Asosiy tamoyillar
|
Asosiy tamoyillarning mohiyati
|
Iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi
|
Iqtisodiy islohotlar hech qachon siyosat ortida qolmasligi kerak, u biror mafkuraga bo‘ysundirilishi mumkin emas. Buning ma’nosi Shuki, iqtisodiyot siyosatdan ustun turishi kerak. Ham ichki, ham tashqi
iqtisodiy munosabatlarni mafkuradan xoli qilish zarur.
|
Davlat bosh islohotchi, iqtisodiy
o‘zgartirishlarning tashabbuskori
|
Davlat bosh islohotchi bo‘lishi lozim. U islohotlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berishi, o‘zgarishlar siyosatini ishlab chiqishi va uni izchillik bilan o‘tkazishi, jaholatparastlar va konservatorlar
qarshiligini bartaraf etishi shart.
|
Qonunlar va ularga rioya qilish ustuvorligi
|
Qonun va qonunlarga rioya etish ustuvor bo‘lishi lozim. Buning ma’nosi Shuki, demokratik yo‘l bilan qabul qilingan yangi Konstitutsiya va qonunlarni hech
istisnosiz hamma hurmat qilishi va ularga og‘ishmay rioya etishi lozim.
|
Kuchli ijtimoiy siyosat yurgizish
|
Aholining demografik tarkibini hisobga olgan holda kuchli ijtimoiy siyosatni o‘tkazish. Bozor munosabatlarini joriy etish bilan bir vaqtda aholini ijtimoiy himoyalash yuzasidan oldindan ta’sirchan choralar ko‘rilishi lozim. Bu bozor iqtisodiyoti yo‘lidagi eng dolzarb vazifa bo‘lib keldi va bundan
keyin ham Shunday bo‘lib qoladi.
|
Bozor iqtisodiyotiga bosqichma – bosqich o‘tib borish
|
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish ob’ektiv iqtisodiy qonunlarning talablarini hisobga olgan holda, o‘tmishdagi «inqilobiy sakrashlar»siz, ya’ni evolyusion yo‘l bilan, puxta o‘ylab, bosqichma-bosqich amalga
oshirilishi kerak.
|
Jahonda umume’tirof etilgan rivojlanishning «o‘zbek modeli» jahon iqtisodiyotida yuz berayotgan inqirozli holatlarga qaramay, 2012-yilda mamlakatimiz iqtisodiyotini o‘stirishning yuqori sur’atlari barqarorligi va makroiqtisodiy muvozanatni to‘la ta’minladi. Xususan, o‘tgan yilda
mamlakatimiz YAIMning o‘sishi 8,2 foizni, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi o‘sishi 7,7 foizni, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtirish hajmi o‘sishi 7,0 foizni tashkil etdi. Davlat byudjeti YAIMga nisbatan 0,4 foiz miqdorida profitsit bilan ijro etildi. Inflyasiya darajasi belgilangan prognoz ko‘rsatkichidan oshmadi.
Taraqqiyotning o‘zbek modeli yuksak zamonaviy texnika va texnologiyaning mavjudligi, ishlab chiqarishning industrial tavsifi, rivojlanishda axborot texnologiyalarining o‘rni va ahamiyatining yuqoriligi, xizmat ko‘rsatish sohasining muttasil o‘sib borishi, iqtisodiy o‘sishning intensiv yo‘li ustuvorligi, iqtisodiyotning ochiqligi, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, raqobat muhitini yaratish, erkin tadbirkorlikka keng yo‘l ochish orqali bozor munosabatlarini chuqurlashtirish, iqtisodiyotning ijtimoiy yo‘naltirilganligi, xalq farovonligining izchil yuksalishi, milliy iqtisodiyotning global iqtisodiyot bilan integratsiyalashuvining kuchayishi tendensiyalari bilan tavsiflanmoqda.
Taraqqiyotning o‘zbek modeli qotib qolgan statik tushuncha emas, albatta. Uning xarakteri va shakl-shamoyilini belgilaydigan asosiy tamoyillar saqlanib qolgan holda doimo yangi vazifa va qoidalar bilan boyitilib, takomillashtirilib borilmoqda4.
Shunday qilib, O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘li nazariy va amaliy jihatdan puxta belgilab olindi. Bu barcha tamoyillar demokratik va iqtisodiy qayta o‘zgartishlar jarayonlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun hal qiluvchi ahamiyat kasb etib, hayot sinovidan o‘tdi.
Dostları ilə paylaş: |