13 – modda. Jismoniy shaxslarning shaxsiga taalluqli ma’lumotlar to’g’risidagi axborotni o’z ichiga olgan axborot resurslari
Jismoniy shaxslarning shaxsiga taalluqli ma’lumotlar to’g’risidagi axborotni o’z ichiga olgan axborot resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Jismoniy shaxslarning shaxsiga taalluqli ma’lumotlar to’g’risidagi axborot maxfiy axborot toifasiga kiradi.
14 – modda. O’zlari to’g’risidagi ma’lumotlarni ichiga olgan axborot resurslaridan Yuridik va jismoniy shaxslarning erkin foydalanishi
Yuridik va jismoniy shaxslar o’zlari to’g’risidagi ma’lumotlarni ichiga olgan axborot resurslaridan erkin foydalanish, mazkur ma’lumotlarning to’liqligi hamda to’g’riligini ta’minlash maqsadida ularga aniqliklar kiritish huquqiga ega.
O’zlari to’g’risidagi ma’lumotlarni ichiga olgan axborot resurslaridan Yuridik va jismoniy shaxslarning erkin foydalanishi qonun bilan cheklanishi mumkin.
Yuridik va jismoniy shaxslarga o’zlari to’g’risidagi ma’lumotlarni ichiga olgan axborot resurslaridan erkin foydalanishni axborot resurslarining mulkdori yoki egasi rad etganligi ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |