R. E. Xoliqova


Mustaqillikning qo‘lga kiritilishi va uning tarixiy ahamiyati



Yüklə 3,89 Mb.
səhifə14/111
tarix25.10.2023
ölçüsü3,89 Mb.
#130791
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   111
ozbekistonning-eng-yangi-tarixi (1)

Mustaqillikning qo‘lga kiritilishi va uning tarixiy ahamiyati


XX asr 90-yillariga kelib jahon va sobiq Ittifoqdosh o‘zgarishlar hamda yuzaga kelgan vaziyat o‘zbek xalqnining mustaqillik uchun bo‘lgan kurash jarayonini tezlashtirib yubordi.
1991-yilning 31-avgustida, o‘n ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining oltinchi sessiyasida Islom Karimov tantanali ravishda O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligini e’lon qildi. U o‘zining tarixiy nutqida quyidagilarni alohida ta’kidladi: «Mamlakat katta falokat yoqasiga, jar yoqasiga kelib qolganini ko‘rib turibmiz. Xalq o‘zining ertangi kuniga ishonchini kundan-kunga yo‘qotyapti. Odamlar o‘zining, oilasining, bola-
chaqasining tinchligiga kafolat istaydi. To‘kis, xotirjam hayot talab qilyapti. Bu istaklar, bu talablar safsatabozlik va va’dabozliklar ostida ko‘milib ketyapti. Bizning xalqimiz sabr-bardosh, yaxshilik, osoyishtalik, boshqa xalqlarga nisbatan xayrixohlik ruhida tarbiyalangan. Bu xalq bugunbizdan himoya talab qilyapti,tinch-totuv hayot, og‘ir mehnatiga yarasha turmush sharoitlari talab qilyapti. Bu – haqqoniy talabdir.
…O‘zbekiston rahbariyati hech qachon, qanday Ittifoq bo‘lmasin, kim bilan Ittifoq bo‘lmasin, qanday sharoit bo‘lmasin, ikkinchi darajali rolga rozi bo‘lmaydi, bunga yo‘l ham qo‘ymaydi. Tenglar ichida teng bo‘lish – xalqimizning asriy orzusidir».
Sessiyada «O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to‘g‘risida» hamda «O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i to‘g‘risida»gi masalalari ham kun tartibiga qo‘yilib, qizg‘in muhokama qilindi.
Oliy Kengash O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi. So‘ngra Respublika Davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi Bayonot qabul qilindi. O‘zbekiston SSR ning nomi O‘zbekiston Respublikasi deb o‘zgartirildi. Mustaqillik belgilangan kun 1-sentabr 1991-yildan boshlab milliy bayram va dam olish kuni deb e’lon qilindi. O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi haqidagi bu hujjatlar o‘zbek xalqining asriy orzusi ro‘yobga chiqqanligining huquqiy ifodasi bo‘ldi.

Yüklə 3,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə