Raqamli texnologiyalarni o‘quv jarayoniga joriy etishning zamonaviy holati va istiqbollari



Yüklə 18,5 Kb.
səhifə1/2
tarix11.12.2023
ölçüsü18,5 Kb.
#144084
  1   2
Raqamli texnologiyalarni o


"Raqamli texnologiyalarni o‘quv jarayoniga joriy etishning zamonaviy holati va istiqbollari" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumani axborot xati
Demak 2018-2019 o‘quv yili uchun asosiy ko‘rsatkichlari quyidagicha:
Umumiy maktablar soni: 9691ta
Shundan:
- boshlang‘ich maktab: 16 ta
- o‘n yillik maktab: 9584 ta
- vazirlik xuzuridagi maktablar: 6ta
- maxsus maktablar: 86 ta.
Umumiy o‘quvchilar soni: 5821861 nafar
Prezidentning 2023-yil 26-maydagi farmoniga muvofiq, yangi o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining boshlang‘ich sinflarida informatika fani, xususan, 1-sinfdan informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qitilishi belgilangan. Vazirlik matbuot xizmati xabarida qayd etilishicha, mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida barcha umumta’lim maktablarining kompyuter sinfxonalarini qayta jihozlashga doir xatlov jarayonlari boshlandi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas’ul xodimlari tomonidan olib borilayotgan o‘rganishlar davomida kompyuter sinfxonalarining moddiy-texnik bazasi ko‘zdan kechiriladi. Yakuniy xulosalar asosida tegishli maktablar zamonaviy kompyuter jihozlari bilan to‘liq ta’minlanadi
Jumladan, Toshkent shahridagi maktablarning barcha kompyuter xonalari ham xatlovdan o’tkazilib, mavjud 335 ta maktabdan 258 tasida kompyuter jihozlariga ehtiyoj mavjudligi aniqlangan.
Ushbu ehtiyojni qoplash maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan maktablarga 304 dona kompyuter sinfxonalari to‘plami jo‘natilmoqda. Har bir to‘plam 16 ta kompyuter, 1 dona printer, konditsioner, interaktiv doska va serverdan tashkil topgan.
O‘zbekistonda yangi o‘quv yilidan 1-sinf o‘quvchilari uchun informatika va axborot texnologiyalari fani joriy etiladi. 
Bu haqda maktabgacha va maktab ta’limi vazirining "Umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun 2023/2024-o‘quv yiliga mo‘ljallangan tayanch o‘quv rejani tasdiqlash to‘g‘risida"gi buyrug‘ida keltirib o‘tilgan. Unga ko‘ra, Respublika ta’lim markaziga bir oy muddatda tayanch o‘quv reja asosida tegishli taqvim-mavzu rejalarini ishlab chiqish, bir hafta muddatda 1-sinf informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitish metodikasi, o‘quv dasturi, davlat ta’lim standartlari va taqvim-mavzu rejalarini amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha vazirlikka taklif kiritish topshirildi.
2020/2021- o‘quv yili boshiga kompyuter sinflariga ega bo‘lgan umumta'lim muassasalari soni 9923 tani tashkil etgan.Mazkur umumta'lim muassasalarida jami 13240 ta kompyuter sinflari mavjud.

Yüklə 18,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə