|
![](/i/favi32.png) Raqamli texnologiyalarning Yangi O‘zbekiston rivojiga ta’siriRAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING15-8-PB (1)
RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING
YANGI
O‘ZBEKISTON
RIVOJIGA
TA’SIRI
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi
✓
To‘rtinchidan yangi bozorlarga kirish imkoniyati. Bu bizga internet va elektron tijorat
platformalari korxonalar uchun yangi mijozlarga erishish va yangi bozorlarga chiqib savdo
faoliyatini osonlashtiradi.
✓
Beshinchidan tadbirkorlik faoliyatida ma’lumotlarni tahlil qilish. Bunda AT vositalari
korxonalarga mijozlarning xatti-
harakati, bozor tendentsiyalari va boshqa omillar to‘g‘risidagi
ma’lumotlarni to‘plash va tahlil qilishda yordam berishi mumkin. Bu tadbirkorlik subyektlariga
ko‘proq asosli qarorlar qabul qilish va o‘z faoliyatini yaxshilash imkonini beradi.
Mamlakatimizda ham oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishda 2023-
yildagi “Oila
viy
tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini qo‘llab
-
quvvatlashni yangi bosqichga olib chiqishga doir qo‘shimcha chora
-
tadbirlar to‘g‘risidagi”
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ
-39-sonli qarorida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish
loyihalariga 13 trillion so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.
Bunda, tadbirkorlik faoliyati dasturlari doirasida
2,8 trillion so‘m kredit mablag‘lari aksiyadorlik
-
tijorat Xalq banki, “Agrobank” ATB va
“Mikrokreditbank” ATB ning o‘z res
urslari hisobidan ajratildi
39
.
Shuning mamlakatimizda IT sektori korxonalarni bugungi raqamli iqtisodiyotda o‘sish va
muvaffaqiyatga erishishga yordam beradigan bir qator vositalar va imkoniyatlar bilan ta’minlashi
mumkin.
MAVZUGA DOIR ADABIYOTLAR TAHLILI
Biz adabiyotlar tahlilida bir qancha xorij va mamlakatimiz olimlarining ilmiy izlanishlari
o‘rganildi. Birinchi maqolada Avstraliya biznesidagi axborot texnologiyalarining o‘rni va ta’siri
qandayligini o‘rganishda Avstraliyadagi eng yaxshi 530 ta tashkilot
Amrik S. Sohal va Lionel Ng
tomonidan o‘rganishda olingan natijalar keltirildi Bu tashkilotlar ATdan raqobatbardosh
muammolarni hal qilish uchun strategik vosita sifatida foydalanish yoki foydalanmasligini aniqlash
uchun o‘tkazildi. Ushbu tadqiqotni olib
borish quyidagi savollarga asosan olib borildi:
✓
tashkilotlar o‘zlarining AT investitsiya rejalarini strategik rejalashtirish bilan qanchalik
moslashtirgan?
✓
AT strategiyalari qanchalik yaxshi shakllantirilgan?
✓
AT tizimlari qanchalik yaxshi tatbiq etilgan v
a muvaffaqiyatning muhim omillari va to‘siqlari
qanday?
✓
tashkilotlar haqiqatan ham IT investitsiyalaridan foyda olganmi yoki olmaganmi?
Tadqiqotni o‘rganish natijasida ba’zi tashkilotlarda axborot texnologiyalardan noto‘g‘ri
foydalanilganligi aniqlandi. Bunga sabab sifatida quyidagilar keltirildi:
✓
biznes strategiyasi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lmagan IT strategiyasi;
✓
tarixiy IT tuzilmasi o‘zgarmasligi;
✓
IT salohiyatini tushunmaslik;
39
“OILAVIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH DASTURL
ARI DOIRASIDA AHOLINING BIZNES TASHABBUSLARINI
QO‘LLAB
-
QUVVATLASHNI YANGI BOSQICHGA OLIB CHIQISHGA DOIR QO‘SHIMCHA CHORA
-TADBIRLAR
TO‘G‘RISIDA” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ
-39-sonli qarori
https://lex.uz/uz/docs/-6374137
|
|
|