Akademik rangtasvir fanidan o‘quv-uslubiy majmua



Yüklə 16,28 Mb.
səhifə5/56
tarix27.09.2023
ölçüsü16,28 Mb.
#123937
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56
4.Akademik rang tasvir - magistr oxirgisi-20

E llinizm davri san’ati. Antik davrda Qadimgi Yunonlar o‘zlarini «Elinlar» mamlakatlarini «Elliada»,- deb ataganlar. Ular universal iste’dodli bo‘lib, san’at va madaniyatning barcha sohalarida mislsiz ijodiy kamolotga erishganlar. Keyinchalik Makedonskiy bosib olgan o‘lkalarda, Yunon san’ati asosida yaratilgan yangi san’at va madaniyatni «Ellinizm» san’ati, - deb o‘rgandilar.
Sanat tarixida esa O‘rta Yer va Qora dengiz sohillarida yashovchi xalqlar san’atini ham «E llinizm» san’ati deb o‘rganiladi. Bu terminni XIX-asrda yashagan nemis tarixchisi I.Dreyzen Qadimgi yunonlar tarixini, ularni san’ati va madaniyatini (ma’lum davrini) o‘rganish uchun kiritadi.
Ellinizm davri san’ati Qadimgi Yunonistonni klassika davri san’atini davomi bo‘lib, bu davrda ham yuksak saviyadagi, badiiy-qimmatga ega bo‘lgan me’moriy obidalar va san’at asarlari dunyoga kelgan. Bu davrda qator shaharlar, me’moriy obidalar, inson aqlini lol qoldiruvchi san’at asarlari yaratildi.
Ellinizm davri me’morchiligida yangidan-yangi an’analar klassik uslubga intilish kabi ijodiy me’morchilik o‘sdi va takomillashdi. Bu davrda ham ibodatxonalar, san’at-madaniyat saroylari, teatr, stadion, otchoparlar quriladi. Afina teatri Farros Mayog‘i (balandligi 120 metr), oq marmardan ishlangan Misrni hashamotli binolari, Aleksandriya shahri, Afinadagi Zevs xrami, Pergamdagi Zevs altari, Galikarnasdagi mavzoleyi, ko‘plab park-bog‘lar, keng va to‘g‘ri shahar ko‘chalari kabi me’moriy obidalar ellinizm me’morchiligini nodir na’munalari bo‘lib, jahon me’morchiligi san’at xazinasiga munosib sovg‘a bo‘lib qoladi. Ellinizm davrida haykaltaroshlik, amaliy-bezag san’ati g‘oyat yuksaklikka ko‘tarildi. Bu davrda Appelos, Antifil, Agesandr (Aleksandr), Afinador, Polidor kabi rassomlar ijod qilganlar.
Bu davrda: «Sher ustida o‘tirgan Dions» (rangli mozaika), Diadox (haykal), «Samofraniya Nikasi», «Milos Afroditasi», «O‘layotgan gal», «O‘zini va xotinini o‘ldirayotgan Gall», «Filosof portreti», «Dions tasvirlangan vaza» (oltin-kumush), «Komeya-Ganzak» (relef), «Laoxon o‘g‘illari bilan» kabi g‘oyat yuksak badiiy qimmatga ega bo‘lgan san’at asarlari yaratildi.
Umuman Ellinizm san’ati jahon san’ati tarixida alohida davr san’ati bo‘lib, qadimgi dunyoning eng nodir asarlari, me’moriy obidalari, ilm-fanda Misr, uning yangi Aleksandriya shahri jahon madaniyatini eng oldingi safiga ko‘tarildi. Bu yerda tabiiy va gumanitar fanlar, falsafa yuksaklikka ko‘tarildi. Bu davrda matematika va fizikani ijodkori, asoschisi Arximed, Yevklidlar ijod qildilar. San’at va me’morchilinda g‘ayri-tabiiy yuksaklikka ko‘tarildi. Ammo bularni barchasi mamlakatni iqdisodiiy manbaini inkirozga olib keldi. Chunki, podshoxlar o‘z obro‘sini, kuch-qudratini namoyish qilishda mablag‘ni aslo ayamadilar. Bularni barchasi xalqni qashshoqlikka olib bordi. Mamlakat iqtisodiy jihatdan kuchsizlanib bordi. Xalq qo‘zg‘olonlari, davlatlar o‘rtasidagi urushlar avj olib ketdi. Natijada er.avv. II-I asrlarga kelib, Qadimgi Yunon san’ati va madaniyatida tushkunlik boshlandi.
Xulosa qilib shuni aytish lozimki, Qadimgi yunonlar er.avv. XI-asrdan - er.avv. I-asrgacha o‘z san’ati, madaniyati va me’morchiligini eng yuksaklikka olib chiqdilar. Natijada Qadimgi Yunonistonda dunyoning chinakam ijodkor-daholari tug‘ildi, ular jahon san’ati, madaniyati va me’morchiligini buyuk, nodir asarlarini yaratib, meros qilib ketdilar. Bu badiiy meros bugungi kungacha ijodkorlar uchun ilxom manbai bo‘lib xizmat qilmoqda.

Yüklə 16,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə