R. E. Xoliqova



Yüklə 3,89 Mb.
səhifə46/111
tarix25.10.2023
ölçüsü3,89 Mb.
#130791
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   111
ozbekistonning-eng-yangi-tarixi (1)

to‘rtinchidan, davlat ta’lim standartlari va talablari, o‘quv jarayoniga o‘quv rejalari va dasturlarini, ta’lim sohasiga eksperimental va innovatsion faoliyat ta’limni joriy etish bilan bog‘liq masalalar tartibga solingan. O‘qishga qabul qilish, jumladan maqsadli qabul qilish mexanizmi bayon etilgan;
beshinchidan, davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilish dastaklari reglamentlangan:

    1. birinchilarga quyidagilar kiradi:

    • nodavlat ta’lim tashkilotlarining faoliyatini litsenziyalash – litsenziyalar Ta’lim inspeksiyasi tomonidan cheklanmagan muddatga, har bir ta’lim turi uchun alohida beriladi;

    • ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish

  • Ta’lim inspeksiyasi tomonidan 5 yil muddatga amalga oshiriladi. Bunda nodavlat ta’lim tashkilotlari litsenziya olingan kundan e’tiboran 5 yil davomida akkreditatsiyadan o‘tgan deb hisoblanadi, bu muddat tugagach, ushbu attestatsiya va akkreditatsiyadan o‘tkaziladi. Davlat akkreditatsiyasidan o‘tgan tashkilotlar maxsus reestrga kiritiladi, bu haqdagi ma’lumotlar Ta’lim inspeksiyasining saytiga joylashtiriladi;

    • xorijiy davlatda 1992 yil 1 yanvardan keyin olingan ta’lim to‘g‘risidagi hujjat tan olish, shuningdek ta’lim sohasidagi rasmiy hujjatlarga apostil qo‘yish. Tan olish va apostil qo‘yish ham Ta’lim inspeksiyasi vakolatiga kiradi;

    1. Ta’lim inspeksiyasi quyidagilarga haqli:

    • nodavlat ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayonining sifatini nazorat qilish va monitoringini amalga oshirish – biznes-ombudsmanni xabardor qilgan holda;

    • ta’lim tashkilotlari tomonidan berilayotgan ta’limning mazmuni va sifati ta’lim to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga nomuvofiqligini aniqlagan hollarda – ularni bartaraf etish yuzasidan ularga taqdimnomalar kiritish. Taqdimnoma bajarilmagan

taqdirda - ta’lim tashkilotining davlat akkreditatsiyasi to‘g‘risidagi sertifikatini bekor qilish.36

    • Yuqoridagi o’zgarishlardan talim to’grisidagi qonunning mohiyatini anglab olish mumkin.



Qonunga muvofiq, taʼlim turlari quyidagilardan iborat:



Umumiy oʼrta taʼlim I–XI sinflarni oʼz ichiga oladi.


O‘rta maxsus taʼlim akademik litseylarda 9 yillik tayanch o‘rta taʼlim asosida 2 yil mobaynida amalga oshiriladi.
Professional taʼlim boshlangʼich, o‘rta va o‘rta maxsus professional taʼlim darajalariga ajratiladi.
Boshlang‘ich professional taʼlim kasb-hunar maktablarida IX sinf bitiruvchilari negizida kunduzgi taʼlim shaklida 2 yillik integratsiyalashgan dastur asosida bepul amalga oshiriladi.
O‘rta professional taʼlim kollejlarda davlat buyurtmasi yoki to‘lov- shartnoma asosida davomiyligi 2 yilgacha boʼlgan kunduzgi, kechki va sirtqi taʼlim shakllari bo‘yicha amalga oshiriladi.
Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni oliy taʼlim va ilmiy tashkilotlarda olish mumkin. Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya silish matssadida mutaxassislikni chuqur oʼrganishni va ilmiy izlanishlar olib borishni nazarda tutadigan tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil





36 https://www.norma.uz/uz/qonunchilikda_yangi/talim_tugrisidagi_yangi_qonun_asosiylari_haqida_qisqacha
izlanuvchanlik asosida ilmiy darajaga ega ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni taʼminlaydi.

Yüklə 3,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə