Qоzоqbоy yO‘ldоshеv, vаlijоn qоdirоv, jаlоlbеk yO‘ldоshbеkоv



Yüklə 3,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə186/191
tarix26.10.2023
ölçüsü3,46 Mb.
#132379
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   191
9-sinf Adabiyot darslik (yangi)

Savol va topshiriqlar:
1.
„O‘zimni unutgayman olis yo‘lga tushganda“
shaklidagi e’tirof 
tabiatan kurashchan qahramonning qaysi jihatlarini aks ettiradi
deb o‘ylaysiz?
2.
„Egarda tug‘ilgandim, O‘lmoqdaman kishanda“
satrlari
zamiridagi hayotiy va badiiy ma’nolarni ifodalashga urining. 
3.
„Tongda meni it kabi qiladilar sazoyi“ 
deyilishi sababini izoh-
lang.
4. „
Horib terlagan otning hidini unutgayman, So‘g‘ishlar urhosini


363
unut gayman zindonda“
misralariga asoslanib qahramon hayot 
tarzi haqida so‘zlang. 
5.
 „Yalang‘och qilichdaydim, zang bosadi tig‘imni“
satrlari
zamiridagi ulkan anduhni izohlang va uning ifodalanish tarziga 
e’tibor qarating. „Yalang‘och qilich“, „zang bosgan tig‘“ tashbih-
larining ildizlarini to ping. 
6.
„Chalajon bir ilonday tomog‘imda yuragim“ 
satrida aks etgan
ruhiy holat haqida o‘ylang. Chalajon ilon bilan bezovta yurak 
timsollarini qiyoslang.
7. Lirik qahramonning: 
„E yo‘q, Mening yuragim pati yulingan 
shunqor“
, degan e’tirofini sharhlang.
8.
„Hayhot, dashtda oy suzar Barxanlarni qiyalab“
tasviri qaysi 
yurt manzaralarini ko‘z oldingizga keltirganini aytib, bu
tasvirning vazifasini tushuntiring.
9. She’rning so‘nggi bandidagi tasvirni izohlang. Tutqun dardining
miqyosi, fojiasining balandligi bilan turmushning shafqatsiz 
oddiyligi o‘rtasidagi ziddiyatga e’tibor qiling.
10. Botir qo‘liga 
„nonday qo‘ngan oy“
tasviri sizda qanday
tuyg‘ular uyg‘otganini ayting.
ТuNGi ТaQQOslar
(Sirojiddin Sayyid tarjimasi)
Sen — asalsan go‘yo, 
esladimmi — tishlar sirqirar,
Sen — bir hazil,
ki dastingdan yurak zirqirar.
Men faqirman, kim ham xafa qilardi!
Do‘zax ko‘rdim, endi jannat istar dil.
Eh, nechun boshqalar seni sevadir,
sevmagin, o‘, ular odammas axir.
Kishnaydi, kishnab yo‘q qilar,
ular odam emas, ular – ayg‘irlar!
Тillarim tishlarni sindirganida,
ko‘zim kipriklarni kuydirganida,


364
Ayt, barchasin ko‘rib turib, dosh berib,
tag‘in 
odam deya sanalmoqqa qolurmi haqqim?
Тunlar qurbaqalardek bo‘zlamaslikning 
aytgin chorasin.
Men seni sevaman
beva — faryodni,
baliq — daryoni,
tulpor — keng yaylovni sevsa qanchalik.
Men seni sevaman
noshud — shuhrat-shonni,
quyosh — sof osmonni sevgani yanglig‘.
Sen — ziqnasan, senga yashash oson,
menga rizqin tutdi hatto gado ham,
go‘yoki go‘dakka sut bergan kabi.
O‘, men nomard, Xayyom bo‘lsaydim agar,
O‘, men nokas, Hofiz bo‘lsaydim agar,
O‘, Mahambet bo‘lsaydim agar
murodimga yetardim balki!..
Faqat, barcha she’rlar yozib bitilgan.
Shunday sevgandilar tog‘-u dashtda ham,
Shunday sevgandilar quvnab, qon yutib,
O‘zgacha sevish ham mumkinmi yoki?..
Men seni sevaman, 
O‘zim sevganday.



Yüklə 3,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə