R. E. Xoliqova


O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi, uning tarixiy ahamiyati



Yüklə 3,89 Mb.
səhifə21/111
tarix25.10.2023
ölçüsü3,89 Mb.
#130791
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   111
ozbekistonning-eng-yangi-tarixi (1)

4. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi, uning tarixiy ahamiyati


O‘zbekiston mustaqillikni qo‘lga kiritilgach, tabiiy ravishda davlat mustaqilligi va suverenitetini Konstitutsiya asosida mustahkamlash zarurati yuzaga keldi.
O‘zbekistonning yangi Konstitutsiyasini tayyorlash g‘oyasi dastlab Islom Karimov tomonidan 1990-yilning mart oyida ilgari surildi. 1990- yil 20- iyun kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Oliy Kengashining II sessiyasida yangi Konstitutsiya ishlab chiqish lozim, degan xulosaga kelindi. Sessiya O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov boshchiligida 64 kishidan iborat Konstitutsiya loyihasini tayyorlash bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Komissiya tarkibiga Oliy Kengash deputatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar vakillari, davlat, jamoat tashkilotlari va xo‘jaliklarning rahbarlari, olimlar, mutaxassislar kiritildi.
Konstitutsiyaviy komissiya O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini ishlab chiqish ustida 2,5 yil ishladi. Konstitutsiya loyihasini ishlab chiqishda konstitutsiyaviy rivojlanishning jahon tajribasi o‘rganildi, inson huquqlari, demokratiya va qonunchilik sohasida jahonda qo‘lga kiritilgan yutuqlar hisobiga



4 Холикулова Ҳ,Ю. Мустақиллик йилларида Ўзбекистоннинг ижтимоий-иқтисодий, сиёсий, маънавий- маданий тараққиѐти. (Ўқув қўлланма). –Жиззах, 2020. 57–бет.
olindi. Milliy davlatchiligimizning tajribasi, Amir Temur va boshqa davlat arbobi hamda allomalarimizning davlatni idora qilish sohasidagi g‘oyalari yangi Konstitutsiyaga asos qilib olindi.
Loyihaning dastlabki varianti 1991-yil oktyabr-noyabrigacha tayyorlab bo‘lindi. U muqaddima, olti bo‘limga bo‘lingan 158 moddadan iborat edi. Bu loyiha hali mukammallik darajasidan ancha yiroq edi. Uning ustida yanada jiddiyroq va talabchanlik bilan ishlash zarur edi. 1992- yil bahorida esa loyihaning 149 - moddadan iborat ikkinchi varianti ishlab chiqildi. 1992-yil 26-sentyabrda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi loyihasi umumxalq muhokamasi uchun matbuotda e’lon qilindi. Muhokama 2 oycha davom etdi. Muhokama jarayonida bildirilgan takliflar asosida tuzatishlar kiritilgan loyiha 1992-yil 26- noyabrda matbuotda ikkinchi marta e’lon qilindi. Umumxalq muhokamasi davrida 6 mingdan ortiq taklif va mulohazalar bildirildi, ular inobatga olindi. Birinchi Prezident Islom Karimov O‘zbekiston Konstitutsiyasini ishlab chiqishga rahbarlik qildi va o‘zining katta hissasini qo‘shdi.
Unda mamalakatning Asosiy Qonunini qabul qilish masalasini muhokama qildi. Sessiyada deputatlar loyihaga 80 ga yaqin o‘zgartirish, qo‘shimcha va aniqliklar kiritdilar. Shunday qilib, Shu kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasi «O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini qabul qilish to‘g‘risida», «O‘zbekiston respublikasining Qonstitutsiyasi qabul qilingan kunni umumxalq bayrami deb e’lon qilish to‘g‘risida» va «O‘zbekiston respublikasining Konstitutsiyasini amalga kiritish tartibi to‘g‘risida»gi Qonunlarni qabul qildi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 6 bo‘lim, 26 bob, 128 moddadan iborat. U «Mustaqillik
Deklaratsiyasi», «O‘zbekiston Respublikasi- ning Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi Qonunda mustahkamlangan tamoyillar va g‘oyalarni o‘zida to‘la mujassamlashtirdi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini o‘rganish jarayonida uning mohiyatini ochib beravchi quyidagi asosiy tamoyillarini bilib olishga ahamiyat berish zarur:
O‘zbekiston Konstitutsiyasining birinchi tamoyili - davlat suverenitetidir. 1 - 6-moddalarda O‘zbekiston-suveren demokratik respublika, davlat xalq manfaatlariga xizmat qiladi, mustaqil ichki va tashqi siyosat yuritadi, o‘zbek tili davlat tilidir, deb belgilab qo‘yilgan. Konstitutsiyada davlatning «O‘zbekiston Respublikasi» va «O‘zbekiston» degan nomlari bir ma’noni anglatadi, deb belgilab qo‘yilgan.
Ikkinchi tamoyil - xalq hokimiyatchiligidir. 7- 14-moddalarda xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbayidir, O‘zbekiston xalqini millatidan qat’iy nazar uning fuqarolari tashkil etadi, davlat o‘z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini ko‘zlab amalga oshiradi, deb ko‘rsatilgan.
Uchinchi tamoyil-davlat hokimiyatining uch tarmoqqa bo‘linishidir. O‘zbekiston davlat hokimiyati tizimi hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlariga bo‘linishi qonunlashtirildi.
To‘rtinchi tamoyil-bu demokratiyaga sodiqlikdir. Konstitutsiyada demokratiya va ijtimoiy adolatga sadoqat e’lon qilinadi hamda insonparvar demokratik – huquqiy davlat barpo etish nazarda tutiladi.
Beshinchi tamoyil-Konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligidir. Konstitutsiyaning 15-moddasida «O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so‘zsiz tan olinadi. Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko‘radilar», deb belgilab qo‘yilgan.
Oltinchi tamoyi l-xalqaro andozalar darajasida ifodalangan fuqarolar huquqlari, erkinliklari va majburiyatlarining tengligi va daxlsizligidir. O‘zbekiston fuqarolarining huquqlari muhim xalqaro hujjatlar - «Inson huquqlari butun jahon Deklaratsiyasi», «Iqtisodiy, sotsial va madaniy huquqlar to‘g‘risida xalqaro akt»,
«Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risida xalqaro akt» va boshqalar asosida bayon etilgan.
Konstitutsiyaning 18 - 52-moddalari inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlariga bag‘ishlangan. O‘zbekiston davlati tomonidan fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini oliy qadriyat sifatida tan olingan va ular himoya qilinadi. Konstitutsiya bo‘yicha har bir shaxsning o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilishi kafolatlanadi.
Ettinchi tamoyil - qonuniylikdir. Qonuniylik jamiyatning bir maromda hayot kechirishini, davlat organlarining maromli faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi. Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko‘rgandagina jamiyatda barqarorlik va taraqqiyot bo‘ladi.
Sakkizinchi tamoyil - O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy qoidalarini aniq belgilab qo‘yilganligidadir. Asosiy Qonunning 17-moddasida O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosati aks etgan.
Konstitutsiyada davlat xalqning manfaatlari va xavfsizligini ta’minlash maqsadida boshqa davlatlar bilan ittifoq va do‘stona aloqalar o‘rtanishi hamda davlatlararo tuzilmalarga kirishi va ulardan ajralib chiqishi mumkinligi qonunlashtirilgan.
To‘qqizinchi tamoyil- mahalliy o‘zini - o‘zi boshqarishdir. O‘zbekistonda o‘zbek davlatchiligi rivojining tarixiy tajribasiga tayangan holda mahalliy hokimiyat boshlig‘i bo‘lgan hokim instituti joriy etildi. Viloyatlar, tumanlar va shaharlarda hokimiyatning vakillik organlari xalq deputatlari kengashlari bo‘lib, ularga viloyat, tuman va shahar hokimlari boshchilik qiladilar. Konstitutsiyaning 99 – 104-moddalarida mahalliy davlat hokimiyati asoslari, hokimlarni tayinlash va tasdiqlash tartiblari, ularning vazifalari belgilab berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilgan bu o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining, hukumatning mas’uliyatini kuchaytirishga, jamiyat siyosiy hayotining faollashuviga, saylov tizimining yanada takomillashuviga xizmat qilmoqda.
Konstitutsiya kuchga kirgandan buyon O‘zbekiston Oliy Majlisi tomonidan 800 ga yaqin qonun,17 ta kodeks qabul qilindi, 250 dan ortiq ko‘p tomonlama xalqaro shartnomalar ratifikatsiya qilindi.Ya’ni Asosiy qonunimiz davlat va jamiyatning barcha jabhalarini huquqiy tartibga solishning yaxlit mexanizmini yaratish imkonini berdi.Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy islohotlar tahlili O‘zbekiston tanlagan taraqqiyotning konstitutsiyaviy modeli to‘g‘riligidan dalolat beradi.

Yüklə 3,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə