Raqamli va Axborot texnologiyalarining tushunchasi va tasnifi Reja



Yüklə 337,19 Kb.
səhifə44/65
tarix15.05.2022
ölçüsü337,19 Kb.
#87077
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   65
1 ma'ruza Raqamli va Axborot texnologiyalarining tushunchasi 030322113706

16 – modda. Axborot tizimlaridan bitimlar tuzishda foydalanish

Yuridik va jismoniy shaxslar o’rtasida bitimlar tuzishda axborot tizimlaridan foydalanish qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.



17 – modda. Axborot tizimlarining texnika vositalarini sertifikatlashtirish

Axborot tizimlarini tashkil qiluvchi texnika vositalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sertifikatlashtirilishi kerak.

Davlat organlari axborot tizimlarining, tarmoq va hududiy axborot tizimlarining, Yuridik hamda jismoniy shaxslar axborot tizimlarining davlat sirlari yoki maxfiy axborotni o’z ichiga olgan axborotni ishlovdan o’tkazish uchun mo’ljallangan texnika vositalari, Shuningdek mazkur tizimlarni muhofaza qilish vositalari majburiy sertifikatlashtirilishi lozim.

18 – modda. Axborot tizimlarining tarmoqlararo bog’lanishi

Axborot tizimlarining tarmoqlararo bog’lanishi turli axborot tizimlari o’rtasida axborot almashish uchun amalga oshiriladi.

Belgilangan normalar va qoidalarga muvofiq o’zaro tarmoqlararo bog’lanish imkoniyatini axborot tizimlarining mulkdorlari, egalari ta’minlaydi.

Turli axborot tizimlarining tarmoqlararo bog’lanishi axborot tizimlarining mulkdorlari, egalari o’rtasidagi shartnoma asosida amalga oshiriladi.

Tarmoqlararo bog’lanishni amalga oshirish hamda turli axborot tizimlarining o’zaro aloqada bo’lish tartibi va shartlari maxsus vakolatli organ tomonidan belgilanadi.

19 – modda. Axborot resurslari va axborot tizimlarini muhofaza qilish

Axborot resurslari va axborot tizimlarini muhofaza qilish quyidagi maqsadlarda amalga bshiriladi:

shaxs, jamiyat va davlatning axborot xavfsizligini ta’minlash;

axborot resurslarining tarqalib ketishi, o’g’irlanishi, yo’qotilishi, buzib talqin etilishi, to’sib qo’yilishi, qalbakilashtirilishi va ulardan boshqacha tarzda ruxsatsiz erkin foydalanilishining oldini olish;

axborotni yo’q qilish, to’sib qo’yish, undan nusxa olish, uni buzib talqin etishga doir ruxsatsiz harakatlarning hamda axborot resurslari va axborot tizimlariga boshqa shakldagi aralashishlarning oldini olish;

axborot resurslaridagi mavjud davlat sirlari va maxfiy axborotni saqlash.



20 – modda. Axborot resurslari va axborot tizimlari muhofaza qilinishini tashkil etish

Axborot resurslari va axborot tizimlari, agar ular bilan g’ayriqonuniy munosabatda bo’lish natijasida axborot resurslarining yoki axborot tizimlarining mulkdorlariga, egalariga yohud boshqa Yuridik hamda jismoniy shaxslarga zarar etkazilishi mumkin bo’lsa, muhofaza qilinishi kerak.

Davlat organlari, Yuridik va jismoniy shaxslar davlat sirlari hamda maxfiy sirlar to’g’risidagi axborotni o’z ichiga olgan axborot resurslari va axborot tizimlarining muhofaza qilinishini ta’minlashi shart.

Axborot resurslari va axborot tizimlari muhofaza qilinishini tashkil etish tartibi ularning mulkdorlari, egalari tomonidan mustaqil belgilanadi.

Davlat sirlari hamda maxfiy sirlar to’g’risidagi axborotni o’z ichiga olgan axborot resurslari va axborot tizimlarining muhofaza qilinishini tashkil etish tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

21 – modda. Xalqaro axborot tarmoqlariga ulanish

Davlat organlari, Yuridik va jismoniy shaxslar o’z axborot tizimlarini xalqaro axborot tarmoqlariga hamda Internet jahon axborot tarmog’iga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ulashi mumkin.

Erkin foydalanilishi cheklab qo’yilgan axborot resurslarini o’z ichiga olgan axborot tizimlarining xalqaro axborot tarmoqlariga hamda Internet jahon axborot tarmog’iga ulanishi faqat zarur muhofaza choralari ko’rilganidan keyin amalga oshiriladi.


Yüklə 337,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə