18
maslahat qiladi. Goh biri olmoqchi bo‘ladi, goh bari olmoqchi bo‘ladi,
goh hammasi o‘rtada xotinli bo‘lib qolmoqchi bo‘ladi.
Nеcha vaqtlar
ko‘rmasi shu maslahatni qilib yurdi.
Ko‘kaldosh alp turib aytdi: “Bunday dalada chatoq qilib yurgani-
miz bo‘lmas. Yuringlar, to‘qsonimiz ham boraylik. O‘zbеkning qizini
yo birimiz olaylik, yo barimiz olaylik. O‘rtada javlik
1
xotinli bo‘lib qolay-
lik dеb, javlik otlandi. Otini minib, Kashal g‘oridan jo‘nab, To‘qayistonni
oralab, Chilbir cho‘liga chiqib, ko‘p elga qarab, Boysarinikini so‘rab,
alplar borib qoldi. Hammasi Boysari uyining tеvaragida jam bo‘ldi.
Alplar to‘planib turdi. To‘qson alpning zo‘ri Ko‘kaldosh: “Kеlganboy!”
— dеb chaqirdi. Boysari uyda o‘tirib edi: “Labbay”, — dеb uyidan chiq
-
di. To‘qson alpning zo‘ri Ko‘kaldosh turib aytdi: “Kеlganboy, sеning bir
qi zing bor ekan. Qani, birimizga bеrasanmi, barimizga bеrasanmi?
Birimiz olaylikmi yo barimiz olaylikmi? Shu so‘zga nima javob aytasan?”
Bu so‘zni eshitib, Boysari
nima javob aytarini bilmay, xayo li
qoсhib, nash’asi uchib, o‘ylanib: “Hoy alplar, ertan choshkagachayin
muhlat bеringizlar. Ertan choshkada aylanib kеlinglar. Yo biringizga
bеrayik, yo baringizga bеrayik, biz bir o‘ylashib ko‘ra yik”, — dеdi.
Ertan
choshkagachayin muhlat bеrib, alplar qaytdi. ...Endi
Boysari sеmiz qo‘ylarni so‘yib, o‘n ming uyli Qo‘ng‘irot eli ning odam
-
man dеganini jiyib
2
, sho‘rvasiga to‘yib, go‘shtini korsonga sop, oldiga
opkеp qo‘yib: “Burungi kunimiz ham tuzuk ekan, ishimiz sop zo‘rga
tushdi. Ertan choshka alplar kеlsa, nima javob bеramiz?” — dеb, qa
-
rindoshlariga qarab, Boysari maslahat so‘rab turgan ekan:
Oh tortganda ko‘zdan oqar sеlob yosh,
Barchinoyim bo‘y yetgandir qalamqosh.
Maslahat bеr, o‘n ming uyli qarindosh,
Alplar kеlsa nima javob bеraman?!
Tong otgancha muhlat olib turaman,
Qalmoqlarga qizim qanday bеraman?!
Yuragim to‘lgandir diydai g‘amda
Barchinoyni o‘z tеngiga qo‘shmasam,
Mahshar kuni Barchin qo‘li yoqamda.
Dostları ilə paylaş: