Qоzоqbоy yO‘ldоshеv, vаlijоn qоdirоv, jаlоlbеk yO‘ldоshbеkоv



Yüklə 3,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə185/191
tarix26.10.2023
ölçüsü3,46 Mb.
#132379
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   191
9-sinf Adabiyot darslik (yangi)

Savol va topshiriqlar:
1.
 „Yilqisi bilan mashhur, Qadim qipchoq yerida“
satrlarida qaysi 
yurt ko‘zda tutilayotganini ayting. 
2.
„Oqib boradi uyur, Kuygan o‘tlar selida“
tashbihini izohlang.
Nega o‘tlar kuygan va ular ne bois selga o‘xshatilayotir deb o‘ylay-
siz?
3.
„Yeldiray misli bo‘ron, Ostin-ustin bo‘lsin yer“ 
ifodasini 
izohlashga urining. 
4.
 „Yellar alanga olsin Arg‘umoqning qonida“
tasvirini tushuntirib 
bering.
5.
 „Qiyoq, alaflar qolsin tuyoqlar to‘zonida“
satrlari zamiridagi
hayotiy va badiiy ma’no haqida mulohaza yuriting.
6. 
„Yashash, kurash nimadir, Bilib qo‘ysin arg‘umoq“ 
satrlarining 
mazmunini izohlang.
7.
„Jasorat bizga taqdir, guldirab ketsin so‘qmoq!“
satrlaridan 
qanday badiiy ma’no angladingiz?
8. Sizningcha, she’rdagi arg‘umoq timsoli nimani anglatadi?
9. She’rga chopayotgan arg‘umoqlar shiddatini ko‘chirishda qanday
vositalardan foydalanilganini aniqlang.
10. She’rni yod oling.
MAMbeT bOTIRNING qATL OLDIDAN AYTGANLARI
(Shavkat Rahmon tarjimasi)
„Bismilloh!
O‘zimni unutgayman olis yo‘lga tushganda,
Jang-jadaldan to‘yganman,
Aytsam, ko‘pdir ozorim,
Egarda tug‘ilgandim,


362
O‘lmoqdaman kishanda,
Tongda meni it kabi qiladilar sazoyi.
Horib terlagan otning hidini unutgayman,
So‘g‘ishlar urhosini unutgayman zindonda.
Tongda jismim burdalab, alangaga tutgaylar,
Shon-shuhratin yo‘qotgay boshim bunday vidoda.
Unutgayman xotinlarning titrab-qaqshab turganin, 
Yalang‘och qilichdaydim,
Zang bosadi tig‘imni.
Chalajon bir ilonday tomog‘imda yuragim.
E yo‘q,
Mening yuragim — pati yulingan shunqor.
Unutgayman,
Yagona najotkorim — xudoni,
Unutgayman yong‘inlar, qirg‘inlar ham duoni“.
Hayhot, dashtda oy suzar
Barxanlarni qiyalab,
Moyalarga iliqib yuradir nortuyalar.
Qozoqning qozonida vishillab sut toshadi,
Itlar zerikkanidan bir-birin qonga bo‘yar,
Mambet botir zindonda ko‘kka qarab yotadi,
To‘lin oy-chi botirning qo‘liga nonday qo‘nar.


Yüklə 3,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə