlik darajasini ma’lum bir ko‘rsatkichlar tizimi yordamida tahlil yetish lozim.
Keyingi yillarida yerlardan, suvlardan foydalanishning samaradorligi talab darajasida yemas. Sababi – yerlarning irrigatsiya-melioratsiya holati yomonlashayotganligi, ilmiy va amaliy jihatdan asoslangan almashlab yekish tO‘liq joriy yetilmayotganligi, sug‘orish inshootlarining ishga yaroqlilik holati pasayishi, yer va suvlardan samarali foydalanganlik uchun rag‘batlantirishning sustligidir.
Kelajakda yer va suv resurslaridan foydalanish darajasini hamda iqtisodiy samaradorligini oshirish uchun tuproq unumdorligini, suvning sifatini yaxshilashga qaratilgan barcha tadbirlar O‘z vaqtida, sifatli bajarilishini ta’minlash zarur.
Mamlakat miqyosida yer-suv monitoringi va kadastrlari talab darajasida amalga oshirilishini ta’minlash kerak.
O’zbekistonda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning birinchi bosqichida Qishloq xo’jaligini isloh qilishga ustunlik byerildi. Chunki respublika sanoatining ko’pgina tarmoqlarini, jumladan, paxta tozlasha, to’qimachilik, yengil sanoatni oziq-ovqat, kimyo sanoatini qishloq xo’jalik mashinasozligining va boshqalarni rivojlantirish istiqbollari bevosita qishloq xo’jaligiga bog’liqdir.
Shu bilan bir qatorda O’zbekiston aholisining va foizdan ortig’i qishloq joylarida yashaydi. Shuning uchun ham barcha tashvish va muammolarni echish qishloq xo’jaligini isloh qilishdan boshlanadi. Ayniqsa, qishloq xo’jaligida band bo’lgan odamlarni barchasiga yyer, suv va texnika vositalarini yetkazib byerish ham dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Yyer esa har bir xalqning asosiy boyligidir. Agar yer sanoat ishlab chiqarishning imoratlari turadigan oddiy bir baza bo’lsa, qishloq xo’jaligida asosiy ishlab chiqarish vositasi hisoblanadi, ya’ni yerga ishlov byerish yo’li bilan ishlab chiqarishga ta’sir etib, undan hosil yetishtirib oladilar. Yer bir paytda ham mehnat predmeti sifatida ham mehnat quroli sifatida qishloq xo’jaligida yuzaga chiqadi.
Mehnat predmeti sifatida yuzaga chiqganda yer mehnat yo’naltirilgan ob’ekt bo’ladi. Mehnat quroli sifatida yuzaga chiqqanda, yerga zarur biologik sharoitlarni tug’dirish natijasida o’simlik rivojlaniladi.
Qishloq xo’jaligida yerdan foydalanishda tuproqning eni yuqorigi qatlamidan foydalaniladi, ya’ni ma’lum darajada fizik-ximiyaviy xossalarga ega bo’lgan qatlamlaridan foydalaniladi. Tuproqning unumdorligi qanchalik yaxshi bo’lsa, hosildorlik shuncha yuqori bo’ladi. Tuproqnnig unumdor bo’lishi esa undagi ozuqa moddalarining miqdoriga sharoitiga qishloq xo’jaligida ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasiga fan-texnika yutuqlarini ishlab chiqarishga tatbiq etishga bevosita ta’sir ko’rsatuvchi kishilar mehnatiga bog’liq.
Tuproq unumdorligigi quyidagi turlardan iborat.
1. Tabiiy va ozuqaviy ya’ni iqtisodiy
2.Potensial – ya’ni foydalanish mumkin bo’lgan.
1) Tuproqning tabiiy unumdorligi uning paydo bo’lishida uzoq davom etadigan jarayonlar natijasida vujudga keladi. U tuproqning fizik, ximik va biologik xossalarida iqlim sharoitlari bilan belgilanadi. Tabiiy unumdorlik ob’ektiv xususiyatdir. U aksariyat ya’ni potensial unumdorlik holatida bo’lib, qishloq xo’jaligida ishlab chiqarishda yerdan foydalangan vaqtdagina samarali natija byeradi.
Yerning o’ziga xos xususiyatlari quyidagilarda ifodalanadi:
a)Yerni ishlab chiqarish vositasi sifatida ishlab chiqarish vositasi bilan almashtirib bo’lmaydi.
b) yerdan to’g’ri foydalanisa, u hech qachon eskirmaydi, aksincha, yerga qancha yaxshi ishlov byerilsa, yer yaxshilanib boradi, hajmi ko’payib boradi.
v) yer insoniyatni barcha avlodalari uchun abadiy ishlab chiqarish vositasidir.
g) yer-tabiat mahsuli
d) yerni bir joydan ikkinchi joyga ko’chirib bo’lmaydi.
e) yer tabiatda chegaralangan. Uni insoniyat xoxlaganda ko’paytirish imkoniga ega emas. Demak, yagona to’g’ri yo’l – mavjud yer resurslaridan samarali foydalanishdir.
Lekin, sanoatning o’sishi, kommunikasiyaning o’sishi aholining ko’payishini tabiiy holda birikishiga to’g’ri keladigan yer maydonining qisqarishiga olib keladi. Ayrim hollarda esa insoniyat yerdan to’g’ri foydalanmasligi oqibatida yerning ketishiga ham olib keladi.
Taraqqiyotning tuproq yeroziyasi sho’r bosish kabi salbiy oqibatlarni kamaytirish uchun har bir davlatning va yerdan foydalanuvchilarinng muhim vazifasidir.
Ta’kidlab o’tilganldarning barchasi mavjud yerlardan qaysi turlarini joylashtirish turlaridan foydalanish va ishlab chiqarishning hajmini qanday bo’lsin maqsadga muvofiqligi inkor yetib bo’lmaydigan talablarni keltirib chiqarar.
Yerning jamiyatdagi ahamiyati nihoyatda beqiyosidir, unda aholi yashash uchun binolar, uy-joylar quriladi. Xalq xo’jaligi uchun inshootlar, korxona, muassasa, o’quv binolari, ilmiy-ishlab chiqarish tashkilotlari lar quriladi.


Yüklə 195,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə