Referat fan:­­­ ­­­­­­­­ Guruh



Yüklə 30,7 Kb.
səhifə4/4
tarix13.04.2023
ölçüsü30,7 Kb.
#105462
növüReferat
1   2   3   4
Rek.huquq. asos

Reklamaning turlari.

- Noto’gri reklama;


-Yashirin reklama;
- Qiyosiy reklama;
- Ijtimoiy reklamali axborot;
- Televidenie va radiodagi reklama;
- Bosma ommaviy axborot vositalaridagi reklama;
- Telefon va hujjatli elektron alokadan foydalaniladigan tarzdagi reklama;
- Tashqi reklama;
- Transportdagi va poshta junatmalaridagi reklama;
- Dori vositalari, tibbiy buyumlar, kosmetika va maishiy kimyo vositalari reklamasi;
- Tamaki, tamaki mahsulotlari va alkogolli ishimliklar reklamasi;
- Kurol-yarog reklamasi;
- Kimmatli kogozlar va aholining mablag’larini jalb etish bilan bog’liq xizmatlar reklamasi;
- Aksilreklama.

Noaniqligi, ikki xil ma'noni anglatishi, bo’rttirib yuborishi, yashirib ketishi oqibatida, reklamani tarqatish vaqti, joyi va usuliga nisbatan qo’yilgan talablarni va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa talablarni buzishi natijasida reklamadan foydalanuvchilarni chalg’ituvshi yoki chalg’itishi mumkin bo’lgan, shaxslarga, shuningdek davlatga zarar va ma'naviy zarar etkazishi mumkin bo’lgan reklama noto’gri (insofsiz, bilaturib yolgon) reklama hisoblanadi. Noto’gri reklama taqiqlanadi.

Reklamani noto’gri deb topish to’g’risidagi qarorni O’zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash davlat qo’mitasi yoki uning hududiy organlari (bundan buyon matnda vakolatli davlat organi deb yuritiladi) qabul qiladi. (O’zR 19.12.2005 y. URK-14-son Qonuni tahririda).

Yashirin reklama iste’molchining idrokiga uning o’zi anglamagan holda ta'sir o’tkazadigan, shu jumladan maxsus videoilovalardan (kuch ovozli yozuvdan) foydalanish yo’li bilan hamda boshqa usullar bilan ta'sir o’tkazadigan reklamadir. Yashirin reklamadan radio, tele, video, audio va kino mahsulotda, shuningdek boshqa mahsulotda foydalanishga va uni o’zga usullar bilan tarqatishga yo’l qo’yilmaydi.

Qiyosiy reklama-raqobatchiga yoki uning tomonidan taqdim etilayotgan muayyan bir turdagi mahsulotga bevosita yoki bilvosita aynanlashtiriladigan reklamadir. Agar reklamada mahsulotning moddiy, muhim, ishonchli xossalari xolisona va insofli taqqoslansa, agar bunda reklama undan foydalanuvchini chalg’itib qo’ymasa va chalgitib qo’yishi ham mumkin bo’lmasa, reklama beruvchi bilan raqobatchining shahsi yoki reklama beruvchining va raqobatchining tovar belgilari (xizmat ko’rsatish belgilari), firma nomi, mahsuloti aralashib ketmasa hamda raqobatchining ishonchlilik obro’sini yoki uning tovar belgisini (xizmat ko’rsatish belgisini), firma nomini, mahsuloti yoki faoliyatini badnom etmasa, qiyosiy reklamaga yo’l qo’yiladi.

Ijtimoiy reklamali axborot sog’likni saqlash, atrof muhitni muhofaza qilish, energiya resurslarini saqlab qolish, huquqbuzarliklarning oldini olish, aholini ijtimoiy himoya qilish va xavfsizligini ta'minlash, ma'naviyat va ma'rifat masalalariga doir axborot, shuningdek notijorat yo’sindagi boshqa axborotdir. Shaxslarning ijtimoiy reklamali axborotni tekinga tayyorlash va tarqatishga doir faoliyati, o’z mol-mulkini (shu jumladan pul mablag’larini) ijtimoiy reklamali axborot tayyorlash va tarqatish uchun boshqa shaxslarga berishi hayriya faoliyati deb e'tirof etiladi. Bunday shaxslar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlardan foydalanadilar. Faoliyati davlat byudjeti hisobidan tuliq yoki qisman moliyalashtiriladigan reklama tarqatuvchilar reklama uchun ajratilgan efir vaqtining (nashr maydonining) kamida 5 foizi hajmida ijtimoiy reklamali axborotni bepul joylashtirishi zarur.. Bu talab ko’rsatuvning (eshittirishning) ihtisoslashtirilgan reklamaviy kanallariga tatbiq etilmaydi. 45 minutdan ortiq davom etadigan konsert-tomosha va sport dasturlari, kino- va telefilmlar reklama uchun tuliq 45 minutlik vaqt oralig’ida ko’pi bilan bir marta uzib qo’yilishi mumkin. Reklama bu ko’rsatuvlarning (eshittirishlarning) boshlanishi oldidan va (yoki) ular tugaganidan so’ng joylashtirilishi ham mumkin. 10 minutdan kam davom etadigan teleko’rsatuvlarga (radioeshittirishlarga) umuman, 10 minutdan ortiq davom etadigan teleko’rsatuvlarga (radioeshittirishlarga) esa bu teleko’rsatuvlarning (radioeshittirishlarning) mualliflik huquqi egasi bilan kelishmasdan turib reklama joylashtirilishi mumkin emas.

Davlat anjumanlari va marosimlari olib ko’rsatilayotgan (eshittirilayotgan) paytda uni uzib turib reklamani ko’rsatish (eshittirish) taqiqlanadi. Bolalar davrasiga (un to’rt yoshgacha bo’lganlarga) mo’ljallangan ko’rsatuvlarda (eshittirishlarda) reklama taqiqlanadi. Bu taqiq ijtimoiy reklamali axborotga tatbiq etilmaydi. Dasturlarning reklama qismlari tovushini teleradiodasturning tovushiga nisbatan balandroq qilish taqiqlanadi. O’zR 30.08.2002 y. Qonuniga muvofiq beshinchi va oltinchi qismlari tegishlicha ettinchi va sakkizinchi qismlar deb hisoblansin.

Teleko’rsatuvlarning boshlovchilari, diktorlari va boshqa qatnashchilari reklama uchun ajratilgan vaqtdan tashqari paytda mahsulotni bilaturib namoyish qilish yoki uning iste'mol xususiyatlarini bevosita yoki bilvosita tavsiflash huquqiga ega emas. Televidenie va radio xodimlariga axborot niqobi ostida reklama bilan shugullanish, ya'ni mahsulot ishlab chiqaruvchining rekvizitlarini, joylashgan manzilini, telefon raqamini, mahsulotning tijorat belgilarini ko’rsatish taqiqlanadi.



Bosma ommaviy axborot vositalaridagi reklamaning hajmi, MAVZUsini shu ommaviy axborot vositalarining o’zlari mustaqil belgilaydi. Obuna bo’yicha tarqatiladigan bosma vositalar obuna shartlarida nashrning umumiy hajmidagi reklama miqdorini ko’rsatishlari shart.

Reklama yo’sinidagi xabarlar va materiallarni berib borishga ixtisoslashmagan davriy bosma nashrlarda reklama davriy nashr bir soni hajmining 40 foizidan oshib ketmasligi shart, qolgan reklama bepul ilova tarzida berilishi kerak.
Yüklə 30,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə