Ranoguldoshlar (kosaceae) soyabonguldoshlarp(aplaceae), gazandoshlar urticaria gulxayridoshlar reja



Yüklə 66,49 Kb.
səhifə3/7
tarix21.10.2023
ölçüsü66,49 Kb.
#129341
1   2   3   4   5   6   7
RANOGULDOSHLAR (KOSACEAE) SOYABONGULDOSHLARP(APLACEAE), GAZANDOSHLAR URTICARIA GULXAYRIDOSHLAR

Yeyiladigan tarvuz - C.lanatus. Vatani Kalaxalari saxrosi bo‘lib, O‘rta Osiyoda ko‘p ekiladi.
Xashaki tarvuz - C.vulgaris . Poyasi yo‘g‘on bir yillik gullari va mevalari yirik, o‘t o‘simlik. Eti qattiq, mazasi bir oz taxir. Quruq yerlarda o‘sishga moslashgan, hashaki tarvuz yem-xashak sifatida o‘stiriladi.
Qovun - Helo. Mazkur avlod vakillari bir yillik, palakli o‘simlik. Gajaklari oddiy. Gullari bir va ikki jinsli. Poyasi dag‘al va bargi dag‘al tuklar bilan qoplangan. Urug‘chi guli changchi guliga nisbatan yirik.
Mevasi yirik, seret, xushbo‘y, suvli, shirin. Bu avlod 10 tur mansub bo‘lib, ularning turli navlari o‘stiriladi. Qovunlar Osiyoning tropik va subtropik mamlakatlarida tarqalgan.
Bordring - Cucumisyu Bular yer bag‘irlab o‘suvchi palakli o‘simlik. Barglari yuraksimon, besh bo‘lakli, o‘tkir burchakli. Gullari ayrim jinsli. Changchi gullari shingil, urug‘chilari esa yakka - yakka joylashgan. Gullari barg qo‘ltig‘ida hosil bo‘ladi. Gajagi oddiy, mevasi cho‘ziq, uch uyali. Bu avlodi 30 tur kiradi. Afrika va Osiyoning issiq mamlakatlarida tarqalgan. Ekiladigan bodringning (C. sativus) yovvoyilari noma’lum. Vatani quyi Hindiston va Hindixitoy, navlari ko‘p, mevasi yangiligida yeyiladi.
Qozonyuvgich - Luffa. Mazkur avlod vakillari bir yillik o‘tsimon o‘simlik. Poyasidagi gajaklari bilan ilashib o‘suvchi gullari sariq, oq rangli. Mevasi cho‘ziq, uch uyali, quruq meva. Qozonyuvgichlarning 7 turi ma’lum, 2 turi mochalka sifatida o‘stiriladi. 
Xo‘jalikdagi ahamiyati
Bu oilaga kiruvchi o‘simliklarning ko‘pchiligi oziq-ovqat, yem-xashak, dorivor va manzarali o‘simliklar sifatida ishlatiladi. Bu oila vakillarining urug‘larida moy bo‘lishi, barcha organ va to‘qimalarida achchiq glikozidlar: golotsintin, brionin, brinoidin, alkaloidlardan xomen, emetin va xar xil organik kislotalarning bo‘lishi bilan xarakterlanadi.
Karamdoshlar - Brassicaceae.
Bu katta oilaga bir yillik va ko‘p yillik o‘t o‘simliklar kiradi, ba’zan chala butalar ham uchraydi. Barglari oddiy yoki qirqilgan bo‘lib, navbat bilan joylashgan. Yonbargchalari bo‘lmaydi. Guli aktinomorf bo‘lib, zigomorflari kam uchraydi. Ular 2 jinsli, nektardonli bo‘ladi. Gullarining rangi ko‘pincha sariq yoki oq bo‘lib, pushti va gunafsha ranglilari ham uchraydi. Gullari shingil va ro‘vak to‘pgullarga to‘planadi. Kosachalari 4 ta kosacha bargdan tashkil topgan, barglari barvaqt to‘kilib ketadi. Gultojilari krest shaklida joylashgan to‘rtta tojbargdan iborat. Shunga ko‘ra bu oila krestguldoshlar deb ataladi. Gulining changchilari 6 ta, ulardan 2 tasi boshqalariga nisbatan kaltaroq bo‘lib,tashqi doirada, qolgan 4 ta uzunrog‘i ichki doirada bo‘ladi 4 ta uzun changchi dastlabki ikkita otalikning bo‘linishidan vujudga kelganligi aniqlangan. Urug‘chilari ikkita mevacha barglarining qo‘shilib o‘sishidan hosil bo‘lgan, tugunchalari ustki, ikkita soxta uyalidir. Tugunchalarning soxta uyali deb atalishiga uya ichida soxta uzala devorcha borligi sabab bo‘lgan. Bu oila vakillarining ko‘pchiligi hashoratlar yordamida changlanadi, lekin o‘z-o‘zidan changlanadigan turlari ham bor. Mevalari qo‘zoq yoki qo‘zoqchalar bo‘lib, ikki pallaga bo‘linib ochiladi. Ikkala palla o‘rtasida urug‘li yupqa parda bo‘ladi. Urug‘ida endosperm bo‘lmaydi, ammo moy kup to‘planadi. Tarkibida glyukozidlarning bo‘lishi krestguldoshlarning xarakterli belgilaridir. Yopiq urug‘li o‘simliklarning eng yirik oilalaridan biri bo‘lgan krestguldoshlar 380 avlod, 3000 dan ko‘proq turi bo‘lib, ular asosan Shimoliy yarim sharning mo‘tadil va sovuq iqlimli oblastlarida tarqalgan. Bu oilaning eng muhim va keng tarqalgan avlodi quyidagilar: karam (Brassica), brokva (Brassica napus), turp (Raphanus), o‘sma (Isatis), katranlar (Crambe), kapsella (Capsella)
Karamlar taxminan 50 turdan iboratdir. Ular 1-2 va ko‘p yillik o‘t o‘simliklardir. Bu turkumga bargi yeyish uchun ovqatga ishlatiladigan, qimmatbaho sabzavot yoki urug‘i moy beradigan o‘simliklar kiradi.
Butgullilarning bir qancha vakillari ekin va polizlarda begona o‘t sifatida uchraydi. Masalan, qo‘zoq tugadigan turlaridan gulyavnika (sisymbrium), jeltushnik (Erysimum cheiran thoides), surepka (Barbarea vulgaris), yovvoyi sholg‘om (Raphanus raphanistrum) turlari, mevalari qo‘zoqcha turlaridan: jag‘-jag‘ (achimbiti, Capsella bursa pastoris), yarutka (Thlaspi arvese), rijik(Camelina), ikotnik (Berteroa incana), momosirka (Draba) ning ba’zi turlari shular jumlasidandir.
Bizda o‘sadigan butgulli begona o‘tlarning ko‘pchiligi bir yillik o‘simlik bo‘lib, vegetativ yo‘l bilan ko‘paymaydi, ularga qarshi kurashishning qiyinligi, asosan ularning urug‘dan tez ko‘payishiga bog‘liq. Masalan, bir tup jag‘-jag‘ 2 mingdan 70 mingtagacha urug‘ tugsa, Descurainia sophia ning bir tupi 6 mingdan 110 mingtagacha, hatto (juda katta tuplari) 770 mingtagacha urug‘ tugadi.
Eng zararli o‘tlarning biri surepka (Barbarea vulgaris) dir, bu o‘t ba’zan dalani boshdan -oyoq qoplab oladi. Surepka ikki yillik o‘simlik, ammo ba’zan ildiz bachkilari bilan ko‘payadigan ko‘p yillik o‘t holiga kiradi. Uning shu jihati ko‘p urug‘ tugishi bilan birga qo‘shilib, tez ko‘payishini ta’minlab beradi. Shuning bilan birga surepkadan arilar anchagina asal ham yig‘adi. Surepkaning gullari hunarmandchilikda shoxini sariq rangga bo‘yashda ishlatiladi. O‘ziga xos begona o‘tga rijik misol bo‘la oladi. Rijik avlodining ba’zi turlari noksimon dumaloq qo‘zoqcha va moy olish uchun ekiladi.


Yüklə 66,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə