Raqamli va axborot texnologiya fanidan mustaqil ishi mavzu



Yüklə 93,73 Kb.
səhifə2/13
tarix22.03.2024
ölçüsü93,73 Kb.
#182928
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Мавзу мустакил иш охиргиси Кириллча

Masofaviy ta’lim – muayyan nuqtadan axborot-kommunikatsiya vositalari (video, audio, kompyuter, multimedia, radio, televideniye
va b.) yordamida ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish, ta’limiy mahsulotlarni tarqatish va yetkazib berishdagi an’anaviy hamda innovatsion shakl, metod, vositalarga asoslangan holda ta’lim resurslaridan foydalanishga yo‘naltirilgan ta’lim
Masofaviy ta’lim masofadan turib o‘qitish bo‘lib, bunda o‘qituvchi
va ta’lim oluvchi o‘rtasida masofa mavjud bo‘ladi. Masofaviy ta’limda o‘quv jarayonlari zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar yordamida amalga oshiriladi.
Masofaviy ta’limda talaba va o‘qituvchi fazoviy bir-biridan ajralgan holda o‘zaro maxsus yaratilgan o‘quv kurslari, nazorat shakllari, elektron aloqa
va Internetning boshqa texnologiyalari yordamida doimiy muloqotda bo‘ladilar. Internet texnologiyasini qo‘llashga asoslangan masofaviy o‘qitish jahon axborot ta’lim tarmog‘iga kirish imkonini beradi, integratsiya va o‘zaro aloqa tamoyiliga ega bo‘lgan muhim bir turkum yangi funksiyalarni bajaradi.
Masofaviy ta’limning o‘ziga xos jihati ta’lim oluvchilarga mustaqil bilim olish imkoniyati berilishidir. Masofaviy ta’lim jarayonida ta’lim oluvchilar barcha turdagi axborot-kommunikatsiya vositalardan keng foydalanadilar.
Masofaviy ta’limda yuqoridagi kabi turli axborot vositalari
va texnologiyalaridan, jumladan, Internetdan faol foydalaniladi. Internetning quyidagi jahatlari uning masofaviy ta’limda samarali qo‘llanilishini belgilab beradi:
– axborot uzatish, axborotlarga o‘zgartirishlar kiritish jihatlari;
– Internetdan olingan axborotni saqlash, chop etish, unga o‘zgartirishlar kiritish imkoniyati borligi;
– multimediali axborot va tezkor teskari aloqa yordamida interfaollikning ta’minlanishi;
– turli ma’lumotlar bankiga kirish mumkinligi;
– elektron konferensiya, audiokonferensiya va videokonferensiyalar o‘tkazish imkoniyati;
– internetga ulangan boshqa insonlar bilan masofaviy suhbatga kirishish imkoniyati borligi;
– elektron konferensiya orqali savollarga javob olish mumkinligi;
– olingan axborotlarni fleshkada saqlash hamda kerakli vaqtda va joyda ushbu axborotlarni ishlatish mumkinligi.
Masofaviy ta’lim quyidagi tamoyillar asosida tashkil etilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi:

  • Interfaollik tamoyili;

  • Individuallik tamoyili;

  • Ta’limning aniq vaqtga asoslanganligi tamoyili;

  • Identifikatsiyalash tamoyili;

  • Boshlang‘ich bilimlarga egalik tamoyili;

  • Ta’limning oshkoraligi va o‘zgaruvchanligi tamoyili;

  • Zamonaviy AKTni qo‘llashning pedagogik maqsadga egaligi
    va boshqalar.

Yuqoridagilarni xulosa qilib shuni aytish mumkinki, masofaviy ta’lim elementlarini ta’lim muassasalariga joriy etilishi har tomonlama foyda keltiradi. Oliy ta’lim tizimida bu kompleksni joriy qilish uchun barcha shartsharoitlar mavjud.

Yüklə 93,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə