Rangtasvir rang san'ati


Naturadagi rangtasvir jarayoni



Yüklə 68,44 Kb.
səhifə4/4
tarix30.12.2023
ölçüsü68,44 Kb.
#167780
1   2   3   4
RANGTASVIR referat

3.Naturadagi rangtasvir jarayoni
Naturadagi rangda tasvirlash jarayoni o’z qonun qoidalariga ega. Ishning boshlanish qismida nimalar qilish ,o’rtasida qaysi masalalarni xal etish va oxirlab qolganda uni qanday yakunlash kerakligini bilish zarurdir.Rangtasvirda quydagi asosiy maslalarni xal etish zarur:
· Umumiy tus va rang xolatlari va natura bo’yoqlarning bir-birga yaqinligidagi tus va rang munosabatlarini topa bilish;
· Katta rang-tusli munosabatlar chegarasidagi ranh-tuslarning «cho’zilishi»,aloxida byumlarning xajmi shakilarining batafsil rangli qayta ishlanishi;
· Butun tasvirning umumiyligi, yaxlitligi xamda kompozitsiya markazini ko’rsata bilish. Bu masalalarning xar biri nima bilan yakunlanishi ketma-ketlikda ko’rib chiqamiz.
Tasvirlashning to’liq rangtasviri qurilishi, naturaning asosiy qisimlari oralig’idagi tus va ranglar munosabatining aniq va to’g’ri ko’rsatilishi bilan aniqlanadi.Natyumortda ular-fon,natura qo’yilmasida stol yuzasi va buyumlar xisoblanadi.Manzarada esa –osmon oralig’dagi yer yuzasi va daryodagi suv, oldingi,o’rta va orqa oraliqdagi ko’rinishlardir.Agarda bu asosiy rang-tuslar munosabati (farqlari) «etyud»da noto’g’ri tasvirlansa, manzaradagi obektlar yoki buyumlar shaklidagi rang tuslari, reflekslar va jism bo’laklari ustida xar qancha berilib ishlanmasin ,yuqori saviyali mukammal rangtasvirga erishib bo’lmaydi.Qalamtasvirni ishlashda xam taxliliy masla bajariladi: dastlab buyumning «konstruktiv»-ichki qurilishi, nisbatlari ,yaxlit umumiy shakl topiladi.Rassom shunday sharoitda also bu masaladan chekinmaydi, naturani umumiy va yaxlit ko’radi.H.H.Ge bejik rassomlarni ogoxlantirmaydi: «Natura»dagi bosh qismlarni belgilab,nisbatlarni tekshirish uchun darxol asosiy soya va yorug’likni umumiy sinchiklab o’rganib chiqing va har doim,har vaqt tasvirni boshidan oxirigacha umumlashtirgan holda chizing xamda mayda bo’laklarga oxista kirishing.Mana sizlarga chizishning siri».
Rangtasvirda xam,ish boshlashdan avval naturadagi umumiy rang munosabatlarini diqqat bilan o’rganib chiqish lozim. Shuning uchun bu masalaga 5-10 minut vaqt sarflab, naturaning umumiy rang munosabatlarini tushunish kerak: eng och va eng to’q (zich) dog’ qaerda, tusi va rang kuchi bo’yicha asosiy farqlar (to’yinganligi) qanday ekanligini topish kerak. Masalan, naturadagi sariq olmalar fondagi sariq mato bilan solishtirilsa, olmalar matodan ochroq ularning sariq tusi sariq matoga nisbatan yorqinroq (to’yingan)ko’rinadi. Rangning uch xil o’ziga xosligi bo’yicha natura qo’yilmasidagi buyumlarning asosiy rang xususiyatliligi mavjud.
Ob’yektdagi umumiyligni topilishi rasomni naturadagi ikkinchi darajali belgilar uning mayday bo’laklarga,kaloritli masalaga mustasno xolda e’tibor berishdan, umumiy tus va rang xolatini,asosiy tus va rang munosabatlarini patdo qilishdan chalg’itishga xarakat qiladi.Shunday qilib naturaning ranglar qonuniyatlarida xam, asosiga ershiladi, etyudning keyingi mayda detalli ishlariga poydevor yaratiladi.
Rang munosabatlarini eng avvalo och va intensiv ranglarni qidirishdan boshlash kerak,so’ng eng to’qini topib,qolganlarini esa shularga nisbatan aniqlash ma’qul. Keyingi tuslarga biroz to’qroq va biroz intensiv bo’lganlar va boshqalar kirasdi.Murakkab kulrang tuslar oxirida beriladi.
Dastlabki va yakunlovchi tuslarni har doim ham eng och va eng to‘q hamda to‘yingan qilib olinmaydi. Qo‘yilmadagi eng och joy har doim ham oq bo‘lavermaydi, eng to‘q joy esa qora bo‘lmaydi. Kuchli to‘yingan yorqin ranglar ham kamdan-kam uchraydi. Natyurmortdagi qizil pomidorni odatda yorqinligi bo‘yicha toza qirmizi rangda emas, balki uni 50% ga sustroq tusda berish ma’qul. Hattoki bahorgi o‘t - o‘lanlarni tasvirlashda juda ehtiyotkor bo‘lish lozim. Uning yorqinligini shunday kuchaytirib tasvirlash mumkinki, natijada u o‘zining tabiiy ko‘rinishidan boshqacha bo‘lib chiqib qoladi. Shuning uchun ishga kirishishdan avval umumiy tus va ranglar kuchini aniqlab olish kerak: munosabatlarni qanday bo‘yoqlar yig‘indisida bajarish – och yoki to‘q, yorqinlikning (to‘yinganlik) qanday chegarasida bo‘lishini ham aniqlash muhim. Qisqa qilib aytganda, naturaning umumiy tus va rang holatini bilish kerak. Bunday holatni saqlab qolish uchun balki ranglar munosabatini chegaralangan bo‘yoqlarda tasvirlashga to‘g‘ri keladi. Ishni eng och, to‘q va yorqin tuslardan boshlaganda politradagi barcha ranglardan, shu bilan birga eng yorqin va keskin bo‘yoqlardan foydalanish shart emas.
Yorug‘-soya va rang munosabatlarini aniqlashda umumiydan hususiyga qarab borish lozim. Avvalo asosiy ob’ekt oralig’idagi tus farqlarini topish muhim : natyurmortda, masalan, stol yuzasi va fon oralig‘idagi ko‘za, choynak va ko‘zaga tushayotgan yorug‘lik va boshqalar. Manzarani tasvirlashda avvalo osmon va yerning alohida jismlarini bir-biriga va ularning yaxlitligida bo‘lgan rang munosabatlarida aniqlash kerak. Inson qomati tasviri yoki portret ham xuddi shu tariqa bajariladi.
Rassomlarning amaliy tajribasida shunday jumlalar mavjud : “katta yorug‘lik” , “katta soya” , “katta shakl” , “katta ranglar munosabati” . Bulardan maqsad natura ob’ektini yaxlit ko‘rish va ularni barqaror qilib tasvirlashdir.
Naturani yaxlit idrok etganda, yorug‘lik tikka ta’sir etayotgan joydagi narsalar yagona bir qismni tashkil etadi va undagi dog‘lar kuchliligi bo‘yicha soya qismdagiga teng kela olmaydi. Xuddi shularni shaxsiy va tushayotgan soyalarga moslash mumkin: ular tus bo‘yicha yarimsoya bilan yaxshi chiqishadi, yarimsoya esa tasvirning yorug‘lik qismlaridagi kuchga teng kela olmaydi. Soyadagi refleks yarimsoyadan och bo‘la olmaydi, ammo shaxsiy soyaning umumiy tusiga bo‘ysunadi. Ob’ektdagi ushbu katta shakllar yoki buyumlar guruhi tusi va rangining to‘g‘ri saqlanishi tasvirga yaxlitlik va yoritilishining to‘g‘ri bo‘lishiga turtki bo‘ladi.
Umumiy ranglar munosabati va navbatdagi ishning davomi naturaga hos koloritni hisobga olgan holda borishi kerak. Naturadan kam ishlagan, tajribasiz rassomlar u yoki bu natyurmort ranglavha etyudini , manzarani yoki portretni tasvirlayotganda har doim ham undagi yaxlitlik va bo‘yoqlar birligini muvaffaqiyatli bajara olishmaydi. Naturadan ishlash jarayonida har bir aniq holatda koloritni tushunib yetish, tusli va rangli holat xususiyatini ko‘rsata bilishlari zarur. Hamma gap natura bo‘yoqlaridagi umumiy tus, rang holati va kolorit birligini ko‘rish va tushunib yetishdadir.
Yirik plandagi tus munosabatlarini aniqlab olgandan so‘ng , yorug‘-soya qismlarini modellashtirishga ya’ni ,har bir buyumning yorug‘-soyasi, yarim soya , shaxsiy hamda tushayotgan soyalarini topgan holda xajmli shaklini rang-barang qilib tasvirlashga o‘tish mumkin. Shuni yodda tutish kerakki , buyumlarning ustki qismi ham rang-tusi bo‘yicha, ham yorug‘ligi bo‘yicha, ham to‘yinganligi bo‘yicha ham tushayotgan yorug‘lik nurining oraliq masofasiga, sinadi, burchagiga hamda atrofida o‘rab turgan buyumlarning reflekslariga va kontrast munosabatlariga bog‘liq holda o‘zgaradi. Yorug‘likka, yarim soyaga yoki soyaga yonma-yon turgan qandaydir ikkita yuza jismlaridagi narsalarda bir xil yoritilish sharoiti mavjud emas. Buyumni barcha qismini palitrada topilgan rang bilan unga och yoki to‘q rangni qo‘shib ishlash mumkin emas. Buyumning har bir bo‘lagi uchun yangi va yana yangi bo‘yoq qorishmalarini topish kerak. Odatda lokal (buyum) rangi yarim soyada sezilarliroq, chunki yarim soya yorug‘lik manbaining asosiy va aks etayotgan tomonlaridan ancha sust ta’sir etadi. Buyumning xajmli shaklini jozibadorligi va natura qo‘yilmasining yaxlitligini to‘g‘ri anglash uchun , issiq tuslar bilan yonma-yon aralash kontrast kuchida inson ko‘zi sovuq rangni ko‘radi. Bir rang boshqasiga qo‘shimcha bo‘lgan rangni his qiladi.
Xulosa
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, rangtasvir va rangn texnologiyalarini o‘zlashtirishda biz avvalo kuzatuvchan va rangni xis qila oladigan darajaga erishish uchun xarakat qilishimiz zarur bo‘ladi.
Ma’lumki tasviriy San’atning barcha turlarida rang muhim rol uynaydi. Rang gammasi deganda tasvirlarni ishlash jarayonida qo‘llanadigan tus va ranglarning o‘zaro muvofiq kelishini tushinamiz. Bu xolatni quyidagi jonli misol bilan izoxlasak o‘rinlidir, masalan, musiqa san’atidagi ovozlar malum notalar yordamida belgilanadi va foydalaniladi. Ular o‘z xolicha aloxida-aloxida bir-biri bilan uyg‘unlashtirilmay chalinsa manosiz uzuq-yuluq ovozlardan iborat bo‘lib qoladi. Agar ma’lum bandlikda va tartibda uyg‘unlashtirib chalinsa, yoqimli bo‘lib eshitiladi .
Ma’noli tasavvurlar zavq berish qudratiga ega bo‘ladi. Ularning sifati ovozlari o‘rtasidagi vaqt masofasi , ovozlar yo‘g‘on-ingichkaligiga ham bog‘liq. Rangtasvirda ishlash jarayonida xam xuddi keltirgan misolimiz kabidir, ya’ni har bir rang va tusning o‘z yorqinligi va to‘q - ochligi mavjud . Ularni nechog‘lik bir-biriga mosini topib, o‘zaro muvofiq tarzda qo‘llasak shunchalik tasvir sifatida aksini beradi, ma’no tashish quvvatiga ega bo‘ladi. Agar bo‘yoqlarni tasvir ob’ektiga zid holda birini juda yorqin, boshqasini nursiz qilib o‘zaro bog‘liqligiga moslamay ishlatsak, rangtasvir ma’nosiz va ta’sirsiz chiqib qoladi. Ranglarning yorqinlik kuchi va to‘q-ochligi xuddi tabiatdagidek qilib olish va tasvirlashda qo‘llash juda qiyin. Shu sababdan ham ular ochroq yoki to‘qroq gammalarda tasvir obektlariga mos tarzda, ma’lum nisbatlarda qilib olinadi . Mo‘ljaldagi olingan gammaga moslab tasvirning eng to‘q va eng och qismlari darajasi belgilab olinadi . Shunda ishlangan tasvirlar yaxlitlik , qiziqarlilik kasb etadi, ta’sirchan chiqadi.
Har bir narsa va xodisa tasvir etilar ekan , uni xuddi aslidagidek qilib aks ettirish mumkin emas. Buni ko‘pchilik san’at nazariyotchilari va rassomlar , amaliyotchilar doimo ta’kidlab keladilar. Zero, tabiatni tasvirlash undan olingan tasavvurning qay darajadaligiga bog‘liq, muhimi tabiat ko‘rinishi realligi tasavvurini obrazli tarzda ifoda etsa ishonarli bo‘lsa shuning o‘zi kifoya, o‘zbek rassomlari ichida ham rangga juda etiborli munosabatda bo‘ladigan, uning go‘zal uyg‘unligini ifodalab bera oladiganlari ko‘p. Bunday usta, maxorat egalari mo‘yqalam soxiblaridan M.Nabiev, R Axmedov, R.Choriev, B.Burmakin, B.Boboev, J.Umarbekov, A.Mirzaev, A.Ikromjonov, M.Toshmurodov, A.Nuriddinov, A,Qozoqov. va boshqalarning nomlarini misol qilib keltirishimiz mumkin. Ularning ko‘plab ajoyib asarlari fikrimizni tasdiqlab turibdi.
Adabiyotlar
1. X. Egamov «Bo`yoqlar bilan ishlash» T-1987 y.
2. Ensiklopediya xudojnika. Izdatelstvo «Vneshsigma» 2000 g.
3. «Shkola izobrazitelnogo iskusstva» Izd «Izobrazitelnoe iskusstvo», 1989 g.
4. Risunok.Jivopis.Kompozitsiya.(Xrestomatiya) Moskva."Prosveщenie"1989
5 S.ABDIRASILOV, N.TOLIPOV,N.ORIPOV «RANGTASVIR»
(O’quv –meto’dik qo’llanma) Toshkent -2003y
Yüklə 68,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə