Reaksiyalarning tartibi va molekulyarligini aniqlash. Kimyoviy reaksiyaning tezligi


Reaksiya tartibi va molekulyrligini aniqlash



Yüklə 35,61 Kb.
səhifə2/2
tarix22.03.2024
ölçüsü35,61 Kb.
#184043
1   2
Elektrokimyoviy jarayonlar

Reaksiya tartibi va molekulyrligini aniqlash.
O‘zgarmas haroratda reaksiyaning kinetik tenglamasini chiqarish uchun
reaksiyada ishtirok etayotgan moddalardan birortasining konsentrasiyasi vaqtga
bog‘liqligini o‘rganish kerak. Buning uchun (2) tenglamasidan foydalanamiz.
Agarda (2) tenglamani integrallasak konsentrasiya bilan vaqt o‘rtasidagi o‘zaro
bog‘liqlik kelib chiqadi. Olingan natijalarni amaliy yo‘l bilan aniqlangan
konsentrasiyaning (Ci) vaqtga bog‘liqlik egrilari bilan taqqoslash orqali reaksiya tartibi aniqlanadi.
Birinchi tartibli reaksiyalar. Bunday reaksiyalarga radioaktiv parchalanish, izomerlanish, moddalarning gaz fazasida parchalanishi va boshqalarni misol qilib keltirish mumkin.Sxematik ravishda quyidagi reaksiya tenglamasini olaylik:
A → L + ......
(2) tenglamadagi moddalar konsentrasiyasi o‘rniga ularning mollar sonidan
foydalanaylik. Reaksiya boshlanmasdan avval V hajmda (t=0) A moddaning mollar soni a ga teng desak, t vaqt o‘tgandan so‘nggi mollar soni x ga teng. A moddaning vaqtdagi miqdori (a-x) molga teng bo‘ladi, natijada,

bo‘ladi, bunda va С lar dastlabki moddaning boshlang‘ich va t vaqtdagi
konsentrasiyalari.
Olingan natijalarni (2) bilan taqqoslasak,

kelib chiqadi. Monomolekulyar reaksiyalarda reaksiyadan so‘ng olingan moddaning miqdori dastlabki modda hajmiga bog‘liq bo‘lmaganligi sababli, yuqoridagi tenglamaga hajm kiritilgan emas. Agarda (3) ni quyidagicha yozsak

va uni 0 dan x va 0 dan t oraliqlarida integrallasak

hosil bo‘ladi. (5) dan birinchi tartibli reaksiya tezligi doimiysi k1 ni topish mumkin:

Reaksiya tezligi doimiysining o‘lchov birligi k1=с1-nt-1 dan n=1
bo‘lganda k1= t-1 bo‘ladi. Shuning uchun birinchi tartibli reaksiya tezlik doimiysi konsentrasiyani ifodalash o‘lchov birligiga bog‘liq bo‘lmaydi. Agarda reaksiyaga kirishayotgan moddalar konsentrasiyasining o‘zgarishini x1 bilan, hosil bo‘layotgan moddalar konsentrasiyasining o‘zgarishini x2 bilan belgilasak,
Yüklə 35,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə