Qollash bo`yicha bayon qilish va boshqarish



Yüklə 71,11 Kb.
tarix10.06.2023
ölçüsü71,11 Kb.
#116579
Metodika tushunchasi


Metodika - ta'lim tizimida kuyidagi predmetning ahamiyati va urni, uning vazifalari va ta'lim mazmunini aniklab beradi. Shu predmet yuzasidan ta'lim usullari, shakllari va vositalaridan qanday foydalanish va boshkarilishiga izoh keltiradi Quyidagi o`quv predmetning ahamiyati va uning ta'lim tizimidagi o`rnini belgilash uyidagi o`quv predmetni o`qitish vazifalarini aniqlash.quyidagi o`quv predmetni o`qitish mazmunini aniqlash
qollash bo`yicha bayon qilish va boshqarish.
Atrofdagi tabiatni, inson hayot kechirayotgan jamiyatni va insonning o‘zini, uning faoliyat ko‘rinishlarini ilmiy tahlil etish va bilish intellektual faoliyatning eng oliy shaklidir. Bu faoliyat oddiy bilishdan, ya’ni kundalik xayot ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan bilish istagidan, birinchi navbatda, o‘z maqsadi va tizimli ravishda amalga oshirilishi bilan tubdan farq qiladi. Ikkinchidan esa, ilmiy bilish jarayonida maxsus vosita va usullarga murojaat qilinadi.
Fan sohasida qo‘llaniladigan bilishning vosita va amallari umumlashmasi ilmiy tadqiqotlar metodini tashkil qiladi. Tadqiqot metodi, albatta, o‘rganish uchun tanlangan ob’ektga monand tarzda turli xil bo‘lishi mumkin. SHuning bilan birgalikda, tadqiq metodining tanlanishi tadqiqotchining borliqqa (ob’ektga) bo‘lgan munosabati bilan ham belgilanadi. Keyingisi alohida e’tiborga loyiq, chunki ilmiy tadqiqot yoki ilmiy tafakkur metodologiyasini belgilaydi.
Bilish jarayoni bevosita aniq va konkret metodlarni talab qiladi, ularning yig‘indisi esa ushbu fanning tadqikot metodikasini tashkil qilib, maxsus-ilmiy metodologiyaning ma’lum bir pog‘onasi hisoblanadi. Ilmiy tadqiqot ishlariga kirishishdan avval, uning metodlarini, shakllarini, vositalarini to‘g‘ri tanlab olish va metodikani ilmiy jihatdan asoslash lozim
Metodologiya inson bilish faoliyatining vositalari, maqsadi va nazariy asosini aniqlab beradi. Metodologiya doirasida tadqiqotchi voqelikdagi turli hodisalarni tahlil qilish tamoyillarini tanlaydi, tadqiqot jarayonida erishilgan natijalarni o‘rganish va baholash usullaridan foydalanadi. «Falsafa» qomusiy lug‘atida metodologiya tushunchasi ikki yo‘nalishda ta’riflanadi:
Metoddan tashqari ijtimoiy pedagogikada “usul” va “vositalar” tushunchalari qo’llaniladi. Usul metodning ifodasi sifatida tushunilib, metodga nisbatan xususiy, bo’ysunuvchan xarakterga ega. Aslida har bir metod amaliyot tomonidan to’plangan, nazariya tomonidan umumlashtirilgan usullar majmuasi orqali amalga oshiriladi.
Ijtimoiy pedagogning u yoki bu usulni qo’llashi aniq ijtimoiy pedagogik vaziyatga, bola xulq – atvoriga, zahiradagi usullarga bog’liq vosita usul va metoddan ko’ra kengroq tushuncha hisoblanadi. Chunki usul va metod faqatgina muayyan holatlarda vosita vazifasini bajarishlari mumkin. Vositalar – ijtimoiy pedagog tomonidan oldiga qo’yilgan maqsadga erishishi uchun qo’llanadigan moddiy, emotsional, aqliy va boshqa shartlar majmuasidir.
Vositalar o’z mohiyatiga ko’ra faoliyat usullari hisoblanishmaydi, faqatgina biror-bir pedagogik maqsad (masalan, o’yin, suhbat, disput, konferentsiya, trening va boshqalar)ga etishishi uchun qo’llanilganida faoliyat usuliga aylanishadi.
Ba’zi olimlar ijtimoiy pedagogika metodlarini umumiy pedagogika metodlariga mos qilib tasniflashadi:
ishontirish;
talab qilish;
hikoya;
suhbat va bahs;
jazolash va maqtash
Shunday qilib, ijtimoiy pedagogik faoliyat metodikasi ijtimoiy pedagogik faoliyat shakllari, metodlari, vositalari va nazorati mazmunining majmuasi hisoblanadi. Turli metodlarning maqsadga muvofiq birikishi ijtimoiy pedagogik texnologiyaning mohiyatini tashkil qiladi.
Shunday qilib, ijtimoiy pedagogik faoliyat metodikasi ijtimoiy pedagogik faoliyat shakllari, metodlari, vositalari va nazorati mazmunining majmuasi hisoblanadi. Turli metodlarning maqsadga muvofiq birikishi ijtimoiy pedagogik texnologiyaning mohiyatini tashkil qiladi.
“Ijtimoiy pedagogik texnologiyalar” tushunchasi “pedagogik texnologiya” va “ ijtimoiy texnologiya” tushunchalaridan kelib chiqqan.
Pedagogik texnologiya ikki sohada o’z ildizlariga ega. Birinchisi, texnik fanlar o’quv jarayonining effektivligini oshirishga yordam beruvchi texnik vositalarni qo’llash va ishlab chiqish. Ikkinchisi, ijtimoiy fanlar hisoblanadi.
80-yillar o’rtalarida pedagogik amaliyotda Sh.A.Amonashvili (ijtimoiy-shaxsiy texnologiya), V.P.Bespalko (dasturlashtirilgan ta’lim texnologiyasi), S.N.Lo’senkova (istiqbolli ta’lim) va boshqalarning pedagogik texnologiyalari, V.A.Karakovskiy, N.E.Selivanova, N.I.Hurkova va boshqalarning pedagogik tarbiya tizimlari umum tan olindi. “Pedagogik texnologiyalar” o’quv fani professional pedagoglarni tayyorlash dasturiga kiritildi.
Ijtimoiy texnologiyalar” tushunchasi sotsiologiyada vujudga kelgan va ijtimoiy jarayonlarning rivojlanishi asosi bo’lgan natijalarni dasturlash imkoniyati bilan bog’liq. Ijtimoiy texnologiyalarning turlaridan biri ijtimoiy ish texnologiyalari bo’lib, ular ijtimoiy pedagogik texnologiyalarga juda yaqin, chunki yuqorida ta’kidlagandek, ijtimoiy pedagog va ijtimoiy ishchi faoliyatining jihatlari ko’p.
Ijtimoiy pedagogik texnologiya ijtimoiy va pedagogik texnologiyalarni birlashtiruvchi texnologiya hisoblanadi. Ijtimoiy pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish imkoni ijtimoiy pedagogik faoliyatning o’z tuzilishiga ega ekanligiga bog’liq. Ijtimoiy pedagogik faoliyat maqsad va vazifalarni aniqlashdan boshlanadi. Bularni mutaxassislar echishlari lozim, ya’ni bolada muomala ko’nikmalarini shakllantirish, unga yangi muhitga ko’nikishga yordam berishdir va boshqa maqsadlar o’z navbatida faoliyat mazmuni, uning amalga oshirish metodlari va uni tashkillashtirish shakllarini aniqlab beradi.
Hozirgi kunda pedagogik texnologiyalar deganda insoniyat va texnik zahiralardan foydalanishi orqali o’quvchilarning ta’lim-tarbiya jarayonlarini rejalashtirish, bahslash metodlari tushuniladi. Pedagogikada texnologik yondoshuvning maqsadi barcha maqsadlarga erishish kafolatlangan ta’lim – tarbiya jarayonini tashkil qilishdir. Pedagogik texnologiyalar pedagogik jarayonning barcha boshqariladigan tarkibiy qismlarini tizimli tahlil qilish, nazorat qilishni ko’zda tutadi.
Yüklə 71,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə