Referat fan:­­­ ­­­­­­­­ Guruh


Reklamaning maqsadi va vazifalari



Yüklə 30,7 Kb.
səhifə2/4
tarix13.04.2023
ölçüsü30,7 Kb.
#105462
növüReferat
1   2   3   4
Rek.huquq. asos

Reklamaning maqsadi va vazifalari.


  • Reklamaning maqsadi va vazifalari quyidagilardan iborat:

  • - yuridik va jismoniy shaxslar yoki mahsulotlar to’g’risida axborot oqimini shakllantirish;

  • - tadbirkorlik va iste'mol madaniyatini takomillashtirish;

  • - reklamaning davlat va jamoat manfaatlariga, ahloq va ma'naviyatning umum e'tirof etilgan normalariga, yuridik va jismoniy shaxslarning ishshanlik obrusiga, atrof muhit holatiga tajovo’zidan himoyalanish choralarini ta'minlash;

  • - mahsulotning harakteri, tayyorlanish usuli va joyi, iste'mol xususiyatlari, sifati va boshqa tavsiflari, uni realizatsiya qilish shartlariga ko’ra iste’molchilarni shalgitadigan yolgon yoki noaniq ma'lumotlar reklama vositasida tarqatilishining oldini olish.



  • Reklamaga qo’yiladigan asosiy talablar.

  • Qonuniylik, aniqlik, ishonchlilik, reklamadan foydalanuvchiga zarar, shuningdek ma'naviy zarar etkazmaydigan shakllar va vositalardan foydalanish reklamaga doir asosiy talablardir. Reklamada quyidagilar taqiqlanadi:

  • - ishlab chiqarilishi yoki realizatsiya qilinishi qonun hujjatlari bilan taqiqlangan mahsulot to’g’risida axborot tarqatish;

  • - jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeiga qarab, boshqa holatlarga ko’ra kamsitish yoki o’zga shaxslarning mahsulotini badnom etish;

  • - qonun hujjatlarining buzilishiga olib kelishi mumkin bo’lgan, fuqarolarning sog’ligi yoki hayotiga va atrof muhitga zarar yetkazuvchi yohud zarar yetkazishi mumkin bo’lgan, shuningdek xavfsizlik vositalariga e'tiborsizlik tuyg’usini uyg’otuvshi harakatlarga da'vat qilish;

  • - majburiy sertifikatlashtirilishi zarur bo’lgan yoki ishlab chiqarilishi yohud realizatsiya qilinishi uchun maxsus ruhsatnoma (lisenziya) bo’lishi talab etiladigan mahsulotni tegishli sertifikata, lisenziyasi bulmay turib reklama qilish;

  • - agar mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to’g’risidagi qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilgan bo’lmasa, boshqa mahsulot reklamasida qo’llaniladigan umumiy echim, matn, tasvir, musiqali yoki ovozli ohanglarni aynan takrorlash, taqlid yoki o’hshatma qilish;

  • - jismoniy shaxsning nomi yoki tasviridan uning roziligisiz foydalanish;

  • - pornografiyani tarqatish mumkin emas.


Yüklə 30,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə