Akademik rangtasvir fanidan o‘quv-uslubiy majmua


Ahamoniylar davrida O‘zbekiston san’ati



Yüklə 16,28 Mb.
səhifə14/56
tarix27.09.2023
ölçüsü16,28 Mb.
#123937
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   56
4.Akademik rang tasvir - magistr oxirgisi-20

Ahamoniylar davrida O‘zbekiston san’ati
Markaziy Osiyoning yerlari qadimdan bosqinchilar uchun boylik orttirish o‘lkasi bo‘lib kelgan. Tarixiy ma’umotlarga ko‘ra miloddan avvalgi IX-VII aslarda dushmanlar Markaziy Osiyoning janubiy tomonlariga yurish qilib juda ko‘p boyliklar orttirib qaytgan. Mil. av. VI asrlardan esa O‘rta Osiyo yerlarining katta qismi Ahomaniylar davlat tomonidan bosib olinib qariyb 200 yildan ortiq vaqt mobaynida uni asoratida bo‘lgan. Ahomaniylar Markaziy Osiyoga yurish qilgan paytda bu yerlarda Baqtriya, So‘g‘d, Xorazm, Parkana, Parfiya Qang‘ hamda uning shimoli tomonida o‘troq va ko‘chmanchi qabilalardan tashkil topgan Saklar ittifoqi shakllanayotgan edi. Lekin bu davlatlar orasida birlik yo‘q edi. Shuning uchun ham Eron qo‘shinlari bu davlat va qabilalarning yerlarini tezlikda bosib olishga muyassar bo‘ldilar. Xalqning ozodlik uchun kurashi esa Tumaris, Shiroq kabi qahramonlarning afsonaviy jasoratlarida saqlanib qoldi. Galikarnasli Geradot va Knidli Ktesiylar shu davr haqida qiziqarli ma’lumotlarni yozib qoldirganlar. Jumladan, Knidlik Ktesiy mutaxassisligi vrach bo‘lgan.U Eron shohi Artaksereks II xizmatida bo‘lib 17 yil So‘zada yashagan va o‘z davri, voqealar, turli afsona va rivoyatlarni to‘plab Vataniga qaytgach shular haqida yozib qoldirgan. Shulardan biri Tumaris afsonasi bo‘lgan.
Eronliklar bosib olingan yerlarni satrapliklarga bo‘lib chiqildi.Satrap eroncha hokim ma’nosini anglatib,satraplik uning boshqargan hududi nazarda tutilgan. Satrap podshohga bo‘ysunib, uning ko‘rsatmalarini bajarar, buyrug‘ga binoan solig‘ yig‘ar edi. Satrapliklar hukmdorlari lavozimiga asosan axmoniylar avlodidan odam tayinlanar edi. Podshohning ruhsati bilan ular o‘zga yurtlarga hujum qilishi va bosib olish hisobiga o‘z yerlarini kengaytirishi mumkin edi. Shuning uchun satrap Markaziy Osiyo yerlarida bir qancha satraplikka ajratilgan bo‘lib shulardan Xorazm, So‘g‘d, Parfiya, Baqtriya bir muncha katta bo‘lgan.
Eramizdan avvalgi V asrdan boshlab O‘rta Osiyo yerlarida nisbatan tinch hayot boshlandi. Shu davrda qator shaharlar paydo bo‘ldi, xunarmandchilik rivojlandi, buyuk Ipak yo‘li rivojlana boshladi. Mahalliy zodagon va kiborlar chet el bosqinchilari homiyligida tinch hayot kechirib hashamatli saroylar qurdilar, zebu ziynat va bezakka e’tibor berdilar. Bu davrda shaharsozlikda silijish ro‘y berdi. Eski shaharlar qaytadan tiklandi, yangi shaharlar vujudga kela boshladi. Baqtra, Aorn, Kiriopol, Nautaka, Marokand, Ko‘zal qir, Erka qala, Kallalikir (Xorazm) shu davr yodgorliklaridandir. Jumladan, shu davrida vujudga kelgan Ko‘zali qir, Kallali qir qal’alari ham ana shu davr an’analarida ishlangan. Masalan, Ko‘zali qir qal’asi ko‘proq uchburchakka yaqin bo‘lib, uning maydoni qalin devor bilan o‘rab chiqilgan. Kalli qir qal’asi reja asosida ishlangan. Uning to‘rtburchak maydonini qalin devor bilan mustaxkamlangan. Eramizdan avvalgi VI-IV asr O‘rta Osiyo me’morligi haqida Ko‘zali qir, Kallali qir (O‘zbekiston), Erka qal’a (Turkmaniston) me’morlik komplekslari qoldiqlari taassurot beradi. So‘zsiz, bu me’morlik komplekslari avvalgi davr an’analarini davom ettirish asosida yuzaga kelgan. Ular qalin devor bilan o‘rab chiqilgan, darvoza va minoralari mavjud bo‘lgan. Ularning markazida sun’iy tepalik bo‘lib, unda saroy yoki ibodatxona joylashgan. Saroylar uchun ishlatilgan ustunlar ko‘p xollarda kapitellar bilan tugallangan. Eramizdan avvalgi VI-IV asr me’morligi namunalarining ilk namunasi Xorazmdagi Kallali qir saroy qoldiqlaridir. Saroyning asosiy qismi kvadratga yaqin bo‘lib (75X80 m) unga sharq va janubdan hovlilar tutashgan. Shu hovlilarning so‘nggisida binoga kirish uchun mo‘ljallangan asosiy darvoza bo‘lgan. Saroy xonalari esa, odatda, ichki ikki hovli atrofida joylashgan. Saroy tomlari tekis qilib yopilgan. Ustunlar uzun to‘sinlarga mustaxkamlik bergan va tayanch vazifasini o‘tagan. Bino ustunlari tepaga kichrayib boruvchi to‘rtburchak va aylanalardan tashkil topgan tagkursiga o‘rnatilgan bo‘lgan va ular toshlardan ishlangan. Ustunlar esa yog‘ochdan ishlangan bo‘lib, uning kapiteli haykalga o‘xshatib axomaniylar kapitellaridan o‘rnak olinga xolda ishlangan. Bu davrda satrapliklarda bosqichlar xomiyligida mahalliy zodagonlar dabdabali hayot kechirdilar.Ular hashamatli qo‘rg‘on va saroylar qurdirdilar, ularning bezagiga e’tibor berdilar. Binolarni rejalashtirib qurish, uni haykal va haykalchalar bilan bezash odati yoyildi. Axmoniylar chekka satrapligi Xorazmdan topilgan kapitel o‘z harakteri jihatidan axmoniylarning Persepol va So‘za saroylarida qo‘llanilgan kapitellardagi uslub - ikki tomonga qarab turgan buqa boshi (So‘za kapitel)ga o‘xshab ketadi. Xorazmda Uiz Dag kapitelida ikki tomonga qarab turgan odam boshi xalos.
Kallali qir saroy planirovkasi va ko‘rinishi, ustunlarning harakteri bevosita Axmoniylar me’morligini eslatadi. Tasviriy san’at. Yozma manbalarga ko‘ra bu davrda devoriy rassomlik rivojlangan bo‘lgan. Saroylar, boy zodagonlarning uylari va mexmonxonalari devoriy rassomlik asarlari bilan bezatilgan. Bu rasmlarda shu davrda mashhur bo‘lgan Odatida va Zariadra romani syujetlari ko‘proq ishlangan. Amaliy san’at buyumlari yuzasi turli mavzudagi bo‘rtma va chizma tasvirlar bilan bezatilgan. Eramizdan avvalgi VI-IV asrlarda O‘rta Osiyodagi badiiy hayot va madaniyatni tushunishda Amudaryoning yuqori oqimi tomonidan topilgan turli xil antiqiy buyumlar muhim o‘rinni egallaydi. Bu qadimgi davr yodgorliklari adabiyotilarda «Amudaryo boyligi» yoki “Oks boyligi” deb yuritiladi. Gap shundaki, qadimgi turklar Amu daryoni O‘kuz, ya’ni Katta daryo deb atashgan, yunonlar esa O‘kuzni Oks-Oksus deb nomlashgan. Shu “Oks boyligi” yodgorliklarning ko‘p qismi hozirgi kunda Londondagi Britaniya muzeyida saqlanadi. Bu buyumlar nihoyatda ifodali ishlanganligi bilan ajralib , detallari aniq va tugal ishlanishi bilan harakterlanadi. Oltin arava, Oltin bilak uzuk, Oltin ko‘za, Jangchi-sak bo‘rtma tasvirida shu fazilatlar mujassamlashgan.
Bu davrga oid kulolchilik buyumlari dastgohlarida ishlib geometrik naqshlar bilan bezatilgan .

Yüklə 16,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə