Raqamli texnologiyalar fakulteti mc office dasturlaridan foydalanish mavzusidan mustaqil ish



Yüklə 2,4 Mb.
səhifə4/7
tarix04.06.2023
ölçüsü2,4 Mb.
#115396
1   2   3   4   5   6   7
1-mavzu kompyuter haqida tushuncha

Nisbiy murojaatda formula nusxasidagi katakchalar adreslari nusxa joylashtirilayotgan katakchaga mos holda o'zgaradi. Masalan, A2 katakchadagi “=A1+B4” yig'indining A3 katakchaga nusxasi “=A2+B5”, A7 katakchaga nusxasi “=A6 + B9”, F17 katakchaga nusxasi “=D16+E19” kabi o'zgarib joylashadi.
Absolyut murojaatda katakcha adresi o'zgarmaydi.Elektron jadvallarda absolyut adres xususiyatini ifodalash uchun maxsus belgidan (Excelda - $) foydalaniladi. Masalan, A2 katakchadagi “=Al + $B$4” yig'indining F17 katakchaga nusxasi “=D16+$B$4”, C7 katakchadagi “=B3 - C$6” ayirmaning F9 katakchaga nusxasi “=E5 - F$6”, L11 katakchadagi “=D6*$C3” ko'paytmaning M14 katakchaga nusxasi “=E9*$C6” kabi joylashadi. Bundan ko'rinadiki, $ belgisi qo'yilgan ustun yoki satr nusxa ko'chirilganda o'zgarmay qolar ekan.





Son— raqam belgilaridan iborat (birinchi belgisi "" bo'lishi mumkin, orasida faqat bitta "," (o'nli kasrning butun va kasr qismlarini ajratuvchi) belgisi bo'lgan ketma-ketlik. Misollar: 3; -5, 1234; 10,01. Kiritilayotgan son katakcha kengligiga sig'masa, u holda Excel uni turiga qarab eksponensial yoki "########" ko'rinishda ifodalaydi.
Formula — katakchaga kiritilayotgan "=" (tenglik) belgisidan boshlangan ketma-ketlikdir. Formulada sonlar, katakcha adreslari va funksiyalar arifmetik amallar orqali bog'lanadi. Misollar: =A1+7*B2,
= 45*SIN(B2)11/C1
Matn — katakchaga kiritilgan ketma-ketlik son ham, formula ham bo'lmagan hol.Bu holda Excel uni matn deb tushunadi.Matnli ma'lumotning faqat katakcha kengligidagi qismi ko'rinib turadi.Matnning ko'rinmayotgan qismini formulalar satridan yoki katakchani kengaytirib ko'rish mumkin. Bir katakchaga bir necha satrdan iborat matnni kiritish uchun quyidagilardan birini bajarish kerak:
a) har bir satr oxirida Alt + Enter klavishlari birgalikda bosiladi;
b) katakcha formati bo'limining Tekislash (Выравнивание) bo'limidan So'zlarni to'liq ko'chirish (nepeноситьпословам) xususiyati tanlanadi.
Har bir katakcha ustun va satrning tartibidan kelib chiqqan holda o`zining adresi(nomi)ga ega bo`ladi. Masalan A1, X2, A3, T4,S AZ1963, …. Jadvaldagi belgilangan (hoshiyali) katakcha joriy katakcha deyiladi. Elektron jadvaallarda yana katakchalar bloki tushunchasi bo`lib, u katakchalardan iborat ixtiyoriy to`rtburchak yoki to`rtburchaklar to`plamidir. Masalan, A5:B7 — bloki A5,A6,A7,B5,B6,B7 katakchalarni o`z ichiga oladi. Excelda katakchaga nom berish imkoniyati ham bor. Buning uchun katakchani belgilab, Joylashtirish menyusining Nom – berish (Имя - присвоить) buyrug`I tanlanadi va nom kiritiladi.






Yüklə 2,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə