7-bob. Ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari
40. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari quyidagilardan iborat:
tarbiyalanuvchilar;
pedagog xodimlari;
tibbiyot xodimlari va boshqa xodimlar;
bolaning qonuniy vakillari.
41. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot tarbiyalanuvchilari quyidagi huquqlarga ega:
bepul maktabgacha ta’lim olish;
reabilitatsiya va tibbiy xizmatlardan foydalanish;
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan dori-darmonlar ro‘yxatiga asosan dori vositalari bilan bepul ta’minlanish;
O‘zbekiston Respublikasida tasdiqlangan sanitariya qoidalari va me’yorlariga muvofiq ovqatlanish.
Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot tarbiyalanuvchilarining boshqa huquq va majburiyatlari qonun hujjatlari va Ixtisoslashtirilgan tashkilot ustaviga muvofiq belgilanadi.
42. Tegishli ixtisoslashtirilgan ma’lumotga, kasbiy tayyorgarlikka, yuksak axloqiy xislatlarga ega shaxslar Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda pedagogika faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga ega.
43. Bolaning qonuniy vakillari ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotning ta’lim-tarbiya faoliyati, o‘z farzandiga berilayotgan ta’lim va ko‘rsatilayotgan reabilitatsiya yordami bilan ushbu tashkilotning ishiga aralashmay tanishish huquqiga ega.
Dostları ilə paylaş: |