Akademik rangtasvir fanidan o‘quv-uslubiy majmua



Yüklə 16,28 Mb.
səhifə1/56
tarix27.09.2023
ölçüsü16,28 Mb.
#123937
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56
4.Akademik rang tasvir - magistr oxirgisi-20


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI

AKADEMIK RANGTASVIR


FANIDAN
O‘QUV-USLUBIY MAJMUA

Bilim sohasi: 100000 – Gumanitar


Ta`lim sohasi: 110000 – Pedagogika
Ta’lim yo`nalishi: 70111201 – Tasviriy san`at va amaliy bezak san’ati


Namangan-2023
Tuzuvchi:
O’.Abdullayev. NamDPI, Amaliy, jismoniy tarbiya va sport fanlarini o’qitish metodikasi kafedrasi dotsenti.


Taqrizchi:
B.Oripov. NamDPI, Amaliy, jismoniy tarbiya va sport fanlarini o’qitish metodikasi kafedrasi dotsenti.

O`quv uslubiy majmua Namangan davlat pedagogika instituti Kengashininig 2023 yil "…" avgustdagi "..." - son yig’ilishida ko`rib chiqilgan va foydalanishga tavsiya etilgan.


MUNDARIJA:

I.

O’QUV MATERIALLAR




1)

Ma’ruza mashg’ulotlari




2)

Amaliy, seminar, laboratoriya mashg’ulotlari




II.

MUSTAQIL TA’LIM MASHG’ULOTLARI




1)

Mustaqil ish bo’yicha tavsiyalar













III.

GLOSSARIY




IV.

ILOVALAR




1)

Fan dasturi




2)

Ishchi fan dastur




3)

Tarqatma materiallar




4)

Testlar




5)

Baholash mezonlari




6)

Boshqa ma’lumotlar




7)

O’UM elektron varianti




O’QUV MATERIALLAR


Ma’ruza mashg’ulotlari
Ma`ruza mashg`ulotlari.
1-Mavzu: Akademik rangtasvir fanining kelib chiqish tarixi. Qadimgi dunyo tasviriy san`at tarixiga oid tasvirlarning paydo bo`lishi.
REJA:
1. Krit-Miken san’ati.
2. Gomer davri san’ati.
3. Arxaika davri san’ati.
4. Klassika davri san’ati.
5. Ellinizm davri san’ati.
6. Qadimgi italiya san’ati.
7. Etruriya san’ati.
8. Qadimgi Rim san’ati.
9. Qadimgi Rim me’morligi.

TAYANCH SO‘Z VA IBORALAR
Arxeologiya, qadimgi, tasvir, Misr, Old Osiyo, Mesopotamiya, antik, akropol, klassika, quldorlik, Yunon, Rim, madaniyat, marosim, uslub, mifologiya, allegoriya, afsona, majoz, devoriy surat, rangtasvir, haykaltaroshlik, relef, barelef, kulolchilik, me’morlik, ifoda, chiziq, mutanosib, simmetriya, plastika, harakat, kompozitsiya,obraz, arxaika, klassika, ellinizm.

Tarix shohidlik beradikim, jahon san’ati va madaniyati tarixida Qadimgi Yunon va Rimliklar alohida mavqega egadirlar. Buning boisi Qadimgi Yunon va Rimliklar eramizdan avvalgi IV-III ming yillardayoq o‘ziga xos yuksak badiiy qimmatga ega bo‘lgan san’at va madaniyat yaratdilar. Ular ana shu san’at va madaniyatlari bilan antik dunyo san’atiga asos soldilar. Ana shu Qadimgi Yunon va Rim san’atini o‘rganish, ta’riflash uchun XV-asrda Italiyaning san’atshunos olimlari «Antika» iborasini qo‘llay boshladilar.


«Antika» iborasi - lotincha «antikvus» so‘zidan olingan bo‘lib, «qadimiy» degan ma’noni bildiradi. Antik san’atning davriy chegarasi eramizdan avvalgi 3-ming yillikdan eramizni 5-asrigacha belgilanadi. Antik dunyo san’atning geografik chegarasiga esa Yunon, Rim davlati va uni tevarak atrofidagi, ya’ni o‘rta yer dengizi havzasidagi xalqlar yashaydigan mintaqalar kiradi.
K eying i davrlarda bu ibora jahon xalqlarini eng qadimiy san’ati, madaniyati va me’morchiligini o‘rganishda ham qo‘llanib kelinmoqda. Tarix shohidkim, antik san’atga asos solgan va uning ijodkorlari Qadimgi Yunonlar va ularni tevarak-atrofidagi Rimliklar, boshqa xalqlar bo‘lib, ular jahon san’ati tarixi xazinasiga o‘zlarini munosib hissasini qo‘shib kelganlar. Bu boyliklar jahon xalqlariga nafaqat badiiy boylik bo‘libgina qolmay, ular moddiy, ma’naviy va ijodiy boylik bo‘lib ham, o‘zidan keyingi ijodkorlar, san’at va madaniyat daholari uchun ilhom manbai bo‘lib qolmoqda. Antik dunyo san’ati boyliklari o‘zidan keyingi barcha sohaning ijodkorlariga ijodiy ozuqa, ijod manbai va ilhomlantiruvchi ma’naviy kuch bo‘lib xizmat qilmoqda.
Xullas, antik dunyo san’ati o‘z ichiga yunon-rim san’ati an’analari asosidagi o‘rta yer dengizi havzasidagi xalqlar san’ati va qolaversa butun jahon xalqlarining er.avv. 3-ming yillikdan eramizni 5-asrigacha bo‘lgan san’ati, madaniyati, me’morchiligini o‘rganadi va ularni asrab-avaylab, keyingi avlodlarga yetkazib beradi. Bu san’atdan bugungi kunda butun dunyo xalqi, ularni ijodkorlari bahramand bo‘lib kelmoqdalar.
Biz so‘nggi sahifalarda ana shu Antik dunyo san’atini mazmuni, mohiyati, harakter-xususiyatlari bilan tanishib chiqamiz.
Yunoniston qadimdan uch qismga tabiiy holda bo‘lingan. Ular Janubiy, O‘rta va Shimoliy Yunonistonga (Gretsiyaga) bo‘lingan. Ularni bir-biridan dengiz ko‘rfazi va tog‘ tizmalari ajratib turadi. Dengizda orollar jo‘da ko‘p. Ulardan eng yirigi - Krit orolidir. XIX-XX asrlarda olib borilgan arxeologik tadqiqotlar ana shu Krit orolida antik san’atni yunon san’atidan avvalgi san’ati namunalari topildi. Bu san’at antik - Yunon san’atini asosi – boshlanishi ekanligi kuzatildi.
Chunki er.avv. 3-2 ming yilliklardayoq bu yerda o‘ziga xos yuksak darajada rivojlangan Mikena shahri va uni san’ati-madaniyati bo‘lgan.
Arxeologlar tomonidan Krit oroli, Mikena shahridan topilgan san’at namunalarini «Krit-Miken san’ati», deb atadilar.

Yüklə 16,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə