elektron hujjat – elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan hamda elektron hujjatning uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan boshka rekvizitlariga ega bo’lgan axborot.
4 – modda. Elektron raqamli imzodan foydalanish sohasini davlat tomonidan tartibga solish
Elektron raqamli imzodan foydalanish sohasini davlat tomonidan tartibga solishni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va u maxsus vakolat bergan organ amalga oshiradi.
5 – modda. Maxsus vakolatli organ
Maxsus vakolatli organ:
elektron raqamli imzodan foydalanish standartlari, normalari va qoidalarini ishlab chiqadi;
elektron raqamli imzolar kalitlarini ro’yxatga olish markazlarini (bundan buyon matnda ro’yxatga olish markazi deb yuritiladi) davlat ro’yxatidan o’tkazadi;
ro’yxatga olish markazlari vakolatli shaxslariga tegishli elektron raqamli imzolar kalitlari sertifikatlarining yagona davlat reestrini yuritadi hamda Yuridik va jismoniy shaxslarning undan erkin foydalana olishini ta’minlaydi;
ro’yxatga olish markazlarining vakolatli shaxslariga elektron raqamli imzolar kalitlari sertifikatlarini beradi;
Yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatiga binoan ro’yxatga olish markazlari vakolatli shaxslarining elektron raqamli imzosi haqiqiyligini tasdiqlaydi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Dostları ilə paylaş: |