Referat mavza. Maktabga tayyorlov guruhi yoshidagi bolalarni geometrik shakl haqidagi tasavvurlarni shakllantirish


Katta guruhda bolalarni geometrik shakllar bilan tanishtirish



Yüklə 77,53 Kb.
səhifə5/5
tarix22.03.2024
ölçüsü77,53 Kb.
#182088
növüReferat
1   2   3   4   5
1-ma’ruza. Bolalarda premetlarning shakli haqidagi tasavvurlarni

Katta guruhda bolalarni geometrik shakllar bilan tanishtirish
К аtta guruhga kelguncha bolalarda yetarlicha katta sensor tajriba to‘plangan va shakllarni tekshirish ko‘nikmasi takomillashgan bo‘ladi. Tarbiyachi bolalarning geometrik shakllarning shakllari haqidagi bilimlarini mustahkamlash uchun o‘rta guruh materialini takrorlagandan keyin, ularga atrofdagi buyumlardan doira, uchburchak, kvadrat shaklini topishni o‘rgatadi. Masalan, u tarelkaning tagi, stol ustining sirti, fortochka, qog‘oz varag‘i va boshqalar qanday geometrik shaklni zslatadi, deb so‘raydi. Tarbiyachi “Loto” tipidagi o‘yin tashkil qilishi mumkin. Bolalarga rasmlar (har biriga 3—4, tadan) beriladi, ular shu rasmlar orasidan tarbiyachi ko‘rsatayotgan shaklga o‘xshash shaklni izlashlari kerak. Shundan keyin bola nima topganini aytadi va gapirib beradi.
Tarbiyachi yordamida bolalar geometrik shakllardan har xil naqshlar, o‘zlariga tanish buyumlar: uchburchaklardan gilam, kvadrat va doiralardan avtomobil, kvadratlar va uchburchaklardan qayiq va boshqa narsalar tuzadilar. Katta guruhda bolalar yangi tushuncha—“kvadrat” bilan tanishtiriladi. Bunda tarbiyachi bolalarda mavjud bo‘lgan kvadrat haqidagi tasavvurlardan foydalanadi. Chunonchi, mashg‘ulotda bolalar har xil kattalik va rangdagi 5 ta kvadrat olishadi. Tarbiyachi bular nimasi bilan farq qilishini so‘raydi, ularni kattaliklari chapdan o‘ngga qarab kamayib boradigan tartibda joylashtirishni taklif qiladi. Bu shakllar nimasi bilan o‘xshashligini so‘raydi. Bolalar e’tiborini har qaysi kvadratda qancha tomon va qancha burchak borligiga qaratadi. Shundan keyin tarbiyachi uchburchakning nechta burchagi borligini eslashni taklif qiladi. Bolalarni bunday xulosaga keltiradi: 3 ta burchagi bo‘lgan shaklni uchburchak deyiladi, agar shaklda 4 ta burchak bo‘lsa, uni to‘rtburchak deb atash mumkin. O‘z-larida nechta uchburchak va nechta to‘rtburchak borligini so‘raydi. Navbatdagi mashg‘ulotda bolalar ikki xil to‘rtburchak— kvadrat va to‘g‘ri to‘rtburchak oladilar; ikkala shaklni taqqoslaydilar, ular nimalari bilan o‘xshash, nimalari bilan farq qilishini aniqlashadi. So‘ngra tarbiyachi bolalarning bilimlarini mustahkamlash uchun ularga qog‘ozga har xil to‘rtburchaklarchizishni; qog‘ozga hamma tomoni teng to‘rtburchak chizishni va ular nima deb atalishini aytishni; ikkitadan tomoni teng to‘rtburchak chizishni; cho‘plardan har xil to‘rtburchaklar tuzishni; to‘rtburchak shaklidagi buyum-larni topish va aytishni; 2 ta teng uchburchakdan, 4 ta teng kvadratdan to‘rtburchak tuzishni taklif qiladi.
Bolalar geometrik shakllarning shakllarini bilganliklari uchun ular bilan qiyinlik darajasi har xil bo‘lgan,masalan, “Tavsifi bo‘yicha top”, “Kim ko‘p ko‘radi?”, “Xuddi shunday naqsh top”, “Har qaysi shaklni o‘z joyiga qo‘y”, “Shakli bo‘yicha tanla” kabi didaktik o‘yinlarnio‘tkazish mumkin.
Bolalarni geometrik shakllar bilan tanishtirish uchun bir nechta mashg‘ulot ajratiladi. Ularning mavzusi: oval bilan doirani, to‘g‘ri to‘rtburchakbilan kvadratni va, nihoyat, uchburchaklar bilan to‘rtburchaklarni taqqoslashga oid bo‘ladi.

Маshg‘ulotlarni bunday tuzish mumkin. Mashg‘ulotnint birinchi qismida geometrik shakllar qaraladi, tekshiriladi va taqqoslanadi. Mashg‘ulotning ikkinchi qismida shakllarning xossalari va belgilari haqidagi bilimlarni taqqoslashga doir har xil mashqlar o‘tkaziladi. Nihoyat, uchinchi qismda bolalarga buyumlarning shaklini shaklning geometrik etaloni bilan taqqoslash o‘rgatiladi.
Mashg‘ulotning birinchi qismida tarbiyachi bolalarning geometrik shakllar bilan bajaradigan tekshirish ishlari sistemasini tashkil qiladi. Tarbiyachi ketma-ket savollar qo‘yadi, bolalarning e’tiborini shakllarning xususiyatlari va xossalariga, o‘xshashlik va farq qilish belgilariga qaratadi, ishlash usullarini aytib, bolalarning javoblarini aniqlashtiradi. Masalan, bolalarni oval bilan tanishtirishda tarbiyachi ovaldan barmoqni yuritib chiqishni taklif qiladi, bolalardan u qanday shaklni eslatishini so‘raydi. Bunda tarbiyachi doirada va ovalda burchaklar yo‘q ekanini, ular dumaloq uzluksiz chiziqdan hosil bo‘lganini ta’kidlaydi, bolalardan shaklni stolda dumalatishni, atrofidan barmoqni yuritib chiqishni taklif qiladi.
Oval doiradan nimasi bilan farq qilishini ko‘rsatishuchun tarbiyachi ovalni doira ustiga qo‘yishni, so‘ngra doirani ovalning ustiga qo‘yishni, doira o‘rtasinitopishni va unga nuqta qo‘yishni hamda doira har xil tomonga — yuqoriga, chapga, o‘ngga bir xil kengadi.
Yüklə 77,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə