Ranoguldoshlar (kosaceae) soyabonguldoshlarp(aplaceae), gazandoshlar urticaria gulxayridoshlar reja



Yüklə 66,49 Kb.
səhifə2/7
tarix21.10.2023
ölçüsü66,49 Kb.
#129341
1   2   3   4   5   6   7
RANOGULDOSHLAR (KOSACEAE) SOYABONGULDOSHLARP(APLACEAE), GAZANDOSHLAR URTICARIA GULXAYRIDOSHLAR

Dalachoy avlodi (Hypericum).
Bu avlod vakillari o‘t yoki chala buta o‘simliklaridir. Ularning barglari qarama-qarshi joylashgan, qariyb bandsiz. Gullari sariq, kosacha va tojbarglari 5 tadan, otaliklari cheksiz, tagi qo‘shilib o‘sgan. Mevasi 3 uyali ko‘sakcha, urug‘i ko‘p va endospermsizdir. Dalachoyning 3 turi O‘zbekiston florasida uchraydi.
Dalachoy (H perforatum)
Bu ham qizilpoycha turga o‘xshash. Uning tojbarglari 15-20 mm bo‘lib, otaligi gultojidan qisqa bo‘ladi. U keng tarqalgan o‘t bo‘lib, ko‘proq bedapoyalarda va bog‘larda begona o‘t sifatida o‘sadi.
Qizilpoycha (H. Scabrum)
Bu bo‘yi 20-40 sm keladigan tanasining hammasi g‘adir budur, ildizlari yeg‘ochlangan ko‘p yillik o‘tdir. Uning gullari sariq, otaliklari tojbarglardan uzunroq, adir va tog‘larning yon bag‘rlarida tarqalgan.
Xo‘jalikdagi axamiyati.
Bu oila vakillari orasida foydali turlari ko‘p. Ammo ularning dalachoylar avlodidan boshqa hammasi tropik mamlakatlarda tarqalgan. Ularning bargida efir moylari juda ko‘p bo‘ladi. Bulardan tashqari oshlovchi, oq bo‘yoq bo‘luvchi moddalar ham uchraydi. Dalachoy tunda beixtiyor siyish kasaligiga duchor bo‘lgan bolalarga yotish oldidan uning bir stakan damlamasi ichiriladi.
Qovoqdoshlar oilasi - Sucurbitaceae.
Bu oila vakillari asosan bir yillik va ko‘p yillik o‘rmalab o‘suvchi o‘t o‘simliklar, ba’zan chala buta, buta va kichik daraxtlardir. Ularning barglari oddiy,navbatlashib o‘rnashgan, ko‘pincha bo‘lakchali yoki anchagina o‘yilgan, yonbargchalari bo‘lmaydi.
Ilashuvchi poyalarida barg qo‘ltig‘idan chiqqan oddiy yoki murakkab gajaklari bo‘ladi, bular shu vositasi bilan tayanchlarga ilashadi. Gullari yolg‘iz yoki barg qo‘ltig‘idan to‘p bo‘lib chiqadi. Ko‘pincha 1 jinsli , aktinomorf,va 4 doirali. Gulqo‘rg‘on a’zolari doirada 5 tadan bo‘lib joylashadi. Gultojisi tutash, kamdan-kam hollarda ayrim-ayrim tojbargdan iborat. Changchisi 3-5 ta bo‘lib, ular o‘zaro har xil birikib o‘sgan yoki erkin (yakka-yakka) bo‘ladi. Onaligi 2-5 ko‘pincha 3 mevabargli bo‘ladi. Tugunchasi ostki,3 uyali va ko‘p urug‘ kurtakli. Mevasi yirik rezavor (qovoq deb ataladi), kamdan-kam xolda ko‘sak mevadir. Urug‘i endospermsiz bo‘ladi.
Qovoqdoshlar 90 avlod 760 turdan iborat bo‘lib yer sharining tropik va subtropik mamlakatlarida tarqalgan. Gullari shakliga qarab bu oila qo‘ng‘iroqdoshlar va voronkadoshlar oilachalariga bo‘linadi.
Qo‘ng‘iroqdoshlarga tubandagi avlodlar kiradi.
Qovoq avlodi (Sucurbita).
Bular bir yillik va ko‘p yillik o‘rmalab o‘suvchi o‘simliklardir. Palagi yirik, poyasining ichi bo‘sh bo‘ladi. Gajaklari sershox, guli ayrim jinsli, qo‘ng‘iroqsimon va sariq rangli. Qovoqlar Janubiy Amerikadan kelib chiqqan. Bu turkumni 13 turi bor. Shunda 3 turi ekiladi: Kartoshka qovoq (C. maxima)
Meva bandi va palagi silindrsimon. Mevasi juda yirik bo‘lib-og‘irligi 60-80 kg ga yetadi. Bu turning ovqatga ishlatiladigan, yem-xashak va manzarali o‘simlik sifatida ekiladigan navlari bor.
Oddiy qovoq (C.pepo)
Buning palagi va meva barglari o‘tkir qirrali bo‘ladi. Oddiy qovoqning palak bermay tanasi to‘p bo‘lib o‘sadigan va mevasi cho‘ziq silindrik xili "kabachki" , yassi mevali xili patison deb ataladi.
Oshqovoq (C. moschata) Pallali o‘tmas silindr, uzun bo‘lib, mevabandi qirrali. Voronkadoshlarga quyidagi avlodlar (turkumlar) kiradi.
Qovunlar (Cucumis), bodringlar (Cucumis) tarvuzlar (Citrullus), qozonyuvgichlar (Luffa) va boshqalar.

Voronkadoshlar quyidagi avlodlar kiradi:
Tarvuz - Citrallus. Poyasi palakli, tana barglari tuklar bilan qoplangan, bir va ko‘p yillik. Barglari ikki qayta patsimon qirqilgan. Gajaklari 2-3 bo‘lakchali. Gullari 2 jinsli, mayda, sarg‘ish. Mevasi ko‘p urug‘li, sersuv, soxta meva. Unga 7 tur kiradi. Afrika va Osiyoning cho‘l va chala cho‘llarida tarqalgan. Ayrim turlari Afg‘oniston va Hindistonda yovvoyi holda o‘sadi. Tarvuz avlodining 2 turi ekib o‘stiriladi.

Yüklə 66,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə