Qozon qurilmalari


Issiqlik elektr stansiyalarda qo’shimcha moslamalar ta'mirlash



Yüklə 16 Mb.
səhifə111/121
tarix04.06.2022
ölçüsü16 Mb.
#88721
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   121
kurs ishi

9.3. Issiqlik elektr stansiyalarda qo’shimcha moslamalar ta'mirlash


  • Kondensat va sirkulyasiya nasoslarini ta'mirlash asosan ishchi g’ildiraklarni, yo'naltiruvchi apparatlarni, zichlovchi halqalarni, o'qning salnikli zichlamalarini, podshipniklarni ko'rikdan o'tkazish va ta'mirlashdan iborat.Nasosning ishchi g’ildiragi erroziya natijasida emirilishi mumkin. Bu esa nasosning ish

  • unumdorligini pasayishiga olib keladi. Bazi hollarda esa g’ildirakni yorilishiga olib kelishi mumkin, shuning uchun ularni almashtirish kerak. Zichlo vchi halqalar odatda rotor titragani uchun ishqalanish natijasida emiriladi.Bronza halqalarining uncha katta bo'lmagan shikastlanishlarini payvanlash yordamida bartaraf qilish mumkin. Bunda latun simdan yoki bronzadan payvandlagan joyini tozalab g’adir – budurlari ketkaziladi. Nasos o'qi ifloslik va zanglardan tozalanib, sinchkovlik bilan tekshiriladi.Agarda nasos ishlayotganda podshipniklarning titrashi aniqlangan o'qning egilishini tekshirish kerak va u egilgan bo'lsa to'g’rilash kerak bo'ladi. Agarda o'q emirilgan bo'lsa uni yangisi bilan almashtiriladi.Nasos sochib tashlangandan so'ng, uning detallari, ayniqsa ishchi disklar, yo'naltiruvchi apparatlar, o'q, zichlovchi qurilmalar va podshipniklar ko'zdan kechiriladi. Rotor detallari va nasos korpus orasidagi radial oraliqni o'lchash zarur.

  • O'qni podshipniklarga joylashtirilgandan so'ng, ishchi g’ildiraklar va yo'naltiruvchi apparatlar orasidagi radial oraliq tekshiriladi. Bu oraliqlar zavod ma'lumotlariga to'g’ri kelishi kondensatorlarni normal ishlashining buzilishi, asosan, quvurlarning ifloslanishi, hamda suv va havozichligini buzilishi natijasida ro'y beradi. Shuning uchun kondensatorlarni ta'mirlashda quvurchalarni tozalash, uning bug’ fazasiga havo va suvning so'rilishi bartaraf etish amalga oshiriladi.Kondensatorlarni tozalash ikki turga mexanik va ximik tozalash usullariga bo'linadi: Mexanik tozalash sochli kirki shompollar yordamida amalga oshiriladi. Quvurchalarni bunday usulda tozalash juda ko'p vaqtni va kuchni oladi, ayniqsa tuzlarning qattiq qoldiqlari mavjud bo'lganda quvurchalarni mexanik tozalashda rezina shariklarini ishlatish mumkin. Shariklarni katta havo yoki suv bosimi yordamida quvurlar ichidan o'tkaziladi. Kondensatorlarining quvurlarini tozalashning samaraliusuli bu kimyoviy tozalashdir. Kimyoviy

  • tozalashdaquvurchalar kaustik soda aralashmasi, yoki tuz kislatasi aralashmasi yordamida yuviladi. Yuvishning u yoki bu usuli quvurlardagi ifloslanish xarakteriga bog’liq bo'lib kimyo laboratoriyasi tomonidan aniqlab beriladi.

  • Soda aralashmasi yoki kislota aralashmasi maxsus idishlarda tayyorlanib kondensatorga quyilgandan so'ng 60 – 650S gacha qizdiriladi. Aralashma yaxshi aylanishi uchun maxsus nasos o'rnatiladi. Kondensatorni yuvish 4 – 5 soat davomida aralashma konsentrasiyasi pasaygunga qadar davom etadi.Regenrativ qurilmalarni ta'mirlashda quyidagi ishlar ko'zda tutiladi: issitgichlarni, nasoslarni armaturalarni echish va tozalash, ta'mirlash, presslash va qurilmalarni yig’ish.Regenrativ qizdirgichlarni bo'laklarga ajratish, suv kaierasini echish va quvur tizimini sug’urib olishdan iborat. Qizdirgichlarning quvurini tozalash, quvur tizimining konstruktiv hususiyatlariga bog’liq holda turli ravishda amalga oshiriladi. To'g’ri quvurli qizdirgichlarda tozalash latta o'ralgan shompollar yoki soch kirpilar yordamida amalga oshiriladi. Quvurlar tozalagandan keyin ularni to'yingan bug’ yordamida puflash kerak bo'ladi. U –simon quvurlarni tozalash uchun ularni siqilgan havo va to'yingan bug’yordamida puflash amalga oshiriladi. Ko'rik natijasida ishdan chiqqan va shikastlangan quvurlarni olib tashlab, yangisi bilan almashtiriladi.Quvurlar almashtirilgandan so'ng, quvur tizimini gidravlik sinovdan o'tkaziladi.Regenrativ qizdirgichlarni ta'mirlash bilan birgalikda turbinalardan qizdirgichlargacha bug’ni olish quvur o'tkazgichlaridagi yopish surma qopqoqlarini teskari klapanlarini bo'laklarga bo'lish, ko'zdan kechirish va ta'mirlash amalga oshiriladi. Deaeratorlarni ta'mirlash asosan ularning yuzasini zanglardan tozalash va sochuvchi qurilma detallari holatini tekshirishdan iborat. Deaeratorlar yuzasini zanglashdan saqlash uchun ularni korroziyadan saqlovchi tarkib bilan qoplash kerak bo'ladi.


  • Yüklə 16 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   121




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə